logo

Ahmat Yassaviy va turkiy she'riyatida hikmat janri

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2233.0693359375 KB
Cont oso
S u i t e s1.Ahmad Yassaviy hayot yo’li
2.Ahmad Yassaviy badiiy merosi va tasavvuf tariqati.
3.«Devoni hikmat»ning mavzui va g’oyaviy asoslari.
4.«Devoni hikmat»ning tarkibi va tili.
5.Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.Mavzu: Ahmat Yassaviy va turkiy 
she'riyatida hikmat janri 
1 Cont oso
S u i t e s    Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida 
ma’lumotlar juda kam, borlari ham 
afsonalardan iborat. Ixtiyorimizda mavjud 
bo’lgan ilmiy manbalarda uning vafoti yili 1166 
yil deb ko’rsatiladi va u 63 yil yoki 130 yil umr 
ko’rganligi aytiladi. Basharti 130 yil yashagani 
hisobga olinsa, shoir XI asr boshlari va XII 
asrning 1-yarmida yashab o’tgan bo’lib 
chiqadi. Agar 63 yoshga kirib vafot etgani 
inobatga olinsa, u holda adibning yashab ijod 
etgan zamoni XII asrning 1-yarmiga to’g’ri 
keladi. Har holda Ahmad Yassaviy yashagan 
davr XI asr oxirlari XII asrning 1-yarmi, yoki 60-
yillari bilan bog’liqlik kasb etadi.
2 Cont oso
S u i t e sXI-XII asrlar Qoraxoniylar davlatiga kirgan Markaziy Osiyo 
sarhadining ko’plab viloyatlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi 
yashar edi. Bu asrlar turkiy adabiy tillarning, jumladan eski 
o’zbek va uyg’ur adabiy tilining vujudga kelishida katta bir 
bosqich bo’ldi. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyoga turkiy 
qabila va elatlarning ko’chib kelishi yanada kuchayib, turkiy tillar 
guruhidagi tillarda so’zlovchi aholining nufuzini oshiradi. Natijada 
XII asrga kelib Yettisuv, Farg’ona, Xorazm, Toshkent va boshqa 
tumanlarda aholining asosiy qismi turkiy xalqlar bo’lib qoladi. 
Turkiy tillarida so’zlovchi aholining nufuzi cho’l tumanlarida va 
qishloqlaridagina emas balki, Toshkent, O’zgand, Qashqar, 
Sayram, Bolasog’un hamda Samarqand va Buxoro kabi 
shaharlarda ham oshib bordi. Bu davrga kelib turkiy tillarda ilmiy 
va adabiy asarlar yaratish harakatlari, an’analari boshlangan edi. 
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos 
Hojibning «Qtadg’u bilik», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», 
«Munojotnoma», «Hikoyat me’roj» «Faqirnoma», Sulaymon 
Boqirgoniy (vafoti 1186 y)ning she’rlari, hikmatlari, 
«Me’rojnoma», «Oxir zamon muxammasi», «Bibi Maryam», 
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari shu davrning 
samarasi sifatida maydonga keldi. XII asrda yetishib chiqqan 
Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, 
Yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Ahmad 
Yassaviyning hayoti afsona va rivoyatlarga qarishib ketgan.
3 Cont oso
S u i t e s    Uning to’g’risida shu qadar ko’p va qisman bir-biriga zid 
afsona va rivoyatlar yaratilganki, Markaziy Osiyo, 
Qozog’iston, Tatariston, Turkiya va boshqa o’lkalarda 
o’tmishda keng shuhrat topgan bu shayxning shaxsiga 
doir tarixiy haqiqatni aniqlab olish nihoyatda mushkuldir. 
Ahmad Yassaviy hozirgi (Turkiston)da ruhoniy shayx 
oilasida dunyoga keldi, uning otasi Ibrohim ismli kishi 
bo’lib, Yassi va Sayram shaharlarida uzoq yillar shayxlik 
qiladi va ko’p muridlari bo’lgan. Rivoyatlar shayx 
Ibrohimni va uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va 
boshqalar orqali Muhammad payg’ambarning qizi-
Fotimaga bog’laydi. Ahmad Yassaviyning onalarini 
Qorasoch momo deganlar, uning aka-ukalari Latif ota va 
Mustafoquli otalarining hamda qizlari Jamolxonim va 
Gavxar Xushtariylarining ismi bizga ma’lum. Yosh 
Ahmadning bolalik yillari Sayramda o’tadi, go’daklik 
chog’ida otasi o’lib, Arslonbobo degan eshonning qo’lida 
qoladi. Bu haqda Yassaviy o’z hikmatlarida ishoralar ham 
qiladi: 
Yetti yoshda Arslon bobom berdim salom, 
Haq Mustafo omonatin qildi in’om 
Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi, 
Har sir kutib parda birla bukib yopdi.
4 Cont oso
S u i t e s   Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni 
hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy 
xalqlar o‘zining mustaqil   tariqat kitobiga, 
tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, 
Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq 
e'tirof   etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi 
turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy 
hayotda yangi   yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai 
nazar shakllangan, komil inson haqidagi 
tasavvurlar to‘la oydinlashgan   tarix erur. 
Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini 
milliy ehtiyojga muvofiq ravishda 
o‘zlashtirish   va favqulodda sodda, xalqona 
talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad 
Yassaviy zimmasiga yuklagan   edi.
5Insert or drag & drop your photo Ahmad Yassaviyning turkey xalqlar 
orasida ilk daf 'a tasavvuf maslagini 
vujudga keltirib, asrlar mobaynida 
ruhoniyatda hukmronlik qilganligini 
yaxshi yoritib bergan. So‘fi Olloyor 
avlodlarga Ahmad Yassaviydan "ulug‘ bir 
kitob" meros qolganligini aytadi. Bu  
hikmatlar majmuasi ekanligi aniq. Ammo 
ushbu nodir kitobning qadimiy 
qo‘lyozmasi saqlanmagan. Saqlanib 
qolgan bo‘lsa-da, haligacha topilgani 
yo‘q. Muammolarning muammosi ana 
shu. Ahmad Yassaviy adabiy shaxsiyati va 
ijodiyotiga ishtibohli qarashlar, adolatsiz 
va bir yoqlama tanqidlar, bir- biriga zid va 
mutlaqo teskari munoqashayu 
munozaralar - bularning deyarli hammasi 
asosan shu zaminda paydo bo‘lgan Cont oso
S u i t e sAhmad Yassaviy shariat, tariqat, ma’rifat, 
haqiqat bosqichlarining xususiyatlaridan 
kelib chiqib o’z hikmatlarida takabburlikka 
qarshi «xoksorlik» falsafasini ilgari suradi, 
mutafakkir nazdida takabburlik adolatning 
dushmani. 
Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo’q,
Podshohlarda, vazirlarda adolat yo’q.
Darveshlarning duosida ijobat yo’q,
Turluk balo xalq ustiga yog’di, do’stlar.
Ahmad Yassaviyning falsafiy talqinicha 
podsho va amaldorlarning adolatsizliklari 
hayotga qattiq ziyon-zahmat etkazadi. Bu 
odamlar o’rtasida hurmatsizlik, oqibatsizlik, 
shafqatsizlik hissiyotlarini kuchaytiradi. Bu 
xil ijtimoiy muhitda riyo va makkorliklar 
qariyb qonuniyatga aylanadi
7 Cont oso
S u i t e sAhmad Yassaviy dunyoparast, molparast, xasis, 
ochko’z kimsalarni qattiq tanqid tig’i ostig’a 
oladi: 
Dunyoparast nojinslardan buyun tovla, 
Buyun tovlab daryo bo’lib toshdim mano. 
Umuman, dunyodorlik, ahli havo, manmanlik, 
takabburlik, nafis balosiga balandlik, 
mansabparastlik, kibr, xudbinlik, fuqaroga 
napisand qarash, zulm-zo’rlik, behuda 
xusumat, adovat, g’iybat, kishilar moliga ko’z 
tikish, ko’rolmaslik, fisqu fujur, amal otiga minib 
olib o’zgalarni nazarga ilmaslik kabi illatlar 
takror-takror eslatilib Yassaviy hikmatlarining 
asl g’oyasi belgilaydi: 
Munofiqlar yururlar fisqu fujur qilurlar
8 Cont oso
S u i t e s   Ya’qub va boshqa talab rivoyatlarga 
ishoralar bor:
Yunusdek daryo ichra baliq bo’lsam,
Yusufdek quduq ichra vatan qilsam
Yoqubdek Yusuf uchun ko’p 
yig’lasam.
Bu ish birla yorab, seni 
topgaymumen?
«Qur’on» hikoyatlaridan foydalanib 
she’rga solinib donishmandona jilo 
berilgan va hikmatlarda singdirilgan 
iboratomuz o’gitlar mu’jaz talqinda 
kishilarni yaxshilikka, ezgulikka 
yo’naltiradi.
9 Cont oso
S u i t e sYassaviy tasavvuf yo’lini tutgan barcha 
so’fiylar bir xil emasligini, ularning 
yaxshilari va yomonlari mavjudligini yaxshi 
anglab etadi va yomonlarini ochiq-oydin 
yomonlaydi, tanqid qiladi: 
Darveshman deb toat qilur xalq ichinda,
Riyo qilib yugurib yurar anda-munda
Olloh uchun toat qilg’on darvesh qanda.
Chin darveshlar tog’u cho’lni makon qilur.
10 Cont oso
S u i t e sYassaviy devonidagi hikmatlar xalq og’zaki ijodi yo’lida yozilib, goho ertaklarga xos va mos saj’-
ichki qofiya usuli qo’llanadi va u she’rning ta’sir kuchini ta’minlashga qo’l keladi:
Turlik ayshim, turlik ishim, munglig’ boshim,
Irdi jonim, ketdi hushim, oqdi yoshim.
Ko’zim tushdi, ko’nglim uchdi, arqsha oshdi,
Umrim kechdi, nafsim qochdi, bahrim toshdi.
Karvon ko’chdi, manzil oshdi, horib tushdi...
Suvrat munda, siyrat onda, qudratingda,
Uzu tunda, yorug’ kunda ko’nglim onda...
11 Cont oso
S u i t e s  Yassaviy hikmatlari asosan to’rtlik yo’lida 
bitilib, ular xalq qo’shiqlariga hamohang, 
tili sodda, uslubi ravon, esda saqlash, 
yodlash oson. Darhaqiqat to’rtliklar xalq 
tiliga xos, uning diliga mos va ma’lum bir 
kuyga muvofiq yaratilgan. Hikmatlar 
asosan shayxlar va muridlar hamda sayoq 
kalanzarlar tarafidan kuylangan, xalq 
ularni sevib tinglagan. Ular ko’pincha 
ta’kidni ta’kidlash bilan ta’sirning ta’sirini 
oshirishda, jahr (ovozni chiqarib zikr 
qilish)dan foydalanganlar.
12 Cont oso
S u i t e s     Ahmad Yassaviy hikmatlarida «tuproq» so’zi tez-tez uchraydi, bu so’z aslida badiiy obraz sifatida qo’llanadi va 
chuqur g’oyaviy mazmun, mohiyat kasb etadi:
Tufroq bo’lg’il, olam sani bosib o’tsin... 
    Bu xildagi misralar «Devoni hikmat»da istagancha topiladi:
Ishq bobini Mavlon ochgach, manga tegdi.
Tufroq qilib, hozir bo’l deb bo’ynim egdi.
                            ***
Takabburni erga urib bosib oldim,
O’n to’rtimda tufroqsifat bo’ldim mano.
                            ***
Boshim tufroq, o’zim tufroq, jismim tufroq,
Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.
Qizil yuzing qaro erda so’lgan yaxshi,
Tufroqsifat er ostida bo’lgan yaxshi.
Odam uldur faqir bo’lur yo’lda yotsa,
Tufroq sifat olam ani bosib o’tsa.
13 Cont oso
S u i t e sTasavvufda, tuproq, Ollohning munavvar nuri suv uning yorug’ hayoti, havo buyukligi, 
olov uning g’azabi timsoli. Tuproq va suv-jannat mulki, shamol va olov-do’zax ichidagi 
narsalar. Demak, tuproq Yassaviy talqinida inson, u shu tuproqda, erda, zaminda 
yashaydi, undan o’z rizqini undiradi, tuproq maskan, tuproq-vatan, odam tuproqdan 
bino bo’lgan va u yana tuproqqa aylanadi, unga qaytadi, o’zligini topadi. Tuproq-ko’p 
ma’nolarga ega, u badiiy obraz shaklida Yassaviy hikmatlarining g’oyaviy mazmunini 
belgilaydi. Ahmad Yassaviy she’rlarida insoniy g’oyalar, axloq, odob, poklik, to’g’rilik, 
Islom dini aqoidlari va hadislarda ilgari surilgan ma’rifiy fikrlar, sodda, ravon tilda bayon 
qilib beriladi. Hikmatlarda axloqiy-ta’limiy qarashlar, ilm-ma’rifat targ’iboti, axloq-odob 
tashviqoti, yaxshilik oqibati, yomonlik qabohati. Nafs illati, nodonlik kasofati, ishq 
xosiyati, ilm fazilati insoniylik ziynati, er saxovati, zamin muruvvati, xudo ne’mati, 
dinsizlik qismati, xudojo’ylik diyonati, loqaydlik zahmati kabi tushunchalar limmo-lim. 
Tasavvufda pirga-ustozga juda katta e’tibor berildi, unga e’tiqod qilinadi, u doimo e’tirof 
etiladi, u hamisha musharraf va ehtiromga sazovordir. E’zozga saodatga Musharraf 
bo’lmoq uchun baxt nimadaligini anglash kerak, uni hamma ham shunchaki, o’zicha 
anglab olish imkoniyaga ega emas.
14  Cont oso
S u i t e s 16Large Image Slide
E’tiboringiz uchun rahmat! Cont oso
S u i t e sFoydalanilgan adabiyotlar:
1. Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri. -Toshkent: «O’qituvchi», 
1976.-664-bet.
  2. Navoiy A. Mukammal asarlar to’plami. 20 tomlik. 17 tom. Nasoyimul muhabbat.-
Toshkent: «Fan», 2001. -B.419.
3. Nafasiy. Xoja Ahmad Yassaviy. -Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. 16 bet.
4. Ne’matov H. Ahmad Yassaviy hayotiga oid ba’zi sanalar. G’G’O’zbek tili va 
adabiyoti. -1992. -¹ 2.-B. 3-6.
5. G’oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. To’plam-Toshkent: O’zbekiston, 1994. -335 b.
6. Yassaviy Ahmad, Hikmatlar. -Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991.-256 b.
7. Yassaviy Ahmad Xoja. Devoni hikmat-Toshkent: Nashriyot matbaa, 1992.-208 b.
8. Yassaviy kim edi.-Toshkent: «Meros», 1994 80-bet.Haqqul Ibrohim. Tasavvuf va 
she’riyat-Toshkent.
17

Cont oso S u i t e s1.Ahmad Yassaviy hayot yo’li 2.Ahmad Yassaviy badiiy merosi va tasavvuf tariqati. 3.«Devoni hikmat»ning mavzui va g’oyaviy asoslari. 4.«Devoni hikmat»ning tarkibi va tili. 5.Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.Mavzu: Ahmat Yassaviy va turkiy she'riyatida hikmat janri 1

Cont oso S u i t e s Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida ma’lumotlar juda kam, borlari ham afsonalardan iborat. Ixtiyorimizda mavjud bo’lgan ilmiy manbalarda uning vafoti yili 1166 yil deb ko’rsatiladi va u 63 yil yoki 130 yil umr ko’rganligi aytiladi. Basharti 130 yil yashagani hisobga olinsa, shoir XI asr boshlari va XII asrning 1-yarmida yashab o’tgan bo’lib chiqadi. Agar 63 yoshga kirib vafot etgani inobatga olinsa, u holda adibning yashab ijod etgan zamoni XII asrning 1-yarmiga to’g’ri keladi. Har holda Ahmad Yassaviy yashagan davr XI asr oxirlari XII asrning 1-yarmi, yoki 60- yillari bilan bog’liqlik kasb etadi. 2

Cont oso S u i t e sXI-XII asrlar Qoraxoniylar davlatiga kirgan Markaziy Osiyo sarhadining ko’plab viloyatlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi yashar edi. Bu asrlar turkiy adabiy tillarning, jumladan eski o’zbek va uyg’ur adabiy tilining vujudga kelishida katta bir bosqich bo’ldi. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyoga turkiy qabila va elatlarning ko’chib kelishi yanada kuchayib, turkiy tillar guruhidagi tillarda so’zlovchi aholining nufuzini oshiradi. Natijada XII asrga kelib Yettisuv, Farg’ona, Xorazm, Toshkent va boshqa tumanlarda aholining asosiy qismi turkiy xalqlar bo’lib qoladi. Turkiy tillarida so’zlovchi aholining nufuzi cho’l tumanlarida va qishloqlaridagina emas balki, Toshkent, O’zgand, Qashqar, Sayram, Bolasog’un hamda Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda ham oshib bordi. Bu davrga kelib turkiy tillarda ilmiy va adabiy asarlar yaratish harakatlari, an’analari boshlangan edi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qtadg’u bilik», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», «Munojotnoma», «Hikoyat me’roj» «Faqirnoma», Sulaymon Boqirgoniy (vafoti 1186 y)ning she’rlari, hikmatlari, «Me’rojnoma», «Oxir zamon muxammasi», «Bibi Maryam», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari shu davrning samarasi sifatida maydonga keldi. XII asrda yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, Yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Ahmad Yassaviyning hayoti afsona va rivoyatlarga qarishib ketgan. 3

Cont oso S u i t e s Uning to’g’risida shu qadar ko’p va qisman bir-biriga zid afsona va rivoyatlar yaratilganki, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Tatariston, Turkiya va boshqa o’lkalarda o’tmishda keng shuhrat topgan bu shayxning shaxsiga doir tarixiy haqiqatni aniqlab olish nihoyatda mushkuldir. Ahmad Yassaviy hozirgi (Turkiston)da ruhoniy shayx oilasida dunyoga keldi, uning otasi Ibrohim ismli kishi bo’lib, Yassi va Sayram shaharlarida uzoq yillar shayxlik qiladi va ko’p muridlari bo’lgan. Rivoyatlar shayx Ibrohimni va uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad payg’ambarning qizi- Fotimaga bog’laydi. Ahmad Yassaviyning onalarini Qorasoch momo deganlar, uning aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarining hamda qizlari Jamolxonim va Gavxar Xushtariylarining ismi bizga ma’lum. Yosh Ahmadning bolalik yillari Sayramda o’tadi, go’daklik chog’ida otasi o’lib, Arslonbobo degan eshonning qo’lida qoladi. Bu haqda Yassaviy o’z hikmatlarida ishoralar ham qiladi: Yetti yoshda Arslon bobom berdim salom, Haq Mustafo omonatin qildi in’om Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi, Har sir kutib parda birla bukib yopdi. 4

Cont oso S u i t e s Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi. 5Insert or drag & drop your photo