logo

Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4443.3427734375 KB
Reja:

1Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi

2.Etnologiya fanining maqsad va vazifalari

Etnologiya fanining rivojlanishiga hissa 
qo’shgan olimlar ETNOLOGIYA FANINING PAYDO 
BO’LISH TARIXI 
Etnologiyaning fan sifatida paydo bo‘lish tarixi. Har qanday ilm 
sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham 
taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab 
o‘tgan barcha etnoslar o ‘ziga xos turmush tarzi, urf-odat va 
an’analari bilan bir-biridan ajralib turganlar. 
Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o ‘zlarining, balki 
shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el-
uluslarning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqqanlar. Ular 
to‘g‘risida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat 
qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni 
yig'ishga, turli-tum an xalqlarning xo'jalik va madaniy belgilariga 
qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar.  
Etnologiya — qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha nazariy asoslari xalqlar 
to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida shakllangan. Buning o‘ziga xos 
sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy 
aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda mustamlakachilik 
siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangiyangi mustamlakalarga ega bo'lish 
hamda istilochi davlatlarning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga 
intilishlari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to ‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga 
ega bolishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida 
dunyoning turli mintaqalari orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlar, 
boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va 
ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning m a’lum davrlarida u yoki bu 
xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda 
tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarning kun tartibiga qo'yilishiga 
sabab bo‘lgan.  
Yevropa mamlakatlarida etnologiya maktablarining shakllanishi. Yuqorida 
ta’kidlab o‘tilganidek, Yevropada etnologiya mustaqil fan sifatida dastlab 
Fransiyada “ Parij etnograflar jam iyati”ning tuzilishi bilan o‘z tasdig‘ini topgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropadagi boshqa yirik davlatlar singari 
Fransiya siyosiy doiralari tomonidan mustamlakachilik siyosatining kuchayishi 
va mustamlakalarni boshqarish mexanizmining murakkablashuvi, o‘z~o‘zidan 
qaram xalqlar to ‘g‘risida kengroq ma’lumotlarga ega bo'lish, ularning milliy 
xususiyatlari, o‘tmish tarixi, turmush tarzi, madaniyati va an’analari haqida 
batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lishni talab qila boshlagan. 
Fransiyada mazkur termin XIX asr oxirigacha ilmiy iste’mol doirasida 
bo'lgan. XX asr boshlarida fransuz tadqiqotchilari etnografiyaga 
tarixiy va nazariy materiallarni jalb etgan holda izlanishlar olib 
borishlari natijasida etnografiya etnologiyaga aylangan va hozirda 
fransuz olimlari tomonidan asosan etnologik tadqiqotlar olib 
borilmoqda.  
Xalqlar to‘g‘risidagi fan — etnologiya nomi bilan shakllangan 
mainlakatlardan yana biri Germaniya hisoblanadi. 1789-yilda 
(icrmaniyada yevropalik bo£lmagan xalqlar va ularning 
madaniyatlarini o‘rganuvi “Yolkerkunde” deb yuritiluvchi ilmiy 
maktabga asos solingan. XIX asrning 30-yillarida nemis sayyohlari 
va tadqiqotchilari tomonidan barcha xalqlar haqidagi tadqiqotlarga 
nisbatan «etnologiya» terminini qo'shib tadbiq qilish rasm bo'lgan. 
XIX asrning o'rtalariga kelib esa, «Yolkerkunde» va «etnologiya» 
iboralari bir xil ma’noda, ya’ni insoniyat madaniyatini tadqiq 
qiluvchi fan sifatida qo‘llana boshlagan.  
XX asrning so‘nggi choragidan boshlab Germaniyada etnologik 
yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar ancha samarali natijalar 
bera boshlagan. Ayniqsa, bu borada Maks Plank nomidagi 
Etnologiya va antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib 
borilayotgan izlanishlar alohida e’tiborga sazovordir 
Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar orasida etnologiyaning fan sifatida 
shakllanishi birmuncha boshqacharoq kechgan. Avvalo, inglizzabon 
mamlakatlarda xalqlar to ‘g‘risidagi fan antropologiyaning bir qismi 
sifatida o'rganilgan. Shu o ‘rinda qavd etish kerakki, 
antropoiogiyaning insoniyat tabiatiga oid biologik fan tarzida 
paydo bo‘lishini ayrim tadqiqotchi olimlar O. Gosmanning 1596-
yilda aynan shu nomdagi kitobining nashr etilishi bilan bog‘lavdilar. 
XVIII asrda dunyo miqyosida mustamlakachilik siyosati, irqchilik 
hamda demografik jarayonlarning kuchayishi antropoiogiyaning 
juda jadallik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Natijada, XIX asrga 
kelib Yevropa mamlakatlarida «orqada qolgan» ibtidoiy xalqlarni 
o‘rganuvchi qator antropologik jamiyatlar tuzila boshlagan. 1906-
yilda ingliz etnologiya maktabining asoschilaridan biri J. Frezer 
tomonidan «Ijtimoy antropologiya» nomli yangi yo‘nalishga asos 
solindi.  
Mazkur yo‘na!ish orqali mashhur ingliz tadqiqotchisi o‘zining 
mustaqil maktabini yaratgan. Natijada u o‘z qarashlarini “madaniy 
antropologiya” nomi bilan yuritiluvchi E. Taylor qarashlaridan 
ajratib olishga muyassar bo'lgan. Darhaqiqat, «ijtimoy 
antropologiya» atamasi dunyo bo‘yichajudatezlikda tarqalgan va 
keyinchalik etnologiyaning inglizcha sinonimiga aylangan.  
AQShda etnologiya fanining taraqqiyoti. Amerikada dastlabki 
etnologlarjamiyati 1842-yiIda tuzilgan bo‘lsa-da, etnologiya 
maktablari Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda amalda 
birmuncha kechroq shakllangan. Negaki, qit’a aholisining etnik 
rang-barangligi va uzoq yillar mobaynida mazkur qit’ada davom 
etgan irqchilik siyosati natijasida jismoniy antropologiyaning irqiy 
va madaniy farqlarigina o'rganib kelingan. 
Rossiya etnologiya maktabining shakllanishi. 1846-yilda Rus 
geografiya jamiyat ini ng tuzilishi natijasida Rossiyada etnografiya 
yo‘nalishidagi dastlabki tadqiqotlarga asos solingan. Ushbu 
jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri Rossiyaning mustamlaka 
mintaqalari tabiati, tabiiy boyliklari, o ‘tmish tarixini tadqiq etish 
bilan birga mazkur mintaqalarda yashovchi xalqlarning etnik 
xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini o'rganish boMgan.  
O‘zbekiston hududidagi dastlabki etnografik tadqiqotlar. O ita Osiyo xalqlari, 
shu jumladan, o‘zbek xalqi etnografiyasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 
arxeologik yodgorliklar, ilk yozma manbalar va turli qadimiy tarixga oid 
materiallardan m a’lum. Qadimgi davrlarda va O lrta asrlarda Amudaryo va 
Sirdaryo bo‘ylarida yashagan xalqlar etnologiyasini o‘rganishda zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi — “Avesta”, qadimgi turkiy bitiklar va so‘g‘diy 
yozuvlar, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, 
M ahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug‘atit-turk”, Abu Bakr Narshaxiyning 
“Buxoro tarixi”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” hamda “Nasabnomai 
o‘zbek”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” , HofizTanish 
Buxoriyning “Abdullanoma” , Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarai turk”«, 
Muhammad Solihning “Shayboniynoma” kabi asarlari katta ahamiyatga ega. 
XX asrning 20 — 30-yillariga qadar etnografiya muammolari bilan 
ko‘proq rusiyzabon olimlar shug‘ullangan boisalar, 30- yillar oxiriga 
kelib M.A. Bikjanova, Sh. Inog‘omov, T. Mirgiyosov, M. Yusupov, H. 
Husanboyev, G. Alimov, A. Boltayev, M. Saidjonov kabi mahalliy 
mutaxassis-etnograflarning yangi avlodi shakllangan. Bu davrda 
yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda va ilmiy markazlarda bajarilgan 
boiib, ularning asosiy ilmiy natijalari, asosan, turli jurnallarda 
maqolalar tarzidagina e’lon qilingan. 
Etnografiya fani tarixshunosligi bilimdonlaridan biri tarix fanlari 
doktori A. Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf va 
tarixchilar o ‘zbek ham da qoraqalpoq xalqlari va ular ajdodlarining 
kelib chiqishi — etnogenezi muammosini faol o ‘rganishga 
kirishganlar1. MANBALAR

Ahirov A etnologiya

Iso jabborov jahon etnologiyasi

Jahon xalqlari etnologiyasi t.Salimov

Google

Arxiv.uz

wikipedia E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Reja:  1Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi  2.Etnologiya fanining maqsad va vazifalari  Etnologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar ETNOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISH TARIXI

 Etnologiyaning fan sifatida paydo bo‘lish tarixi. Har qanday ilm sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab o‘tgan barcha etnoslar o ‘ziga xos turmush tarzi, urf-odat va an’analari bilan bir-biridan ajralib turganlar.

 Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o ‘zlarining, balki shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el- uluslarning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqqanlar. Ular to‘g‘risida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig'ishga, turli-tum an xalqlarning xo'jalik va madaniy belgilariga qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar.

 Etnologiya — qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha nazariy asoslari xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida shakllangan. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda mustamlakachilik siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangiyangi mustamlakalarga ega bo'lish hamda istilochi davlatlarning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishlari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to ‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bolishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlar, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning m a’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarning kun tartibiga qo'yilishiga sabab bo‘lgan.

 Yevropa mamlakatlarida etnologiya maktablarining shakllanishi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Yevropada etnologiya mustaqil fan sifatida dastlab Fransiyada “ Parij etnograflar jam iyati”ning tuzilishi bilan o‘z tasdig‘ini topgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropadagi boshqa yirik davlatlar singari Fransiya siyosiy doiralari tomonidan mustamlakachilik siyosatining kuchayishi va mustamlakalarni boshqarish mexanizmining murakkablashuvi, o‘z~o‘zidan qaram xalqlar to ‘g‘risida kengroq ma’lumotlarga ega bo'lish, ularning milliy xususiyatlari, o‘tmish tarixi, turmush tarzi, madaniyati va an’analari haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lishni talab qila boshlagan.