logo

ETNOLOGIYA PAYDO BO'LISHI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

282.470703125 KB
ETN OLOGIYA 
PAY DO BO'LISHI Reja
■ ETNOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIX I VA ETNOS 
NA ZARIYASI
■ RIM MUTA-FAKKIRLARINI NG A SARLA RIDA  MUHIM 
ETNOLOGIK MA'LUMOTLAR
■ ETNOLOGIYA PAY DO BO'LISHI ETN OLOGIYA FA N IN IN G QISQACHA TARIX I VA  
ETNOS N AZARIYA SI
■ Har  bir  fan  dastlab  fakt  va  raqamlarni  to'playdi,  keyin  ularning  mohiyatini 
tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning o'ziga xos 
xususiyati  shundaki,  ularning  paydo  bo'lishi,  zarur  ma'lumotlar  to'planishi, 
faktlar  anglab  olinishi  bir  vaqtda  sodir  bo'ladi.  Masalan,  ayrim  qo'shni 
qabila,  xalq  va  elatlarning  maishiy  turmushi,  madaniyati,  urf-odatlari,  etnik 
xususiyatlarini o'rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish 
taqozosi  bilan  vujudga  kelgan.  Eng  qadimgi  sharq  mamlakatlarida  uzoq-
yaqin  qo'shnilar  bilan  samarali  savdo-sotiq  munosabatlarni  o'rnatish,  shu-
ningdek,  ularga  qarshi  muvaffaqiyatli  urushiar  olib  borish  uchun  ham, 
birinchi  navbatda  etnologik  bilimlarga  ega  bo'lish  zarur  edi.  Sharq 
mustabidlari,  ayniqsa,  Qadimgi  Bobil,  Ossuriya  va  Eron  hukmdorlari 
o'zlarini  ulug'lash  maqsadida  toshga  bittirgan  zafarnomalarida  bosib 
olingan va bo'ysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi.  ■ Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX 
asr  o'rtalarida  tashkil  topgan,  deb  hisoblaydilar.  Mazkur 
atama o'sha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda 
ishlatila  boshlandi,  dastlabki  etnografik  ilmiy  jamiyatlar, 
maxsus asarlar va to'plamlar paydo bo'ldi. Yangi fanning 
tashkil  topishida,  shubhasiz,  o'sha  davrda  tabiiy 
fanlarning  gurkirab  o'sishi,  ayniqsa,  fanda  evolyutsiya 
g'oyaning g'alabasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'oya 
tufayli  tartibsiz  bilimlar,  barcha  xom,  tarqoq  ma'lumotlar 
muayyan  tartibga  solindi  va  insoniyat  tarixining  ibtidoiy 
davrdan  to  yuksak  madaniy  darajaga  ko'tarilishini 
pog'onama-pog'ona aniqlab olish imkoniyati tug'ildi. ■ Etnologiya - bu xalqlar, 
ularning axloqi, madaniy 
va diniy xususiyatlari 
haqidagi fan. U 19-asrda 
shakllangan. Tarixiy va 
gumanitar bilimlarning 
ushbu sohasini 
shakllantirish insonning 
boshqa fanlari bilan 
chambarchas bog'liqdir. ■ Etnologiyaning  paydo  bo'lishi  (yunoncha  "odamlar"  va 
"o'qitish"  so'zlaridan)  etnografiya  bilan  bog'liq  -  turli 
madaniyatlarni  tavsiflash  bilan  shug'ullanadigan  dala 
fani. Geografik kashfiyotlar va erlarni mustamlaka qilish 
evropalik  tadqiqotchilarga  juda  ko'p  materiallar  taqdim 
etdi.  Qadimgi  dunyo  tsivilizatsiyasi  yuqori  darajada 
rivojlangan  deb  hisoblangan  ibtidoiy  madaniyatlar 
evropaliklar uchun o'ziga xos "tirik ajdodlar" ga aylandi. 
Ularning  axloqi  va  urf-odatlari,  kundalik  hayoti  va  diniy 
kultlarini  o'rganib  chiqib,  navbat  navbat  olingan 
bilimlarni  umumlashtirish  va  tizimlashtirishga  to'g'ri 
keldi. ■ Albatta,  «Odam  to'g'risidagi  fan»ning  tez  sur'atlar  bilan 
rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bo'lib 
qolishi  negizida  asrlar  davomida  to'planib  kelgan  etnologik 
bilimlar,  jahon  xalqlari  to'g'risidagi  turli  ma'lumotlar,  har  xil 
tushuncha  va  nazariyalar  yotadi.  Bularning  tarixini  qisman 
bo'lsa ham bilib olishning o'zi muhim ahamiyat kasb etadi.
■ Yozuv  kashf  etilgan  dastlabki  davrdan  boshlab  o'qishni 
hamda  uzoq  xalq  va  elatlar  to'g'risidagi  ma'lumotlarni 
qadimgi  Misr,  Mesopatamiya  va  Eronda  yaxshi  bilganlar, 
qo'shni  elatlar  to'g'risida  faqat  yozma  manbalardagina 
emas,  balki  xalq  og'zaki  ijodida  ham  to'qilgan  turli 
rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. ■ Mil. aw. XX asrlarda Misrda 
yaratilgan «Sinuxeta 
sarguzashtlari», keyinroq 
tosh va qabrlarga bitilgan 
zafaraomalar, Tell-
Amarneda topilgan arxiv 
hujjatlari, qadimgi Shumer 
va Ossuriya obidalarida-gi 
yozuvlar, eron-ahmoniy 
podsholari bittirgan 
jangovar solnomalar 
tevarak-atrofdagi 
mamlakatlar aholisi 
to'g'risida nodir ma'lumot-
larni bizgacha yetkazganlar. ■ Demak,  Tavrotda  insoniyat  genealogiyasi  birinchi  marta  tartib-
langan. Undagi ma'lumotlarga ko'ra, insoniyatning yagona oila-dan 
kelib  chiqishi,  qarindosh-genealogik  munosabatlari  bilan  bevo-sita 
bog'liq  ekanligini  tasdiqlovchi  rivoyatlar  monogenetik  nazari-yani 
yuzaga  keltirgan.  Ammo  insoniyat  urug'ining  birligi  to'g'risi-dagi 
mazkur  g'oya  diniy  tusda  berilgan  bo'lib,  olamni  va  barcha 
kishilarni o'zaro bog'liq muayyan sharoitda, muayyan hududda bir-
ga  yaratgan  yakka-yagona  xudodir,  degan  afsonaga  tayanadi.  Tav-
rotning  2-bobidagi  keyingi  afsonaviy  rivoyat  bir  oiladan  chiqqan 
xalqlarning har xil tilda so'zlashishini izohlashga intiladi.  ■ Afsonada dunyoda dastlab yagona til, 
yagona sheva bo'igan, deb hikoya 
qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar 
Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida 
joylashganlar, ular loydan yasalgan 
g'ishtni pishirib, shahar qurganlar, 
samoga yetadigan minora tiklay 
boshlaganlar. Osmondan yerga tushib, 
shaharni tomosha qilgan xudo yagona 
tilda birlashgan xalq nimalar qilishga 
qodir ekanligini ko'rib, bu kishilar 
samoga - xudo dargohiga ham 
chiqishi mumkin deb, ularning 
beadabligidan darg'azab bo'lgan. 
Xudoning farmoyishi bilan barcha 
xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, 
butun dunyoga sochib yubortirilgan. ■ Etnologik  xarakterga  ega  bo'lgan  bu  afsona  keyinchalik 
nasroniy  va  islom  mafkurasiga  o'tibgina  qolmay,  so'nggi 
davrlargacha  butun  Yevropa  tarixshunoslik  faniga  ham 
ta'sir  qilib  kelgan.  Tavrotdagi  xalqlar  genealogiyasi  turli 
nazariyalar,  mulohaza  va  tortishuvlarga  sabab  bo'lgan. 
Adabiyotda  «Bobil  aralash-quralashuvi»  nomi  bilan 
ma'lum  bo'lgan  bu  afsona  mantiqiy  jihatdan  Tavrot 
«monogenetik» nazariyasinjng uzviy davomi bo'lib, tarixda 
eng birinchi ommaviy etnologik konsepsiya hisoblanadi. ■ Qadimgi  davrga  kelib,  etnografik  bilimlar  kengayib  va  ko'pa-
yibgina  qolmay,  madaniyatning  o'sishi  bilan  umumiy  va 
nazariy  xulosalar  ham  yuzaga  keladi.  Qadimgi  Gretsiya 
dostonlari  «Iliada»  va  «Odisseya»da  yaqin  qo'shni  elatlar 
to'g'risida  afsonaviy  ma'lumotlar  keltirilgan  bo'lsa,  keyingi 
asrlar  davomida  amalga  oshgan  greklarning  «buyuk 
kolonizatsiya»si  (milaw.  VII-V  asr-lar)dan  so'ng  tevarak-
atrofdagi  xalqlar  to'g'risidagi  bilimlar  doirasi  juda  kengayadi 
va  boyiydi.  Xususan,  ana  shu  davrga  mansub  Gerodotning 
noyob  etnologik  ma'lumotlar  bilan  to'la  mashhur  9  jilddan 
iborat bo'lgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega. ■ Jahon sivilizatsiyasida beqiyos o'rin tutgan qadimgi Rim muta-
fakkirlarining  asarlarida  ham  muhim  etnologik  ma'lumotlar, 
qim-matbaho  mulohazalar,  nazariy  fikrlar  mavjud.  Ayniqsa, 
Korneliy  Tatsit,  Lukresiy  Karlar  qadimgi  germanlar  va  keltlar, 
sarmatlar  va  skiflarning  turmush  tarzi,  siyosiy  va  harbiy 
tuzumi,  ijtimoiy  va  oila-viy  hayoti,  mashg'uloti,  uylari, 
kiyimlari,  axloqi  va  tarbiyasi,  taomi  va  o'yinlari  to'g'risida 
ajoyib ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Tatsit chirib borayotgan 
Rim  davlatining  axloqiy  inqiroziga  «yovvoyi  odam» 
(germanlar)ning  qo'pol  va  qashshoq,  ammo  sog'lom  va  pok 
turmush tarzini qarama-qarshi qo'yadi. Muarrix shoir Lukresiy 
Kar  «Buyumlar  tabiati  to'g'risida»  nomli  asarida  hayotning 
rivojlani-shi,  odamning  paydo  bo'lishi  va  uning  madaniy 
o'sishi to'g'risida izmumiy fikrlar yuritadi. ■ Shunday  qilib,  qadim  zamonda  yuqori  madaniy  saviyaga  erish-gan 
yevropaliklar  boy  etnologik  bilimga  ega  bo'lganlar.  Ular  o'rta  yer  dengizi 
atrofida  joylashgan  xalqlar,  Shimoliy  Afrika  va  Old  Osiyo,  qisman 
uzoqroq  joylardagi  etnoslar  to'g'risida  aniq  ma'lumotlar  to'plashgan,  bu 
xalqlarning  maishiy  turmushi,  madaniy  xususiyatlarini  haqqoniy 
tasavvur  qila  bilganlar.  Maz-kur  ma'lumotlardan  ayrim  olim  va 
mutafakkirlar  umumiy  xulo-salar  chiqarib,  ba'zi  qonuniyat  va 
o'xshashliklarni  kashf  qilgan-lar.  Ayrim  faylasuf  olimlar  xalqlarning  kelib 
chiqish  tafovuti,  o'xshashligini  ko'rsatibgina  qolmay,  ularning  sababini 
izohlashga ham intilganlar. ■ IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan 
sharq mualliflaridan ibn Xurdodbek, 
Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, 
Mas'udiy, Yoqut singari yirik geograf 
va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va 
musiqashunos Abu Nasr Forobiy, 
mashhur ensiklopedist olim Abu 
Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning 
«Hindiston» asari) va buyuk tabib 
ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va 
tarixchi Abu Sa'd Abdukarim, ibn 
Muhammad Sa'moniy asarlarida 
hamda noma'lum muallif yaratgan 
«Hudud ul-olam» nomli risolada 
Sharq mamlakatlarida, jumladan, 
Markaziy Osiyoda yashagan aholi 
to'g'risida noyob etnologik 
ma'lumotlar aks etgan. ■ XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani 
Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika 
hindilari, Afrika va Osiyoning aksariyat xalq-
lari to'g'risida juda boy ma'lumotlarga ega 
bo'lgan edi. Yevropalik-larning avvalgi 
tevarak-atrofdagi yurt va elatlar to'g'risidagi 
tasawurlari ancha kengaydi. Missioner va 
konkistadorlarning1 ko'z o'ngida g'oyat boy 
o'rmonlar, serunum tuproqli bepoyon sahro 
va cho'llar, turli iqlimli va rang-barang 
tabiatli o'lkalar, noma'lum g'ayri odat, til va 
irqdagi xalqlar paydo bo'lgan edi. Ularning 
makon va fazo to'g'risidagi tushunchalari 
ham butunlay o'zgarib ketgan edi. 
Endilikda yevropaliklarning nazdida dunyo 
deyarli o'n hissa kengaygan, yer kurrasi 
butunlashib yaxlit sayyora shaklida 
namoyon bo'ldi. Yevropaliklar jismoniy 
tuzilishi, kiyim-kechak, turmush tar-zi, diniy 
e'tiqodi, til va urf-odatlari jihatidan mutlaqo 
farqlanadigan «g'alati» kishilarni 
uchratdilar, yangicha hayot tarziga, 
noan'ana-viy madaniyatga katta e'tibor 
qaratdilar. ■ VI  asrda  barcha  tarqoq  ma'lumotlarni  yig'ib,  hindilarni  birin-chi  bor  muntazam 
ravishda  tasvirlagan  italiyalik  insonparvar  yozuvchi  Petro  Matir,  meksikalik  darvish 
olim  Bernardino  de  Saa-gun,  yepiskoplar  Bartolome  de  Las  Kasas  va  Diyego  de 
Landa  asar-lari  diqqatga  sazovordir.  o'sha  davrda  yashab  ijod  qilgan  fransuz 
faylasufi  va  publisisti  Mishel  Monten  «Tajribalar»  asarida,  keyinchaik  XVII  asr  - 
«ma'rifat  asri»da  paydo  bo'lgan  buyuk  mutafakkirlar  -  italyan  Viko,  ingliz 
Fergyusson,  fransuzlar  Russo,  Didro,  Monteske,  Volter,  Kondorse  asarlarida 
insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasvirlarigan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar 
yoki  «oltin  asr»  deb  ta'riflanib,  uni  asoslashda  etnologik  ma'lumotlardan  keng 
foydalanilgan.  Ibtidoiyjamiyatni  ideallashti-rish  atoqli  ma'rifatchilar  Jan  Jak  Russo  va 
Deni Didro asarlarida fantastik ravishda aks ettirilgan. ■ Shuni  alohida  qayd  qilish  lozimki,  etnologiya  hozir  jahonda 
mustaqil  tarixiy  fan  deb  tan  olingan  bo'lsa,  «etnos»  atamasi 
to'g'risida  olimlar  orasida  yakdillik  yo'q.  Bu  atama  etnologik 
adabiyotda  ko'pdan  beri  ishlatilib  kelganligiga  qaramay, 
uning  ilmiy  ta'rifi  umumiy  tarzda  ma'naviy  jihatdan 
odamlarning  etnik  birligini  anglatuvchi  so'z  sifatida  so'nggi 
o'n yilliklarda fanga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur atama 
bilan  bog'liq  «etniklik»  tushunchasi  ayrim  etnik 
guruhlarning  xususiy  belgilari  yoki  umumiyligini  aniqlovchi 
atama  sifatida  keng  ishlatilmoqda.  Etniklik  tushunchasi 
o'tgan  XX  asrning  70-yillaridan  boshlab  jahonda  etnoslararo 
murakkab  mimosabatlar  va  jiddiy  kashfiyotlarning 
kuchayishi  tufayli  kirib  kelgan  bo'lsa-da,  asli  bu  atama 
etnoslararo madaniy tashkilot shaklida yuzaga kelgan. ■ Etnos  va  etniklik  tushunchalari  hozirgi  etnologiya  fanida  qabul 
qilingan  umumiy  tushuncha  bo'lib,  umumiy  hudud  va  til  birligini 
belgilovchi  asosiy  omildir.  Mazkur  omillar  etnoslarning  nafaqat 
shakllanishida,  balki  etnogenezida  ham  hal  qiluvchi  belgilar 
hisoblanadi.  Ba'zan  til  birligi  u  yoki  bu  etnosning  nomiga  (etnonimi) 
ham  o'tadi.  Shubhasiz,  har  bir  etnosning  shakllanishida  uning 
moddiy  va  ma'naviy  madaniyati  hal  qiluvchi  rol  o'ynashi  mumkin. 
Ayniqsa,  etnosning  asrlar  davomida  shakllanib  kelgan  an'anaviy 
xo'jaligi, urf-odat va marosimlari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak, 
xulq-atvori  kabilar  muhim  etnik  belgilar  sanaladi.  To'g'ri,  barcha 
etnos-lar o'ziga xos ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya'ni kishilarning 
tabiati  va  didi,  o'ziga  xos  etnik  qadriyatlari,  mentaliteti  bilan  ham 
farqlanadilar.  Shu  sababdan  ham  etnoslar  (elat,  xalq,  millat)  ayrim 
umumiy  guruh  odamlarning  birligini  boshqa  guruh  o'ziga  o'xshash 
odamlar guruhidan farqlab o'zligini anglashi natijasida muayyan nom 
(etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida o'rganiladi. X ulosa

ETN OLOGIYA PAY DO BO'LISHI

Reja ■ ETNOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIX I VA ETNOS NA ZARIYASI ■ RIM MUTA-FAKKIRLARINI NG A SARLA RIDA MUHIM ETNOLOGIK MA'LUMOTLAR ■ ETNOLOGIYA PAY DO BO'LISHI

ETN OLOGIYA FA N IN IN G QISQACHA TARIX I VA ETNOS N AZARIYA SI ■ Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni to'playdi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bo'lishi, zarur ma'lumotlar to'planishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir bo'ladi. Masalan, ayrim qo'shni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini o'rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq- yaqin qo'shnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni o'rnatish, shu- ningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushiar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega bo'lish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari o'zlarini ulug'lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va bo'ysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. 

■ Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama o'sha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va to'plamlar paydo bo'ldi. Yangi fanning tashkil topishida, shubhasiz, o'sha davrda tabiiy fanlarning gurkirab o'sishi, ayniqsa, fanda evolyutsiya g'oyaning g'alabasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'oya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq ma'lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga ko'tarilishini pog'onama-pog'ona aniqlab olish imkoniyati tug'ildi.

■ Etnologiya - bu xalqlar, ularning axloqi, madaniy va diniy xususiyatlari haqidagi fan. U 19-asrda shakllangan. Tarixiy va gumanitar bilimlarning ushbu sohasini shakllantirish insonning boshqa fanlari bilan chambarchas bog'liqdir.