O'zbekistonda dastlabki davlatlar paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari
O'zbekistonda dastlabki davlatlar paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib, to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi.
Katta patriarxal oilalar urug’ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.
Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari O’rt a Osiy o hududidagi ilk dav lat t uzi lmal ari t o’g’risida qadimgi y ozma t arix imizning eng noy ob manbasi hisoblangan « Av est o» k i t obi , shuningdek , qadimshunos olimlarning o’lk amizning t urli hududl ari da olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ul arning nat ijalari muhim manba hi soblanadi . Shuningdek , qadimgi Yunon, Rim v a Eron manbalari asosida ham bu masalani oy di nl asht irish, et arl i, asosli fi k rlarni ay t ish mumk in bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim muallifl aridan Gerodot , Gek at ay, Kt esi y, St rabon, A rri an v a boshqal arning asarlari, y odnomalari, Forsiy mix xat y ozuv lari, qolav ersa, o’lk amizda k eng k o’lamli arxeologik t adqiqot l ar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tol st ov, V.Masson, A.A sqarov, E.Rt v aladze, A .Sagdull aev larning ilmiy t adqiqot lari alohida ahami y at ga molik dir. Arxeol og olimlari mizni ng so’ngggi t adqiqot lari asosi da fi k r y urit adigan bo’lsak , O’zbek ist on hududida bronza dav riday oq, mil. av v. 2 mi ngi nchi y illi k o’rt al ari da k i chik shahar dav lat lari shak ll angan.
Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdig’idir». .