logo

Fariddun Attorning Ilohiynoma asari

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

974.3134765625 KB
Mavzu:Farid
dun 
Attorning 
Ilohiynoma 
asari  •
Reja
•
  1.FARIDIDDIN ATTORNING HAYOTI.
•
2. FARIDIDDIN ATTORNING ASARLARI.
•
3. FARIDIDDIN ATTORNING  “ILOHIYNOMA”  ASARI HAQIDA. •
  FARIDIDDIN ATTORNING HAYOTI
Attor Nishopurda butun ixlosi bilan har tomonlama ilm tahsil qiladi. Bu davrda butkul musulmon 
Sharqida  tasavvuf  ta’limoti  ilg‘or  g‘oya  sifatida  shiddatli  to‘lqinga  aylangandi.  Jumladan, Attor 
yashagan  hudud  tasavvuf  ta’limotining  eng  qizg‘in  markazlari  biri  hisoblanardi.  Madrasalardagi 
ta’lim-tarbiyaning  muhim  halqasini  tasavvuf  ta’limoti  nazariyasi  va  falsafiy  tamoyillari  tashkil 
etardi.  Shu  bois, Attor  yoshligidanoq  tasavvuf  ta’limoti ruhida  tarbiyalangan hamda  o‘zi ham bu 
ta’limotga  o‘zgacha  bir  ma’naviy  ishtiyoq  bilan  yondashgan.  Bu  haqda  Attorning  o‘zi  shunday 
deb  yozadi:
“Bolalik  ayyomidan  o‘shal  toifag‘a  (ya’ni  tasavvuf  ahlig‘a)  muhabbatim  shu  qadar  kuchli  va 
jo‘shqin  ediki,  u  toifaning  chiroyli  so‘zlari  meni  o‘ziga  tortar,  dilimda  bu  so‘zlardan  shodliq 
jilvalanar  edi,  u  so‘zlar  qanchalik  ulug‘vor,  pardalangan  bo‘lmasin,  ularni  tanib  oladigan 
bo‘lgandim”. •
Attor  Nishopurdagi  ilm  tahsil  qilish  va  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  bosqichlarini  ma’lum  darajaga  yetkazgandan 
keyin  haj  qilish  uchun  Makkai  mukarrammaga  safarga  chiqadi.  U  haj  ishlarini  ado  qilib  bo‘lgandan  keyin 
Misr,  Shom  (Suriya),  Hindiston  singari  mamlakatlarda  talay  mashhur  shayxlar  bilan  uchrashib,  ularning 
suhbat  va  ta’limlaridan  bahramand  bo‘ladi.  Ilgari  olamdan  o‘tgan  avliyo-anbiyo  hamda  shayxul-
mashoyixlarning  muqaddas  ziyoratgohlarini  va  ular  yashagan  maskanlarni  ziyorat  qiladi,  ular  haqidagi  tarix 
va  rivoyatlarni,  hikoyat  hamda  o‘gitlarni  ixlos  bilan  o‘rganadi.  Ular  haqida  yozilgan  asarlarni  izlab  topib 
mutolaa  qiladi. Attor  haqidagi  izlanishlarda, Attorning  ana  shunday  mashhur  kishilar  haqidagi  mingga  yaqin 
kitoblarni  mutolaa  qilganligi  manbalarda  aytilgan.  Farididdin Attor  “Tazkirat-ul-avliyo”  asarida  yozganidek: 
“Avliyolarga mehr-muhabbatimiz, ularning kamoli va jamoliga, shuningdek, ularning borliq ish-harakatlariga 
bo‘lgan  hurmat-ehtiromlarimiz  natijasidir.  Ushbu  sadoqat  qalbimizga  Olloh  solgan  muhabbatning  nuri  kabi 
porloqdir.  U  buyuk  zotlarga  bo‘lgan  ta’zimimizni  ifodalaydi.  Olloh  taoloning  muborak  nomlarini  har  zamon 
tildan  tushirmaydigan  aziz-avliyolar  ma’rifatidan  bahramand  bo‘lgan,  har  qancha  va  har  qanday  holatda 
Ollohni  unutmay,  yod  etgan  kishilar  uchun  avliyolar  hayoti  namunadir”.  Darvoqe,  Attor  aziz-avliyolarning 
ma’rifatidan  chinakam  ixlos  ila  bahramand  bo‘lgan  kishilarning  biri  edi.  •
Attor  hayotda  ko‘p  bora  qiyinchilik  va  talon-tarojlarga  duch  kelgan,  hayotning  og‘ir 
sinovlari,  larzali  qismatlarni  o‘z  boshidan  kechirgan,  xotirjam  yashash  imkoniyati  unda 
juda  oz  bo‘lishiga  qaramay,  uning  ijodiyoti  baribir  samarali  kechgan.  U  har  tomonlama, 
chuqur  ahamiyatga  ega  talay  asarlarni  kelajak  avlodlarga  abadiy  meros  qilib  qoldirgan. 
Davlatshoh  Samarqandiy  “Tazkirat-ush-shuaro”  nomli  asarida Attor  asarlarining  umumiy 
hajmini  250  ming  baytga  yaqin  deb  ko‘rsatganligi  ma’lum.
Olmoniyalik  sharqshunos  olim  Helmut  Ritterning  “Islom  qomusi”da  bosilgan 
ma’lumotida  Attor  asarlari  yozilish  tartibi  bo‘yicha  quyidagidek  ko‘rsatilgan: FARIDIDDIN ATTORNING ASARLARI. •
)  “Haydarnoma”.  Bu  asar  bizning  davrimizgacha  yetib  kelmagan.  2)  “Devon”  –  she’rlar.  3) 
“Javohirnoma”.  4)  “Sharhul-qalb”  –  “Qalb  sharhi”.  3-,  4-asarni  Attorning  o‘zi  yo‘qotgan.  5) 
“Xusravnoma”.  6)  “Asrornoma”.  7)  “Man-tiq-ut-tayr”.  8)  “Musibatnoma”.  9)”Muxtornoma”.  10) 
“Ilohiynoma”.  11)  “Bul-bulnoma”.  12)  “Pandnoma”  (“Nasihatnoma”).  13)  “Tazkirat-ul-avliyo” 
(“Avliyolar  tazkirasi”).  14)  “Me’rojnoma”.  15)  “Gumgumnoma”.  16)  “Vuslatnoma”.  17)  “Ush-
turnoma”.  18)  “Javhar-uz-zot”.  19)  “Hallojnoma”.  20)  “Basirnoma”.  21)  “Mazhar-ul-ajoyib” 
(“Mo‘jizaning  ko‘rinishi”).  22)  “Lison-ul-g‘ayb”  (“G‘oyiblar  tili”).  Yuqoridagilardan  boshqa 
“Haft  vodiy”  (“Yetti  vodiy”),  “Hayiatnoma”  (“To‘quvchilik  haqida”).  “Vasiyatnoma”.  “Kanzul  – 
haqoyiq”  (“Haqiqatlar  xazinasi”).  “Kanzul  asror”  (“Sirlar  xazinasi”).  “Ixvonus  safo”  (“Pok 
birodarlar”).  “Valadnoma”  (“Tug‘ilish  haqida”).  “Miftoh-ul-futuh”  (“Hukmronlar  kaliti”)  kabi 
qator asarlarni tadqiqotchilar Attor deb qarashadi. •
Helmut Ritter Attor asarlarini mazmun va uslub jihatidan uch davrga bo‘lish mumkin deb qaraydi:
Birinchi  davr:  Attor  she’riyatning  borliq  sirini  yaxshi  biladigan  san’atkor  ustoz  sifatida  ko‘zga 
tashlanadi.  Asarlaridagi  kichik  charjavali  (hoshiyali)  rivoyatlarga  tasavvufga  xos  ma’no  va 
mazmunlarni  juda  kuchli  mahorat  bilan  singdirgan  holda  amalga  oshiradi.
Ikkinchi  davr:  Attor  ijodida  reja  va  tartibga  unchalik  ahamiyat  berilmaydi.  Attorning  o‘ziga  xos 
fazilatlaridan  biri  shuki,  she’riy  asarlarida  bir  so‘z  xabar  misraning  boshida  davomli  takrorlanib 
keladi.  Hatto  bir  so‘z,  ketma-ket  hayajon  bilan  100  marotabadan  ko‘proq  takrorlanadigan  hollar 
ham  mavjud.  Attordagi  bu  xususiyat  dunyo  adabiyotida  deyarli  uchramaydi.
Uchinchi  davr:  Attorning  hayajonli,  shiddatli  ijodiyoti  biroz  sustlashgani  ko‘rinadi.
“Devon”  –  bu Attorning  g‘azal va  boshqa  lirik she’rlaridan  tarkib  topgan  she’rlar  to‘plami  bo‘lib, 
unda  Attorning  tasavvuf  g‘oyalari  bir  xil  lirik  tuyg‘ularda  yo‘g‘rilib  ifodalangan. •
“ Ilohiynoma”  – ushbu doston 300 dan ziyod hikoyat va qissadan tarkib topgan. Unda bir 
podshoh  o‘zining  olti  o‘g‘lini  huzuriga  chorlab:  “Dunyoda  eng  yaxshi  ko‘radigan 
narsanglar  nima?”  deb  so‘raydi.  Podshohning  birinchi  o‘g‘li  parilar  podshohining  qizini, 
ikkinchi o‘g‘li sehrgarlikni, uchinchi o‘g‘li Jamshidning jomini, to‘rtinchi o‘g‘li obihayot 
(tiriklik suvi)ni, beshinchi o‘g‘li Sulaymon uzugini, oltinchi o‘g‘li oltinlarga ega bo‘lishni 
yaxshi  ko‘rishliklarini  bayon  qiladilar.  Podshoh  olti  o‘g‘lining  orzusiga  qarata  tasavvuf 
g‘oyasidagi  ibratlik  hikoyalarni  keltirib,  ularni  to‘g‘ri  yo‘lga  undaydi.  Bu  hikoyatlarda 
Attorning  podshoh  tilidan  bergan  mulohazalari  alohida  ahamiyatga  ega.
“Bulbulnoma”  –  bu  kichik  bir  doston  bo‘lib,  unda  qushlar  Sulaymon  payg‘ambarga, 
bulbul saharlari gulning ishqida sayrab oramizni buzayapti, degan mazmunda arz qiladi. 3. FARIDIDDIN ATTORNING  “ILOHIYNOMA”  ASARI HAQIDA. Sulaymon  payg‘ambar  bulbulni  huzuriga  chaqirtiradi  va  buning  uchun  uni  bir 
umr  faryod  chekishga  amr  qiladi.
“Pandnoma”  –  bu  asar  Attorning  odob-axloq  masalalariga  bag‘ishlangan 
didaktik dostoni bo‘lib, unda, kishilik turmushidagi har xil yaxshi-yomon aqida-
udum, ish-harakat, so‘z va hodisalar chuqur amaliy asoslar bilan ijobiy nuqtadan 
sharhlab  berilgan.  Mazkur  asar  Eron  va  O‘rta  Osiyo  muzofotida  ta’lim-tarbiya 
ishlaridagi  eng  muhim  darslik  qatorida  qo‘llanilgan.
“Tazkirat-ul-avliyo”  –  bu  Attorning  birdan-bir  nasriy  shaklda  yozilgan  asari 
bo‘lib,  unda  talay  avliyolarning  ijod  yo‘llari  yoritiladi.  Asar  tasavvuf 
ta’limotining  taraqqiyot  jarayoni  va  g‘oyaviy  asoslarini  tadqiq  etishda  muhim 
manba  sifatida  ulkan  ahamiyatga  egadir.
“Me’rojnoma”  –  asarida  esa  Muhammad  payg‘ambarning  Buroqqa  minib, 
yettinchi  osmonga  chiqqanligi  va  u  yerda  Ollohning  jamoliga  muyassar 
bo‘lganligi  haqidagi  holatlar  bayon  qilingan.
“Gumgumnoma”  –  asari  kichik  bir  hikoyatdan  iborat  bo‘lib,  unda  Iso 
payg‘ambar cho‘lda bir bosh suyakni topib olib, duo bilan uni tiriltiradi hamda u 
bilan  suhbatlashadi.  U  yetti  iqlimga  hukmron  bo‘lgan  bir  podshohning  boshi 
bo‘lib,  payg‘ambarga  o‘zining  kechmishlarini  so‘zlab  beradi.  Iso  alayhissalom 
uni  imonga  da’vat  qiladi,  u  imon  aytib  bir  fursatdan  keyin  yana  bungacha 
bo‘lgan  asli  holatiga,  oxiratiga  qaytadi.

Mavzu:Farid dun Attorning Ilohiynoma asari

• Reja • 1.FARIDIDDIN ATTORNING HAYOTI. • 2. FARIDIDDIN ATTORNING ASARLARI. • 3. FARIDIDDIN ATTORNING “ILOHIYNOMA” ASARI HAQIDA.

• FARIDIDDIN ATTORNING HAYOTI Attor Nishopurda butun ixlosi bilan har tomonlama ilm tahsil qiladi. Bu davrda butkul musulmon Sharqida tasavvuf ta’limoti ilg‘or g‘oya sifatida shiddatli to‘lqinga aylangandi. Jumladan, Attor yashagan hudud tasavvuf ta’limotining eng qizg‘in markazlari biri hisoblanardi. Madrasalardagi ta’lim-tarbiyaning muhim halqasini tasavvuf ta’limoti nazariyasi va falsafiy tamoyillari tashkil etardi. Shu bois, Attor yoshligidanoq tasavvuf ta’limoti ruhida tarbiyalangan hamda o‘zi ham bu ta’limotga o‘zgacha bir ma’naviy ishtiyoq bilan yondashgan. Bu haqda Attorning o‘zi shunday deb yozadi: “Bolalik ayyomidan o‘shal toifag‘a (ya’ni tasavvuf ahlig‘a) muhabbatim shu qadar kuchli va jo‘shqin ediki, u toifaning chiroyli so‘zlari meni o‘ziga tortar, dilimda bu so‘zlardan shodliq jilvalanar edi, u so‘zlar qanchalik ulug‘vor, pardalangan bo‘lmasin, ularni tanib oladigan bo‘lgandim”.

• Attor Nishopurdagi ilm tahsil qilish va o‘z-o‘zini tarbiyalash bosqichlarini ma’lum darajaga yetkazgandan keyin haj qilish uchun Makkai mukarrammaga safarga chiqadi. U haj ishlarini ado qilib bo‘lgandan keyin Misr, Shom (Suriya), Hindiston singari mamlakatlarda talay mashhur shayxlar bilan uchrashib, ularning suhbat va ta’limlaridan bahramand bo‘ladi. Ilgari olamdan o‘tgan avliyo-anbiyo hamda shayxul- mashoyixlarning muqaddas ziyoratgohlarini va ular yashagan maskanlarni ziyorat qiladi, ular haqidagi tarix va rivoyatlarni, hikoyat hamda o‘gitlarni ixlos bilan o‘rganadi. Ular haqida yozilgan asarlarni izlab topib mutolaa qiladi. Attor haqidagi izlanishlarda, Attorning ana shunday mashhur kishilar haqidagi mingga yaqin kitoblarni mutolaa qilganligi manbalarda aytilgan. Farididdin Attor “Tazkirat-ul-avliyo” asarida yozganidek: “Avliyolarga mehr-muhabbatimiz, ularning kamoli va jamoliga, shuningdek, ularning borliq ish-harakatlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromlarimiz natijasidir. Ushbu sadoqat qalbimizga Olloh solgan muhabbatning nuri kabi porloqdir. U buyuk zotlarga bo‘lgan ta’zimimizni ifodalaydi. Olloh taoloning muborak nomlarini har zamon tildan tushirmaydigan aziz-avliyolar ma’rifatidan bahramand bo‘lgan, har qancha va har qanday holatda Ollohni unutmay, yod etgan kishilar uchun avliyolar hayoti namunadir”. Darvoqe, Attor aziz-avliyolarning ma’rifatidan chinakam ixlos ila bahramand bo‘lgan kishilarning biri edi.