logo

Fe’lning mayl kategoriyasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

817.8037109375 KB
Mavzu:
Fe’lning mayl 
kategoriyasi          Harakatning  voqelikka  munosabatini  
ko'rsatuvchi  grammatik  kategoriya  may l  
kategoriyasi  deyiladi.  May l  kategoriyasi  
zamon va  shaxs-son  kategoriyasi  bilan  uzviy  
bog'liq  bo‘ li b,  hammasi 
birgalikda  fe l ning  tuslanish tizimini  tashkil  
qiladi.  Shunga  ko‘ra may l   kategoriyasi  
harakatning  voqelikka  munosabatinigina 
emas, 
balki  bajaruvchi  bilan  harakat  orasidagi  
a l oqaning  voqelikka munosabatini ham  
ifodalaydi.  Masalan,  kel,   о ’ qi,  ishla yoki kelsa,
о ’ q i sa,  ishlasa  kabi .      O ‘zbek  tilida  fe’ l ning  mayl  
shakllari  quyidagi  ko ’ri nishlarga 
ega  bo‘ l ib,  bular  ma'no  va  
morfologik  ifodalanishi jihatidan  bir-
biridan  farq  qiladi.  Shunga   ко‘ r а  
hozirgi  o'zbek  tilida  may l 
kategoriyasi quyidagi turlarga 
bo li nadi: 
  1)  buyruq-istak mayli; 
 2) shart mayli:  
  3)  maqsad mayli; 
  4) ijro mayli.                           Buyruq-istak mayli
Fe’lning  buyruq-istak  mayli  so‘zlovchining  
harakatni bajarishga  buyurishini,  qistashini,  
undashini  anglatadi  va  har  bir ma’no  bo‘yog‘i  
o'ziga  xos  ohang  bilan  xarakterlanadi.  Masalan:  
Qadingizni uring.  Yashang. Kuling. Davrimizning 
shod nasllari. 
       Buyruq-istak maylidagi feining tuslanishi 
shunday:
     Birlik                                             Ko‘plik 
 I sh.  kel-ay(in),ishla-y(in)       kel-aylik,  ishla-ylik   
 II sh. Kel-(gin),ishla-(gin)        kel-ing,  ishla-ng(iz)  
III sh. kel-sin.   ishla-sin           kel-sin    ishla-
sin(lar)             Shart mayli
     Fe ’l ning  shart  mayli  boshqa  biror  
harakat,  voqea-hodisaning bajarilishi  
uchun  shart,  vosita  bo ’l adigan,  istalgan,  
faraz,  mo‘ljal 
qilingan  harakatni  bildiradi.  Shart  mayli  
shakli  fe’l  o‘zagiga  -sa mayl yasovchisini 
qo‘shish va tuslash bilan hosil qilinadi:
    Birlik                                Ko’plik
I sh.  kel-sa-m                  kel-sa-k
II sh. kel-sa-ng                 kel-sa-ngiz
III  sh. kel-sa                    kel-sa-lar   Maqsad mayli
  Maqsad  mayli  shakli — moqchi  affiksi  yordamida yasaladi  va 
subektning  harakat i ni  bajarish  maqsadini,  niyatini,  mo‘ljalini 
bildiradi:  bormoqchiman,  bormoqchisan,  bor moqchi; 
yozmoqchiman, yozmoqchisan, yozmoqchi.
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  fe’lning  bu  shakli  faqat  maqsad, mo‘ljal 
ma’nosini bildirib, zamon ma’nosiga daxldor emas.
-moqchi  affiksi  bilan  yasalgan  fe’l  shakli  zamon  ma’nosiga ega  
bo‘Igan  biror  vosita  bilan  qo‘llansa  zamonni  bildiradi,  aks holda 
hozirgi zamonga oid maqsadni ifodalaydi.   Xabar mayli
Xabar (ijro)  mayli fe'l anglatgan harakat va 
holatning ma’ l u m  zamonda  bajarilishi,  ijro  
etilishi  haqida  xabar  beradi,  Bu  mayl shakli 
 ish-harakat  uc h   zamonning  birida  ijro  
etilganligini,  uning 
mavjudligini  yoki  harakat  shu  
zamonla rn ing  birida bajarilmaganligini,  
inkor  etilganligini  anglatadi.  Masalan:  U 
Onaxonning yoniga  hech  ki m ni yaqin 
yo l atmadi.         Bu  mayl  shaklidagi  fe’l  ish-harakatning 
 ma ’ lum   zamonda biror  shaxs  
tomonidan  ijro  etilganligi  yoki  ijro  
etilmaganligi haqida  xabar  beradi.  
Masalan:  Mana  tez  orada  paxta  terimiga 
jo‘naymiz .  Qarab  turdim:  Siz yurgan  
chog'da,   t urfa gullar egdi boshini.
Xabar (ijro) maylining maxsus affiksi yo‘q.   
F e’ln inin g zamon va shaxs-son affikslari 
orqali ifodalanadi.   Foydalanilgan  adabiyotlar.
*  Tursunov U.,Muxtorov J., Rahmatullayev 
Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili.Toshkent,1992.
*   Q.Sapayev. Hozirgi oʻzbek tili. T-2019.
*   U.Tursunov. Hozirgi oʻzbek adabiy 
tili.T-1992   E’t iboringiz   uchun 
raxmat !

Mavzu: Fe’lning mayl kategoriyasi

Harakatning voqelikka munosabatini ko'rsatuvchi grammatik kategoriya may l kategoriyasi deyiladi. May l kategoriyasi zamon va shaxs-son kategoriyasi bilan uzviy bog'liq bo‘ li b, hammasi birgalikda fe l ning tuslanish tizimini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra may l kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatinigina emas, balki bajaruvchi bilan harakat orasidagi a l oqaning voqelikka munosabatini ham ifodalaydi. Masalan, kel, о ’ qi, ishla yoki kelsa, о ’ q i sa, ishlasa kabi .

O ‘zbek tilida fe’ l ning mayl shakllari quyidagi ko ’ri nishlarga ega bo‘ l ib, bular ma'no va morfologik ifodalanishi jihatidan bir- biridan farq qiladi. Shunga ко‘ r а hozirgi o'zbek tilida may l kategoriyasi quyidagi turlarga bo li nadi: 1) buyruq-istak mayli; 2) shart mayli: 3) maqsad mayli; 4) ijro mayli.

Buyruq-istak mayli Fe’lning buyruq-istak mayli so‘zlovchining harakatni bajarishga buyurishini, qistashini, undashini anglatadi va har bir ma’no bo‘yog‘i o'ziga xos ohang bilan xarakterlanadi. Masalan: Qadingizni uring. Yashang. Kuling. Davrimizning shod nasllari. Buyruq-istak maylidagi feining tuslanishi shunday: Birlik Ko‘plik I sh. kel-ay(in),ishla-y(in) kel-aylik, ishla-ylik II sh. Kel-(gin),ishla-(gin) kel-ing, ishla-ng(iz) III sh. kel-sin. ishla-sin kel-sin ishla- sin(lar)

Shart mayli Fe ’l ning shart mayli boshqa biror harakat, voqea-hodisaning bajarilishi uchun shart, vosita bo ’l adigan, istalgan, faraz, mo‘ljal qilingan harakatni bildiradi. Shart mayli shakli fe’l o‘zagiga -sa mayl yasovchisini qo‘shish va tuslash bilan hosil qilinadi: Birlik Ko’plik I sh. kel-sa-m kel-sa-k II sh. kel-sa-ng kel-sa-ngiz III sh. kel-sa kel-sa-lar