Fe’l mayllari
Fe’l mayllari va ular haqida ummumiy ma’lumot
REJA: ▪ Mayl kategoriyasi haqida ummumiy ma’lumot ▪ Xabar mayli ▪ Shart mayli ▪ Buyruq-istak va maqsad mayli
Mayl kategoriyasi ▪ Mayl kategoriyasi (qisq.MK) “kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalash va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish” ummumiy grammatik ma’nosiga ega. Mayl kategoriyasi ummumiy grammatik ma’nosisida mayl kategorial ma’nosiga har doim zamon kategoriyasi ma’nosi yondosh.Mayl kategoriyasi ifodalayotgan munosabat rang-barang bo’lishi mumkin.Shuning uchun uning quyidagi turi ajratikadi: a)xabar mayli; b)shart mayli; d)buyruq-istak mayli; e)maqsad mayli.
X abar may li harakat-holat yoki hodisani uning bajarilish vaqti bilan ifodalaydi. Unda bajarilish haqida xabar mavjud. Shuning uchun bu mayldagi fe’l, albatta , biror zamon shaklida bo’ladi: keldi, kelyapti, keladi. Xabar mayli biror ko’rsatkichga ega emas. U fe’lning zamon ko’rsatkichi orqali yuzaga chiqadi. Xabar mayli va zamon ma’nosi yig’iq ifodalanishga ega. Xabar maylidagi fe’lning asosiy sintaktik vazifasi gapda kesim bo’lib kelishdir. U fe’lga uch zamon va shaxs-son affikslarini qo’shib tuslash orqali shakllanadi. Masalan: o’qidim, o’qiding. ▪ .Xabar mayli
Shart mayli Shart mayli - biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni , biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadigan f е’ l mayli bo‘lib, -sa qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, k е lsam, yursak. Bu mayldagi f е’ llar sof shart ma’nosini (K е lsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o‘qishga kirsam), iltimos, maslahat (O‘sha kishini cha?irib b е rsangiz), faraz (Yomg‘ir yog‘sa k е rak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodalaydi. Bu f е’ llar ekan f е’ li bilan qo‘llansa, shart ma’nosiga istak ham qo‘shiladi: o‘qisa ekan.