Qadimgi turkiy tillarda fe’l shakllari
Mavzu:Qadimgi turkiy tillarda fe’l shakllari. Reja: 1.Qadimgi turkiy tilda fe’l haqida ma’lumot. 2.Fe’lning funksional shakllari. 3.Turkiy tillarda sifatdosh haqida ma’lumot. 4.Turkiy tillarda ravishdosh haqida ma’lumot. 5.Turkiy tillarda harakat nomi haqida ma’lumot.
• Fe’l - predmetning harakati va holatini anglatadigan mustaqil so’z turkumi. Fe’llar butun dunyo tillarida, jumladan, barcha turkiy tillarda kelik chiqishi tarixiy taraqqiyoti va hozirgi turkiy tillardagi semantik-gramatik xususiyatlari jihatidan eng murakkab va munozarali so’z turkumlaridan biridir. • Fe’llar otllar kabi o’ziga xos semantik rang – barangligiga ham ega. • Odatda,fe’llarga semantik xususiyatga ko’ra dastlab harakat fe’llari va holat fe’llarga ajratiladi. Haqiqatdan ham fe’llarning asosiy qismini harakat fe’llari tashkil qiladi •
Fe’ldan anglashilgan har qanday harakat ma’lum yo’nalishga ega bo’ladi. Shunga ko’ra fe’llarni ikki yirik gorizontal yo’nalishdagi harakatni ifodalovchi fe’llar va vertikal yo’nalishdagi harakatni ifodalovchi fe’llarga ajratish maqsadga muvofiqqa o’xshab ko’rinadi . Fe’llar tarkibiga ko’ra tub va yasama bo’ladi. Tub fe’llar faqat o’zak morfemadan iborat bo’lgan so’zning bosh, asosiy ma’nosini tashuvchi qismi bo’lib, qadim turkiy va hozirgi turkiy tillar fe’l o’zaklari haqida mashhur turkshunos olimlar B.B.Radlov, N.F.Katanov, B.Katvich, Ramstedt, N.A.Baskakov, L.N.Xaritonov, B.Yunysalev va boshqalar tomonidan qimmatli fikrlar aytilgan
Fe’llar sintetik va analitik usul bilan yasaladi. Sintetik usul fe’l yasashning eng faol usulidir. Affiksatsiya usuli bilan boshqa turkumlardan fe’l yasash so’z yasashning eng qadimiy usularidan biri bo’lib, ularning tarixi mo’g’ul va tungus – manchjur tillar so’z yasalishi bilan aloqadordir. Hozirgi turkiy tillardagi fe’l yasovchi affiklarning deyarli ko’pchiligi qadimturkiy xarakterga ega bo’lib, garchi ba’zilari hozirgi tillarda arxaiklashgan bo’lma ham, ot, sifat, son, undov va taklidiy so’z asoslariga qo’shilib, fe’l leksik qatlamini boyituvchi barqaror affikslardir.
Fe’lning funksional shakllari • Turkshunoslik adabiyotlarida turkiy tillardagi fe’lning hamma funksional shakllari (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari) sifatdoshlar ot va fe’llar oralig’idagi so’zlar guruhi deb yuritiladi. Haqiqatdan ham, agar sifatdoshlarga hozirgi turkiy tillar nuqtai nazardan qaraladigan b o’l sa, sifatdoshdan shunday xususiyatga ega bo’lgan – ham otlik(keng ma’noda, aslida sifatlik), ham fe’llik ma’nolarini o’zda mujassallashtirgan, matnga, nutq jarayoniga ko’ra ham belgi, ham xarakat anglatadigan so’zlar guruhidir.