logo

Fe’l turkumi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

69.9462890625 KB
Fe’l turkumi 
Reja:
1. Fe’llarda nisbat kategoriyasi
2. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllar
3. Fe’llarda aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishi Nisbat kategoriyasi harakatning subyektga munosabatini 
ifodalaydi. Bu munosabat maxsus Grammatik shakl bilan yuzaga 
chiqadi. M-n, shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning 
bajaruvchisi bo‘lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli 
aniq nisbat bilan ifodalangan. Nisbat kategoriyasi fe‘lning bo‘sh 
subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtirib uni nutqqa 
moslaydi. Hozirgi o‘zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko‘rinishi 
ajratiladi: aniq nisbat, o‘zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik 
nisbati, majhul nisbat. A.n. Bu nisbatda 
subyektga munosabat 
nol shakl orqali 
ifodalanadi
O‘.n. O‘zlik nisbati 
asosan –i ( n ) , ba’zan –
i ( l )  ko‘rsatkichi 
yordamida hosil 
qilinadi.
Orttirma nisbat:
-dir, -tir;
-gaz, -giz;
-i ( t ) ; -iz; -ir; -ar; -sat. M.n. –i ( l )  va –i ( n )  
shakllari yordamida 
hosil qilinadi.
B.n. Birgalik nisbati –
i ( sh )  affiksi yordamida 
hosil qilinadi.    Bo‘lishli-bo‘lishsiz -  fe’lning 
asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l 
nutqda yo bo‘lishli, yo bo‘lishsiz 
shaklda bo‘ladi.Bo’lishli shakl 
yuz bergan berayotgan beradigan, 
bo’lishsiz shakl esa yuz bermagan 
bermayotgan bermaydigan 
harakatni ifodalaydi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik 
kategoriyasining UGMsi 
harakatning sodir 
bo‘lish/bo‘lmasligini 
ko‘rsatishdir. Bu 
kategoriyaning semantic 
qiymati bo‘lib, uning sintaktik 
tomoni kuchsiz. Chunki u o‘zi 
birikayotgan so‘zning birikish 
imkoniyatiga juda oz ta’sir 
qiladi. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari tilshunoslikda nokategorial 
shakl deb yuritiladi.
 
Aytilganidek, biror butunlikka kirmaydigan lisoniy birlik bo‘lishi mumkin 
emas. 
Buni shu kungacha –la, -kila/gila/g‘ila/qila, - ( i ) nqira, - ( i ) msira
Shakllari sirasida ko‘makchi fe’l atamasi ostida nokategorial shakl o‘rganib 
kelingan.
Har qanday shakl biror Grammatik kategoriya tarkibida yashaydi.
Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari yetarli darajada o‘rganilmagan Tasdiq-inkor kategoriyasi 
kesimdan anglashilgan fikrning 
tasdiq yoki inkorini ifodalaydi. 
Tasdiq-inkor ma’nosini 
ifodalashda nol shakl tasdiq, -ma 
bo‘lishsizlik shakli, emas, na, yo‘q 
so‘zi inkor ishtirok etadi. Mayl kategoriyasi 
kesimdan anglashilgan 
voqelikning borliqqa 
munosabatini 
ifodalash va gap 
kesimini 
shakllantirishda 
ishtirok etish UGMsiga 
ega.
Payt valentligiga ta’sir etish 
orqali kesimni 
shakllantirishda ishtirok 
etish va undan anglashilgan 
voqelikning nutq 
momentiga munosabatini 
ifodalash – zamon 
kategoriyasining UGMsi. 
Fe’lda bu UGMdagi voqelik 
uzvi harakat tarsi 
ko‘rinishida xususiylashadi.Saxs-son kategoriyasi kesimlik 
kategoriyasi UGMsini ega 
valentligini muayyanlashtirish 
orqali gap kesimini 
shakllantirishda ishtirok etish 
tarzida xususiylashtiradi. 1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili, Toshkent – 2009
2. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek tili 
Toshkent - 2007Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Fe’l turkumi Reja: 1. Fe’llarda nisbat kategoriyasi 2. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllar 3. Fe’llarda aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishi

Nisbat kategoriyasi harakatning subyektga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus Grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. M-n, shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo‘lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan. Nisbat kategoriyasi fe‘lning bo‘sh subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtirib uni nutqqa moslaydi. Hozirgi o‘zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko‘rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o‘zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.

A.n. Bu nisbatda subyektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi O‘.n. O‘zlik nisbati asosan –i ( n ) , ba’zan – i ( l ) ko‘rsatkichi yordamida hosil qilinadi. Orttirma nisbat: -dir, -tir; -gaz, -giz; -i ( t ) ; -iz; -ir; -ar; -sat. M.n. –i ( l ) va –i ( n ) shakllari yordamida hosil qilinadi. B.n. Birgalik nisbati – i ( sh ) affiksi yordamida hosil qilinadi.

Bo‘lishli-bo‘lishsiz - fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo‘lishli, yo bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi.Bo’lishli shakl yuz bergan berayotgan beradigan, bo’lishsiz shakl esa yuz bermagan bermayotgan bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini ko‘rsatishdir. Bu kategoriyaning semantic qiymati bo‘lib, uning sintaktik tomoni kuchsiz. Chunki u o‘zi birikayotgan so‘zning birikish imkoniyatiga juda oz ta’sir qiladi.

Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari tilshunoslikda nokategorial shakl deb yuritiladi. Aytilganidek, biror butunlikka kirmaydigan lisoniy birlik bo‘lishi mumkin emas. Buni shu kungacha –la, -kila/gila/g‘ila/qila, - ( i ) nqira, - ( i ) msira Shakllari sirasida ko‘makchi fe’l atamasi ostida nokategorial shakl o‘rganib kelingan. Har qanday shakl biror Grammatik kategoriya tarkibida yashaydi. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari yetarli darajada o‘rganilmagan