logo

Fe’l so’z turkumi. Fe’lning vazifa shakllari va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

146.4853515625 KB
Mavzu:  Fe’l so’z turkumi. Fe’lning vazifa              
     shakllari va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi 
                                          Reja:
> Kirish:  
Fe’l so’z turkumi. 
> Asosiy qism: 
1.Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik .  O’timli va o’timsizlik.  
2.Fe’l nisbatlari. 
3.Fe’lning vazifa shakllari: sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh, 
harakat nomi.
4.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi.   
> Xulosa.                           Fe’l so’z turkumi 
Ish-harakat va holatni bildiradigan so’zlar fe’l deyiladi:o’qidi,yozdi, keldi,ketdi 
(harakat fe’llari), uxladi,o’yladi, yonboshladi,o’tiribdi, tik turibdi (holat fe’llari). 
(B. U. Umurqulov. “Hozirgi o’zbek tili” .Termiz-2009). 
Shaxs yoki narsaning ish-harakati va holatini ifodalovchi mustaqil so’zlarga fe’l 
deyiladi. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. Bu voqea-hodisalarni 
bildiruvchi so’zlarning hammasi nima qilmoq? savoliga javob bo’ladi .
(Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009.)  
Nima qilmoq? Nima bo’lmoq? So’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki 
narsalarning harakat, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llardan 
anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. 
Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi. (N.Mahmudov, 
A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.”6-sinf ona tili darsligi”.Toshkent-2017).       Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik 
Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shaklda bo’ladi. Bo’lishli shakl 
harakatning bajarilishi haqida tasdiqni ifodalasa, bo’lishsiz 
shakl harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi: 
yozaman-yozmayman. Fe’lning bo’lishli shakli maxsus 
affiksga ega emas. Bo’lishsiz shakli esa quyidagi maxsus 
grammatik vositalar orqali hosil qilinadi: -ma affiksi, emas 
yordamchisi, yo’q yordamchisi, na,…na inkor yuklamasi.  
(Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009)               O’timli va o’timsiz fe’llar
Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga 
munosabati o’timli va o’timsizlikni hosil qiladi. 
Harakatning predmatga o’tgan yoki o’maganligi 
fe’lning tushum kelishigidagi so’z bilan 
bog’lanishiga qarab belgilanadi. O’timli fe’l tushum 
kelishigidagi so’z bilan bog’lanib harakatni shu so’z 
anglatilgan predmetga o’tganligini bildiradi:kitobni 
o’qi. O’timsiz fe’llar tushum kelishigidagi so’z bilan 
bog’lanmaydi:uxla(sen). (B.U.Umurqulov.”Hozirgi 
o’zbek tili’’. Termiz-2009.)                       Fe’l nisbatlari
Fe’ldan anglashilgan harakat va holat bilan uning 
bajaruvchisi va predmeti orasidagi munosabatlar 
fe’l nisbatlari  deyiladi. Fe’l nisbatlari beshta: aniq 
nisbat, o’zlik nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbati, 
orttirma nisbat.
Aniq nisbat . Bu nisbat ega tomonidan bajarilishi 
aniq bo’lgan harakat va holatni bildiradi. Aniq 
nisbatni hosil qiluvchi qo’shimcha yo’q. U fe’lning 
negizi orqali ifodalanadi. Fe’lning bunday qurilishi 
faol qo’llaniladi:yozdi, uxladi kabi.   O’zlik nisbati.  Harakatning bajaruvchisi va harakat obyekti ham 
bir shaxsning o’zi bo’ladi. Bu nisbat quyidagicha hosil qilinadi:1) 
fe’l negiziga –n(-in),-l(-il)qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil 
bo’ladi;2) fe’l yasovchi –lan qo’shimchasi bilan yasaladi.
Murakkab fe’llarda o’zlik nisbati qo’shimchasi yetakchi fe’lga 
qo’shiladi: yuvinib oldi.
Majhul nisbat.  Bu nisbatda harakat holatni obyekti gapda ega 
vazifasi shaklida bo’ladi, harakatning bajaruvchisi esa noaniq 
bo’ladi.Majhul nisbat ham fe’l negiziga –n (-in), -l (-il) 
qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil bo’ladi.
O’zlik va majhul nisbatlar aynan bir xil qo’shimchalar bilan 
shakllangan  bo’lib, fe’lning qaysi nisbatda ekanligi gapning 
gapning mazmunidan anglashiladi. Agar harakatning 
bajaruvchisi aniq bo’lsa, o’zlik nisbati: Rustam kiyindi, 
harakatning bajaruvchi noaniq bo’lsa, majhul nisbat: kiyim 
kiyildi bo’ladi.   Birgalik nisbati .Bu nisbat harakatning bir necha 
shaxs tomonidan birgalikda bajarilishini bildiradi. 
Birgalik nisbati –sh(-ish), -lash qo’shimchalari bilan 
yasaladi: borishdi, suhbatlashdi. 
Orttima nisbat.  Orttirma nisbatdagi fe’llar boshqa 
biror shaxsning ta’sir bilan bajariladigan harakatni 
bildiradi. Bu nisbat quyidagi qo’shimchalar bilan 
hosil bo’ladi: -t, -dir, -tir, -gaz, -giz, -g’iz, -kaz, -qiz, -
qaz, -ir, -ar, -iz, -sat.
Orttirma nisbat o’timsiz fe’lni o’timliga aylantiradi:  
uxla–o’timsiz, uxlat-o’timli .(B.U.Umurqulov. “Hozirgi 
o’zbek tili”.Termiz-2009).             Fe’lning vazifa shakllari
Sof fe’l (kesimli shakli).  Bu shakl gap ichida 
 fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. Sof fe’l 
boshqa shakllardan shunisi bilan farqlanadiki, u fe’lga 
xos bo’lgan barcha grammatik xususiyatlarni o’zida aks 
ettira oladi. 
Harakat nomi.  Harakat nomi fe’lning funksional 
shakllaridan biri bo’lib, harakat va holatning nomini 
bildiradi, gapda otga xos vazifalarda keladi. Harakat 
nomi fe’l va otga xos grammatik belgilarga ega. Harakat 
nomi quyidagicha yasaladi: -(i)sh affiksi, -(u)v affiksi
 -moq affiksini fe’l asosiga qo’shish orqali. Sifatdosh.  Sifatdosh fe’lning funksional 
shakllaridan biri bo’lib, narsaning harakat va 
holat belgisini ko’rsatadi, odatda, sifatlovchi 
vazifasida keladi. Sifatdosh, asosan, quyidagi 
affikslar bilan yasaladi: -gan (-kan, -qan), -
digan, -yotgan, -(a)r, 
-ajak, -gusi, -g’usi, -(u)vchi affikslarini qo’shish 
orqali.Sifatdosh otlashadi. Bu vaqtda sifatdosh 
kelishik, egalik va grammatik son affiksini olib, 
ega, kesim, to’ldiruvchi va qaratqichli 
aniqlovchi vazifasida keladi. Ravishdosh.  Ravishdosh, asosan, boshqa bir fe’l 
anglatgan harakatdan oldin bo’lgan yoki u bilan 
bir vaqtda bajariladigan harakatni ko’rsatadi, 
asosiy harakatning bajarilish holatini bildiradi, 
ergash gapning kesimi va hol vazifasida keladi. 
Ravishdoshlar quyidagi qo’shimchalar bilan 
yasaladi: 
-(i)b, -a, -y, -gani (-kani, -qani), -gach
(-kach,-qach), -guncha (-kuncha, -quncha) 
affikslarini fe’l asosiga qo’shish orqali. 
(Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009). Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi 
Ravishdoshning –a, -y, -(i)b shakllariga qo’shilib, o’z 
mustaqil ma’nolarini yo’qotgan, asosdan anglashilgan 
harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, 
tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati) ni bildiruvchi 
boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari 
fe’llar ko’makchi fe’llar hisoblanadi. 
Ko;makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l 
hisoblanadi. Ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan 
birgalikda qo’llanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil 
qullanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq(o’qishni 
tugatmoq), turmoq(o’rnidan turmoq), tashlamoq(qog’oz 
tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi . Ravishdoshning –a, -y shakliga qo’shiluvchi boshlamoq 
ko’makchi fe’li harakatning boshlanishi, olmoq ko’makchi fe’li esa 
harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. 
Yotmoq, yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari ravishdoshning –(i)b 
shakliga qo’shilib, harakatning davomiyligini bildiradi.
Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq ko’makchi fe’llari harakatning 
tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
Chiqmoq ko’makchi fe’li harakatning to’la yakunlanganini 
bildiradi.
Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, 
ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin. Zamon, shaxs –son  
qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi .(N.Maxmudov, 
A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.6-sinf ona tili darsligi. 
Toshkent-2017).                                            Xulosa 
Demak, fe’l so’z turkumi eng katta 
mavzulardan biri bo’lib, gap hosil qilishda 
va gapdagi asosiy hukmni berishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Fe’lning grammatik 
ko’rsatkichlari bir nechta bo’lib, ularsiz 
lingvistika fanini tasavvur qilib bo’lmaydi. E’tiboringiz uchun 
rahmat!

Mavzu: Fe’l so’z turkumi. Fe’lning vazifa shakllari va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi Reja: > Kirish: Fe’l so’z turkumi. > Asosiy qism: 1.Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik . O’timli va o’timsizlik. 2.Fe’l nisbatlari. 3.Fe’lning vazifa shakllari: sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi. 4.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi. > Xulosa.

Fe’l so’z turkumi Ish-harakat va holatni bildiradigan so’zlar fe’l deyiladi:o’qidi,yozdi, keldi,ketdi (harakat fe’llari), uxladi,o’yladi, yonboshladi,o’tiribdi, tik turibdi (holat fe’llari). (B. U. Umurqulov. “Hozirgi o’zbek tili” .Termiz-2009). Shaxs yoki narsaning ish-harakati va holatini ifodalovchi mustaqil so’zlarga fe’l deyiladi. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. Bu voqea-hodisalarni bildiruvchi so’zlarning hammasi nima qilmoq? savoliga javob bo’ladi . (Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009.) Nima qilmoq? Nima bo’lmoq? So’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi. (N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.”6-sinf ona tili darsligi”.Toshkent-2017).

Fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shaklda bo’ladi. Bo’lishli shakl harakatning bajarilishi haqida tasdiqni ifodalasa, bo’lishsiz shakl harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi: yozaman-yozmayman. Fe’lning bo’lishli shakli maxsus affiksga ega emas. Bo’lishsiz shakli esa quyidagi maxsus grammatik vositalar orqali hosil qilinadi: -ma affiksi, emas yordamchisi, yo’q yordamchisi, na,…na inkor yuklamasi. (Q.Sapayev. “Hozirgi o’zbek tili”. Toshkent-2009)

O’timli va o’timsiz fe’llar Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga munosabati o’timli va o’timsizlikni hosil qiladi. Harakatning predmatga o’tgan yoki o’maganligi fe’lning tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanishiga qarab belgilanadi. O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanib harakatni shu so’z anglatilgan predmetga o’tganligini bildiradi:kitobni o’qi. O’timsiz fe’llar tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lanmaydi:uxla(sen). (B.U.Umurqulov.”Hozirgi o’zbek tili’’. Termiz-2009.)

Fe’l nisbatlari Fe’ldan anglashilgan harakat va holat bilan uning bajaruvchisi va predmeti orasidagi munosabatlar fe’l nisbatlari deyiladi. Fe’l nisbatlari beshta: aniq nisbat, o’zlik nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbati, orttirma nisbat. Aniq nisbat . Bu nisbat ega tomonidan bajarilishi aniq bo’lgan harakat va holatni bildiradi. Aniq nisbatni hosil qiluvchi qo’shimcha yo’q. U fe’lning negizi orqali ifodalanadi. Fe’lning bunday qurilishi faol qo’llaniladi:yozdi, uxladi kabi.