RAVISH SO’Z TURKUMI
RAVISH SO’Z TURKUMI Harakat - holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va “qanday?” “qachon?” “nega?” “qancha?” “qayer (-da, -dan, -ga)” singari so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar rav ish deyiladi. (6-sinf. 2017) Harakatning belgisini anglatadigan leksemalarga rav ish deyiladi. Ravish lksemalarga shakl o’zgarishi xos emas, shunga ko’ra fe’l leksemaga (o’rni bilan ot leksemaga) to’g’ridan to’g’ri bog’lanadi. ( Sh.Rahmatullayev . “ Hozirgi o’zbek adabiy tili ”. Toshkent “ Universitet ” 2006) Rav ish mustaqil so’zlardan bo’lib harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravish morfologik jihatdan o’zgarmas bo’lib, ko’pincha fe’ga bog’lanib keladi: Karomatxon yugurganicha ichk ari kirib ketdi. ( U.Tursunov , A.Muxtorov , Sh.Rahmatullayev . “ Hozirgi o’zbek adabiy tili ” Toshkent “ O’zbekiston ” 1992)
U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (Toshkent “O’zbekiston” 1992) Махсус суз ясовчи аффиксларга эга булиши (-ча, -она, -ларча, -лаб каби) ва шакл ясовчи аффиксларни олиб келиши ^ам равишларнинг грамматик белгиларига киради. Bundan ko’rishimiz mumkinki, mualliflar ravish yasaladi degan fikrni olg’a surganlar.
Sh.Rahmatullayev “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Adabiyotlarda ravish yasovchi affiks yo‘qligi ta'kidlanadi. Haqiqatda, faqat butunlay(in), tiriklay(in) ravish leksemalari tarkibidagi -lay(in) affiksini sifat leksemadan ravish leksema yasovchi affiks deyish mumkin. O‘zbek tiliga tojik tilidan o‘zlashgan birodarona, do‘stona, kamtarona kabi leksemalar, ojizona, oqilona, xolisona kabi arabcha leksemalardan yasalishlar tarkibidagi -ona qismi asli leksema yasovchi bo‘lib, faqat o‘zlashgan leksemalar tarkibida qatnashadi, shunga ko‘ra bunday qismni o‘zbek tili nuqtayi nazaridan leksema yasovchi affiks deb ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Leksemashakllarning, birikmashakllarning ravishga aylanishi Turli turkum leksemalari har xil shakl hosil qiluvchi affikslarni olgan holda ravishga aylanadi: 1. Oldin, keyin (ketin), kechin, ertan, kechqurun, ostin-ustun kabi leksemalar oxiridagi -n (-in, -un) qismi asli qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lgan instrumental kelishigining qo‘shimchasi bo‘lib, hozirgi o‘zbek tiliga yuqoridagi bir necha ravish leksema tarkibida yetib kelgan. Bu affiks hozirgi o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchasi deb qaralmaydi, shunga ko‘ra oldin kabi leksemalar tarkibidagi bu qism affiks sifatida ajratilmaydi, bunday birliklar bir butun holda ravish leksemaga teng deb qaraladi. Quyida kengroq ko’rib chiqamiz.
6-sinf. Ona tili. 2017 Rav ishlar t ub v a y asama rav ishlarga bo‘linadi . Yasama rav ishlar qo‘shimchal ar qo‘shi sh, asos qi smni juft v a t ak ror qo‘ll ash y ok i ik k i asosni birik t irish y o‘li bilan hosi l qilinadi. Tuzilishiga k o‘ra rav i shlarning sodda, qo‘shma, juft v a t ak roriy t urlari farql anadi. Hamisha, doi m, bugun, qo’qqisdan, av v al, k ey in – t ub rav i shl ar. Ert alab, y oppasiga, mardona, har k un, qat or-qat or - y asam rav i shlar. keyingisi