logo

G‘arbiy va Sharqiy Sibir

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

12262.100585938 KB
G‘arbiy va Sharqiy Sibir G‘arbiy Sibir
•
G‘arbiy Sibirga shu nomdagi 
pasttekislik va Kara 
dengizidagi bir qancha 
kichikroq orollar kiradi. U 
shimoldan janubga 2 500 km 
ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 
km ga cho‘zilgan.  •
G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan plitadan 
iborat. Uning usti mezozoy va kaynozoy eralarining turli xil qalinlikdagi 
yotqiziqlari bilan qoplangan. Paleozoy davri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir 
pasttekisligining chekka qismlarida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va 
ko‘mir hududning asosiy foydali qazilmalarini tashkil qiladi.
•
G‘arbiy Sibir hududi janubdan shimolga tomon salgina nishab. G‘arbiy 
Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar ko‘p. Umuman, o‘lka 
hududining mutlaq balandligi 300 m dan oshmaydi.  •
G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil 
mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan o‘rtacha 
yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C ni tashkil 
etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga yetadi.  •
Ob, Irtish, Taz va Pur kabi daryolar G‘arbiy Sibirning eng yirik daryolaridir. 
Umuman, hududdagi deyarli barcha daryolar Shimoliy Muz okeani 
havzasiga kiradi. Ob daryosi •
G‘arbiy Sibirning shimolida tundra-gleyli,  podzol va 
botqoq tuproqlar, janubiy qismida esa unumdor qora 
tuproqlar tarqalgan. Pasttekislik hududida pakana qayin,  
qutb tollari,  kedr,pixta,  tilog‘och,  kaklik o‘ti kabi 
o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlardan  oq ayiq,  oq kaklik,  
shimol bug‘usi,  lemming,  qutb tulkisi,rosomaxa kabilar 
yashaydi.       Sharqiy Sibir
•
U Sibirning markaziy qismini 
egallab, g‘arbda G‘arbiy Sibir 
pasttekisligidan sharqda Kolima 
daryosining vodiysigacha davom 
etadi.
•
Sharqiy Sibirning markaziy 
qismini egallagan qattiq va 
mustahkam Sibir platformasi 
arxey erasida vujudga kelgan. 
Uning g‘arbiy qismi paleozoy, 
sharqiy qismi esa mezozoy 
eralarida ko‘tarilgan. •
O‘lkaning relyefi, asosan, yassi tog‘liklardan iborat. Sharqiy Sibirning 
markaziy qismida O‘rta Sibir yassi tog‘ligi joylashgan.Uning yuzasi 
dengiz sathidan o‘rtacha 400 — 600 m baland.Putorana tog‘larida 
balandlik 1 701 m ga yetadi.  Putorana tog‘lari •
Sharqiy Sibir uchta — arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim 
mintaqalarida joylashgan. O‘lka iqlimining G‘arbiy Sibir iqlimidan farqli 
jihati uning keskin kontinentalligidir. Bu yerda yillik havo harorati 
tafovuti juda katta (qishda –20 –40 °C, yozda +16 +18 °C). Oymyakonda 
qishda harorat –71 °C ga, yozda esa +36 °C ga yetganligi qayd etilgan.   •
Sharqiy Sibir daryolarga boy. Yevrosiyoning yirik daryolaridan Yenisey, 
Lena, Aldan, Kolima, Taymir, Xatanga, Vilyuy, Anabar shular 
jumlasidandir. Lena daryosi •
O‘lka hududida arktika sahrolari,  tundra va o‘rmon-
tundra zonalarining landshaftlari tarkib topgan. Asosiy 
tuproqlari tundra-gleyli va torfli gleyli,  botqoq va 
podzol tuproqlardir. O‘lkaning shimoliy qismida ko‘p 
yillik muzloq yerlar katta maydonni egallaydi.   Topshiriq
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. Muhim ma’lumotlarni 
bulut  ko`rinishida 
tavsiflav kelish

G‘arbiy va Sharqiy Sibir

G‘arbiy Sibir • G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi. U shimoldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga cho‘zilgan.

• G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan plitadan iborat. Uning usti mezozoy va kaynozoy eralarining turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan. Paleozoy davri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir pasttekisligining chekka qismlarida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va ko‘mir hududning asosiy foydali qazilmalarini tashkil qiladi. • G‘arbiy Sibir hududi janubdan shimolga tomon salgina nishab. G‘arbiy Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar ko‘p. Umuman, o‘lka hududining mutlaq balandligi 300 m dan oshmaydi.

• G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga yetadi.