Sharqiy Osiyo
Sharqiy Osiyo
Geografik o‘rni. Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya yarimorolini, Yapon orollarini egallaydi. Bu o‘lka shimoldan janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir necha ming kilometrga cho‘zilgan.
Tabiiy sharoiti. Sharqiy Osiyoning zaminida kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi.
Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan alluvial yotqiziqlardan tashkil topgan.
Bu hudud Buyuk Xitoy tekisligiga mos keladi. Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo‘lmagan Shandun tog‘i ko‘tarilib turibdi.