logo

SHARQIY VA JANUBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26243.809570312 KB
SHARQIY  VA J AN UBI-SHARQIY  
OSIYO DAVLATLARI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Sharqiy Osiyo davlatlari. 
Osiyoning sharqiy qismida 
joylashgan hududlari Sharqiy 
Osiyo subregioni hisoblanadi. 
Shimoliy, g‘arbiy, janubiy 
qismlaridan mintaqaning 
quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi 
Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, 
Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri 
bilan o‘ralgan. Uning umumiy 
maydoni 11,8 mln km2, aholisi 
soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq.     Sharqiy Osiyo subregioni 
Osiyoning maydon jihatdan eng 
katta mintaqasi hisoblanadi. 
Uning davlatlari orasida Xitoy 
maydon kattaligiga ko‘ra 
jahonda uchinchi, aholi soniga 
ko‘ra esa, birinchi o‘rinni 
egallaydi. Koreya Respublikasi 
mintaqaning maydon jihatdan 
kichik davlati hisoblansa, 
Mongoliya aholi soniga ko‘ra 
guruhda so‘nggi o‘rinni 
egallaydi.   Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati
shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli
bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini 
o‘zida singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy 
Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat 
siyosat yurituvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq 
Demokratik Respublikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya 
tuzumiga ega bo‘lgan, 
Xitoy bir partiyaviy boshqaruvga ega  Shimoliy Koreya va Janubiy 
Koreya davlat rahbarlari     jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan
biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat 
– Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past 
darajada rivojlangan Mongoliya joylashgan.   To‘g‘ridan to‘g‘ri Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega 
(Mongoliyadan tashqari) ekanligi, subregionning qadimiy 
sivilizatsiya markazlaridan biri ekanligi geografi k o‘rnining ijobiy 
jihatlari hisoblansa,      g‘arbiy va janubiy qismlarining baland tog‘liklardan iboratligi, 
asosiy qismi Tinch okeanbo‘yi seysmik zonasida joylashganligi, 
salbiy jihat sifatida namoyon bo‘ladi.
Yaponiyadagi vulqonJanubiy Xitoy tog‘lari   Sharqiy Osiyo davlatlari relyef 
xususiyatlari nisbatan o‘xshash.
Barcha davlatlarda tog‘li hududlar 
katta maydonni tashkil qiladi. Shu 
bilan bir qatorda, Gobi, 
Taklamakon kabi cho‘llar ham 
mavjud. Tog‘oldi, daryo vodiylari, 
dengizbo‘yi hududlari mintaqa-
ning asosiy tekislik hududlarini 
tashkil qiladi (24-rasm).   Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va 
subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Mazkur davlatlar 
iqtisodiyotida ularning hududida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar 
katta ahamiyatga ega. 
mo‘tadil
subtropik 
subekvatorial      Mineral resurslarning turli ko‘rinishlari Yaponiyadan boshqa 
barcha davlatlarda tarqalgan bo‘lsa, Yaponiya, Koreya yarimoroli 
davlatlari suv resurslariga boyligi bilan ajralib turadi. 
Mongoliyadagi mis-molibden koni
Koreyadagi Xangan daryosi   Undan tashqari, yer (Xitoy), o‘rmon (Xitoy, Koreya yarimoroli 
davlatlari), rekreatsion (Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi) 
resurslar ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Xitoydagi sholi maydoni
Yaponiyadagi Ximedzi 
qal’asiKoreyadagi qarag‘ay 
o‘rmoni   Subregion aholi soni, uning zichlik darajasi yuqori bo‘lgan 
hududlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili 
Yaponiya, Koreya Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payish 
darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularda tug‘ilish darajasi 
pastligi sababli aholi orasida katta yoshlilar hamda qariyalarning 
salmog‘i ortib bormoqda. Xitoyda aholi sonining sekin o‘sishiga, 
bu yerda so‘nggi yillargacha olib borilgan aholi sonini 
qisqartirishga qaratilgan demografi k siyosat sabab bo‘lmoqda. 
Yaponlar Koreyslar Xitoyliklar   Mintaqa davlatlari orasida KXDR va Mongoliyada
tabiiy ko‘payish jarayoni yuz bermoqda. Subregionda aholi 
o‘rtacha zichligi 1 km2ga 136 kishiga teng. Aholi zichlik 
ko‘rsatkichlari Koreya Respublikasida eng yuqori (1 km2ga 510 
kishi), Mongoliyada esa eng past (2 kishi).   Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda,
uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), 
Koreya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) 
ko‘rsatkichlar kuzatiladi. 
Tokyo
Seul
Pxenyan   Sanoatida konchilik (Xitoy, Mongoliya, KXDR),yoqilg‘i-energetika 
(Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya), qora va rangli metallurgiya 
(Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), mashinasozlik (Xitoy, 
Yaponiya, Koreya Respublikasi)   kimyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, KXDR), o‘rmon va 
yog‘ochsozlik (Xitoy, Koreya Respublikasi), yengil va oziq-ovqat 
(subregionning barcha davlatlari) tarmoqlari muhim ahamiyatga 
ega.    Turli tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 
Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi davlatlari jahonda yetakchi 
davlatlardan hisoblanadilar. Ayniqsa, ushbu davlatlarning qora 
metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika
va elektrotexnika, kimyo sanoatlaridagi ulushi katta.   Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi katta
ahamiyatga ega. Mongoliya va Yaponiya qishloq xo‘jaligida 
chorvachilikning, qolgan davlatlarda esa dehqonchilikning hissasi 
yuqori. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (bug‘doy, sholi, 
makkajo‘xori), texnik ekinlar yetishtirish (paxta, tamaki, choy, 
kartoshka, soya), bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan.   Chorvachilikda qoramolchilik, cho‘chqachilik, parrandachilik va 
baliqchilik muhim o‘rin tutadi. Mongoliyada qo‘y va echkichilik, 
yilqichilik, tuyachilik va bug‘uchilik tarmoqlari ham rivojlangan.    Transportida quruqlik transporti muhim ahamiyatga ega. 
Dengizbo‘yida joylashgan davlatlarda suv transporti ham yaxshi 
rivojlangan.   Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari. 
Janubi-sharqiy Osiyo 
subregioni tarkibiga Hindixitoy 
yarimoroli, Malay arxipelagi 
orollari, Yangi Gvineyaning 
g‘arbiy qismi kiradi. Uning 
maydoni 4,5 mln
km2 bo‘lib, umumiy quruqlik 
maydonining 3% ni egallaydi. 
Aholisi soni 630 mlnga yaqin. 
Ya’ni bu subregionda jahon 
aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i 
istiqomat qiladi.    Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, 
Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, 
Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi.    Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy- iqtisodiy 
taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat 
joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisida
joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga
chiqa olmaydi.   Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. 
Ma’muriy- hududiy tuzilishiga ko‘ra, Malayziya va Myanma 
davlatlari federativ davlatlar hisoblanadi.
Malayziya qiroli Bruney sultoni
Tailand qiroli Kambodja qiiroli   Hind va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashganligi; mintaqa 
davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va 
Hindiston ta’sirining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar 
davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo‘llari 
ustida joylashganligi mintaqa geografik o‘rnining asosiy 
xususiyatlari hisoblanadi
Janubi-Sharqiy Osiyoliklar qorachadan kelishi 
hindlarga, ko‘z qisiqligi Xitoyliklarga o‘xshaydi.   Subregion relyefida tog‘li va tekislik hududlar salmog‘i deyarli 
teng. Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas.    Asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida 
joylashgan bo‘lib, iqlim xususiyatlari bu yerda doimiy yashil 
tropik o‘rmonlarning mavjud bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. 
subekvatorialsubekvatorial
ekvatorial      Mintaqaning 42% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Suv 
resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-
Praya, Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari 
hisoblanadi. Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol 
davlatlar hududidan oqib o‘tadi.
Mekong    Dunyo okeani biologik resurslari ham davlatlar iqtisodiyotida 
katta ahamiyatga ega. Ular aholi tomonidan iste’molda keng 
foydalaniladi. Malay arxipelagining ba’zi orollarida tabiiy dur 
yetishtiriladi.   Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim 
iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to 
Indoneziyagacha cho‘zilgan qalay-volfram belbog‘i o‘tgani sabab 
barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta 
miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. 
Qalayini elektronikada qo’llanilishi    Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo‘yicha 
jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Surma zaxiralari 
bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda 
esa ikkinchi o‘rinni egallaydi.    Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, 
Bruney), toshko‘mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari 
(Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyetnam, Filippin), volfram 
(Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin, Malayziya) kabi 
mineral resurslar ham qazib olinadi.   Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining 
tabiiy ko‘payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, 
diniy omillar  katta ta’sir ko‘rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam 
mintaqaning aholi soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi.    Janubi-sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. 
Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar 
(Malakka yarim orolida), birmaliklar (Myanmada), filippinliklar, 
yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega.   Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar
oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda
Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng 
tarqalgan. Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog‘i katta 
(Filippin, Sharqiy Timor).
Islom
Katolik     Subregionda o‘rtacha zichlik 1 km2ga 140 kishini tashkil etadi. 
Kichik hududli davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori (masalan, 
Singapurda o‘rtacha zichlik 1 km2 ga 8000 kishidan oshadi).   Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda 
bu ko‘rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo‘jaligi 
iqtisodiyotida katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy 
Timor 30% atrofida). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng 
yirik shaharlari bo‘lib hisoblanadi (25-rasm).
Singapur Sharqiy Timor
Bangkok Jakarta Manila        Mintaqa davlatlari tarixiy rivojlanishida Xitoy va Hindistonning 
ta’sir katta bo‘lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi o‘z 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashda yapon modeliga 
murojaat qilishgan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 
ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan 
davlatlar (so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy 
o‘zgarishlar yuz berayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi) soni 
ortib bormoqda.    Bundan tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi 
davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada 
rivojlangan davlatlar ham mavjud.
Sharqiy Timor Laos Butan       Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida),
yoqilg‘i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli 
metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), 
konchilik
rangli metallurgiya yoqilg‘i-energetika      mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo 
(Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-
ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari 
tarmoqlari rivojlangan.   Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha bo‘lib, sholi asosiy
ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli 
ziravorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) 
kabilar ham yetishtiriladi.    Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo 
davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil 
transporti hisoblanadi.   © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

SHARQIY VA J AN UBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq.

Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon kattaligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi.

Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zida singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yurituvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega bo‘lgan, Xitoy bir partiyaviy boshqaruvga ega Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya davlat rahbarlari

jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat – Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past darajada rivojlangan Mongoliya joylashgan.