genetik jarayonlarning molekul;yar asoslari
MAVZU: GENETIK JARAYONLARNING MOLEKUL;YAR ASOSLARI REJA: 1. NUKLEIN KISLOTALARNING IRSIYATDAGI ROLI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONI 2. TRANSDUKSIYA JARAYONI 3. KON’YUGATSIYA JARAYONI 4. GENNING TUZILISHI
1. Nuklein kislotalarning irsiyatdagi roli va b akteriyalardagi transformatsiya . DNK ning genetik roli ilk bor zotiljam kasalligini qo’zg’atuvchi yumaloq pnevmokokklarda F.Griffits tomonidan aniqlangan. Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan resipient xromosomasiga o‘tishi transformatsiya deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi - rekon orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa elementlar bilan almashinishi mumkin.
1928-yilda F. Griffitsning bakteriyalardagi transformatsiya qilish xususiyatini sichqonlarda o’rgangan tajribasi
2. Transduk siy a. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag orqali resipient bakteriyaga o‘tishi transduksiya deb ataladi. Masalan, bakteriofaglar orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spesifik va nospesifik xilga bo‘linadi. N ospesifi k t ransduk siy ada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat o‘tishi mumkin. Spesifi k t ransduk siy ada faqat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan fag qatnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi.
1952- yilda N.Jinder va F.Lederberg tomonidan kashf etilgan transduksiya jarayonining o’tish mexanizmi