Germanlar sivilizatsiyasi
Mavzu: Germanlar sivilizatsiyasi
Reja: 1.Germanlarning rivojlantirishi va sivilizatsiyasi? 2.Germanlarda davlat boshqaruvi siyosiy vaziyat? 3.Germaniya birinchi jahon urushigacha bo‘lagan vaqt davomida? 4.Birinchi jahon urushida Germaniya?
Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar , bavarlar , sharqiy franklar, sakslar , tyuringlar va frizlar qolgai. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9- asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138— 1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat — reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi.
15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr- zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi ( 1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740- 1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi.