Qirg‘iziston sivilizatsiyasi
MAVZU: QIRG‘I ZISTON SIVILIZATSIYASI
RE JA: 1.QADIMGI DAVRLARDA QIRG‘IZISTON SIVILIZATSIYASI? 2. 16_ ASRGACHA BO‘LGAN VAQT ICHIDA QIRG‘IZISTON SIVILIZATSIYASI? 3. 21-ASRGACHA BO‘LGAN VAQT DAVOMIDA QIRG‘IZISTON
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1 —4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi.