Qirg‘iziston Respublikasi
Qirg‘iziston Respublikasi
• Qirg'iziston Yevrosiyo materigining o'rta qismida, asosan, Tyanshan tog'li o'lkasi hudu- dida joylashgan bo'lib, Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatiga ega emas. U shimolda Qozog'iston, g'arbda O'zbekiston, janubda Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh.
• Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni ancha noqulay hisoblanadi, chunki xalqaro ahamiyatga ega transport magistrallari uning hududidan deyarli o'tmaydi. Bu holat Qirg'izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog'liqdir. • Qirg'iziston - parlamentar respublika. Ma'muriy-hududiy tuzilishi 7 ta viloyat va 2 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Bishkek va O'sh)dan iborat. Poytaxti - Bishkek shahri, mamlakatning shimolida, Chuy daryosi vodiysida joylashgan.