logo

Slavyanlar sivilizatsiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

404.08203125 KB
Slavyanlar sivilizatsiyasi
Reja: 
1.Slavyanlar haqidagi dastlabki yozma manbalar.
2. Slavyanlar qayerda yashaganligi.
3. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.                 Slavvanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan 
«slavyanlar» atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari 
haqida dastlabki ma’lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida germanlar 
bilan
bir paytda - mil. aw. II -1 asrlarda tilga olinadi.
Slavyan qabilalari VI -VII asrlarga kelib g'arbda Elba daryosidan sharqda
Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan janubda Dunay daryosiga
qadar cho'ziIgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch 
guruhga:
g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan.
G'arbiy slavyanlar: chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar.
Janubiy slavyanlar: bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar,
makedonlar va bosniyaliklar.
Sharqiy slavyanlar: ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan.                 Slavyanlar hozirgi Volga 
daryosidan Gʻarbdagi Dunay 
daryosigacha boʻlgan 
hududlarda yashab 
kelishgan hisoblanadi. 
Slavyanlar xalqi hozirgi 
paytda oʻz davlatlariga ega. 
Masalan; Rossiya, Ukraina, 
Moldava, Ruminiya, 
Bolgariya, Xorvatiya, kabilar.                 Slavyanlarning mashdulotlari. 
Slavyanlar qadimdan dehqonchilik 
bilan
shug'ullangan. Vizantiya tarixchisi 
Mavrikiymng yozishicha, dehqonlar 
boshoqli
ekinlardan ko'proq arpa va tariq 
ekkanlar. Ular yig'ilgan g'allani alohida 
omborlarda saqlaganlar. Milodiy asr 
boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi 
va hunarmandchilik bilan ham 
shug'ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, 
Dunay, Elba daryolari bo'ylarida 
yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik 
ham muhim o'rin tutgan.                 Ijtimoiy tuzum va din. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga
o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashaganlar. Yozma manbalarda
xalq yig'inlari (slavyanlar «veche»si), knyazlar, harbiy drujinalar, slavyanlarning olib borgan 
urushlari haqida ma’lumotlar uchraydi.
Vizantiya tarixchilarining yozishicha, slavyanlar erksevar, jasur, jangovar
bo'lishi bilan birgalikda tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan do'stona munosabatga shay 
qabilalar bo'lgan. Jismoniy baquwat, matonatli hisoblangan
slavyanlar janglarda dushmanga pistirma qo'yish, qo'qqisdan hujum qilish
usullarini ham qo'llaganlar.
Slavyanlarning diniy tasawurlari tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida 
bo'lgan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa
afsonaviy siymolarga e’tiqod ham saqlanib qolgan.
Slavyan davlatlarining tashkil topishi. Dastlabki slavyan davlati Bolqon
yarimorolining shimoliy qismida VII asrning oxirlarida tuzilgan Bolgariya
podsholigidir. Bulg'or (Bolgariya) podsholigiga Bolqon yarimorolida turkiyzabon bulg'orlar xoni 
Asparux (643 - 701) tomonidan asos solingan             IX asr
boshlariga kelib Bolgariya yirik davlatga aylanadi. Simeon davrida (893 -
927) u o'z qudratining cho'qqisiga erishadi. Shundan so'ng Bolgariya 
zaiflashib, X asr oxirida qo'shni Vizantiya tomonidan bosib olinadi.
Chexiya davlati. Buyuk Moraviya - hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr
oxiri - X asr boshlarida vujudga kelgan davlat. X asr boshida bu davlat
ko'chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari Chexiya
davlati tarkibiga kirgan.
Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slavyan qabilalari Vltava
daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo'ysungan (rivoyatlarga 
qaraganda, ularning qadimgi yo'lboshchisini Chex deb nomlaganlar). 
Qabila
ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar turgan. Ular
tez-tez qo'llariga qurol olib o'z yerlarini mudofaa qilishlariga to'g'ri kelgan.
Chexiya davlati X asr boshlarida tashkil topdi.                 Knyaz Vatslav (920 - 935) yoshligidan xristian 
aqidalari bo'yicha tarbiyalangan, keyinchalik bor 
kuchi bilan dinning Chexiyada yoyilishiga 
harakat qiladi. Lekin knyazning xristianlikka 
nisbatan bunday hurmat-ehtiromi
ko'pgina chexlarga xush kelmagan. Ayrim 
knyazlar fitnasi tufayli tug'ishgan
ukasi uni xoinona o'ldiradi. Tez orada Vatslavni 
chexlarning asosiy milliy avliyosi, chex 
davlatining homiysi sifatida e’zozlay 
boshlashadi.
German imperatori 1085-yili Rim papasiga qarshi 
og'ir kurashida unga
yordam bergan chex knyaziga qirol unvonini 
taqdim etadi. Chexiya qirollari
german imperatorlari hokimiyatini tan olsa-da, 
o'z mamlakatlarida deyarli
to'la mustaqil bo'lganlar.                 Slavyanlar yashagan 
hududdagi birinchi davlat 
Bolgariya hisoblanadi. U VII 
asrda tashkil topgan. 
Bolgariya davlati XI asrda 
qudratli davlatga aylanadi. 
Shuningdek bu hududlarda 
Chexiya, Polsha kabi davlatkar 
vujudga keladi.                 Polsha davlati. Gnezno yerlarida yashagan polyan slavyan qabilalari
bo'lajak Polsha davlatiga asos soladi. Keyinchalik ushbu qabilalar ittifoqi
nomida vujudga kelgan knyazlik Polsha deb atalgan. Polyan knyazlik sulolasining 
afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha, «Piast kambag‘al
kishi» bo'lgan. Lekin hujjatlarda nomi qayd etilgan piastlar sulolasining
birinchi knyazi Meshko I dir. Knyaz Meshko X asr o'rtalarida Visla daryosi
havzasida polyak qabilalarini birlashtirib, Polsha davlatiga asos soladi. U o'z
qo'shini bilan xristianlikni qabul qilgan.
Meshko I ning o'g'li Boleslav Jasur davrida polyak qabilalarini birlashtirish ishi 
tugallandi. U kuchli qo'shin bilan Moraviya va Chexiyani bosib oladi. 1018-yili esa 
Kiyevni egallaydi. Boleslav qo'shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun 
german imperatorlariga qarshi kurash olib boradi.
Uzoqqa cho'zilgan bu urushda Polsha g'olib chiqadi va o'z chegarasini kengaytirishga 
muvaffaq bo'ladi. Boleslav Jasur qirol bo'lib qoladi.                                        Foydalanilgan adabiyotlar
Jahon sivilizatsiyasi L.B. Qodirova
 “ Kyivska Starovyna” jurnali. 2001-2.
  A. G. Akopyan. Ukraina tarixi (qadim zamonlardan Birinchi jahon 
urushi boshlanishigacha). – A., 1999 yil.
  N. M. Karamzin. Rossiya hukumati tarixi. T. 1-4. – M., 2001 yil.
  O. Subtelniy. Ukraina tarixi. – K., 1994 yil.
1.   B. A. Rybakov. Tarix dunyosi. – M., 1987 yil
2. Jahon tarixidan universal qo’llanma [Matn] 5-nashr/ 
A.Sharopov. - Toshkent: Akademnashr, 2019.

Slavyanlar sivilizatsiyasi Reja: 1.Slavyanlar haqidagi dastlabki yozma manbalar. 2. Slavyanlar qayerda yashaganligi. 3. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.

Slavvanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari haqida dastlabki ma’lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida germanlar bilan bir paytda - mil. aw. II -1 asrlarda tilga olinadi. Slavyan qabilalari VI -VII asrlarga kelib g'arbda Elba daryosidan sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan janubda Dunay daryosiga qadar cho'ziIgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan. G'arbiy slavyanlar: chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar. Janubiy slavyanlar: bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar. Sharqiy slavyanlar: ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan.

Slavyanlar hozirgi Volga daryosidan Gʻarbdagi Dunay daryosigacha boʻlgan hududlarda yashab kelishgan hisoblanadi. Slavyanlar xalqi hozirgi paytda oʻz davlatlariga ega. Masalan; Rossiya, Ukraina, Moldava, Ruminiya, Bolgariya, Xorvatiya, kabilar.

Slavyanlarning mashdulotlari. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Vizantiya tarixchisi Mavrikiymng yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariq ekkanlar. Ular yig'ilgan g'allani alohida omborlarda saqlaganlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan ham shug'ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo'ylarida yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik ham muhim o'rin tutgan.

Ijtimoiy tuzum va din. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashaganlar. Yozma manbalarda xalq yig'inlari (slavyanlar «veche»si), knyazlar, harbiy drujinalar, slavyanlarning olib borgan urushlari haqida ma’lumotlar uchraydi. Vizantiya tarixchilarining yozishicha, slavyanlar erksevar, jasur, jangovar bo'lishi bilan birgalikda tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan do'stona munosabatga shay qabilalar bo'lgan. Jismoniy baquwat, matonatli hisoblangan slavyanlar janglarda dushmanga pistirma qo'yish, qo'qqisdan hujum qilish usullarini ham qo'llaganlar. Slavyanlarning diniy tasawurlari tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida bo'lgan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy siymolarga e’tiqod ham saqlanib qolgan. Slavyan davlatlarining tashkil topishi. Dastlabki slavyan davlati Bolqon yarimorolining shimoliy qismida VII asrning oxirlarida tuzilgan Bolgariya podsholigidir. Bulg'or (Bolgariya) podsholigiga Bolqon yarimorolida turkiyzabon bulg'orlar xoni Asparux (643 - 701) tomonidan asos solingan