logo

Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va tartibi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1469.2783203125 KB
Hayvonot  d unyosidan 
f oydalanish huquqi va 
tartibi Reja:
1. Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanishning 
huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari .
2. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish .
3. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari .
4. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari . Hayvonot  dunyosi  tabiatning  bir  qismi  bo‘lib,  jamiyatda,  inson  hayotida  katta 
ekologik    va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega.  Hayvonot  dunyosining  iqtisodiy 
ahamiyati  nuqtai  nazaridan  muhim  tabiiy  resurs,  oziq-ovqat  mahsulotlari, 
sanoatbop,  texnikaviy  va  dorivor  xom-ashyo  va  boshqa  boyliklar  olish  manbai 
ekanligi  ma ’ lum.  Shunday  ekan,  uni  huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish  juda 
zarur. Hayvonot ola m idagi statistikalar
• Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93%, 
suv  hayyvonlari  esa  7%  tashkil  etadi.  Umuman  olganda  yer 
yuzida  yashovchi  hayvonlar  turi  hatto  o‘simliklar  turiga 
qaraganda  to‘rt  baravar  ko‘p  bo‘lib,  taxminan  2  milliondan 
ortiqdir.  Butun  jonivorlarning  75%  hasharotlarga  to‘g‘ri  keladi. 
Umurtqalilar  35600  tur  bo‘lib,  bularning  yarmi  baliqlardir.  Sut 
emizuvchilar  esa  umurtqalilarning  0,1  qismini  tashkil  qiladi. 
Maolumotlarga  ko‘ra  keyingi  100-150  yil  mobaynida 
hayvonlarning  ko‘plab  turlari  yo‘qotilib  yuborildi.  Masalan, 
1800  yilgacha  sut emizuvchilarning  33  turi,  qushlarning  30  turi 
yo‘q  qilingan  bo‘lsa,  undan  keyingi  100  yilda  73  tur  sut 
emizuvchi,  124  qushlar  batamom  yo‘qolgan.  Keyingi  50  yilda 
hayvonot  dunyosining  undan  ham  ko‘proq  vakillari  yo‘q  qilib 
yuborilgan.  O‘zbekiston  Respublikasida  mavjud  hayvonot  dunyosini  muhofaza 
qilish  va  undan  oqilona  foydalanish  maqsadida  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul 
qilingan  «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to‘g‘risida»  gi  Qonuni  katta  ahamiyatga  ega.  Ushbu  qonun  quruqlikda, 
suvda,  atmosferada  va  tuproqda  tabiiy  erkinlik  holatida  yashaydigan 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  va  vaqtincha  turadigan 
yovvoyi  hayvonlarni,  shuningdek  ilmiy  va  tabiatni  muhofaza  qilish 
maqsadlarida  yarim  erkin  sharoitida  yoki  sun ’ iy  yaratilgan  yashash 
muhitida  boqilayotgan  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.   Hayvonot dunyosi 
obyektlari •
kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan 
organizmlar, ya ’ ni sut emizuvchilar, parrandalar, 
sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham 
suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar 
va ularning populyasiyalari
•
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy 
hayvon galalari yoki  ularning har qanday to‘dalari
•
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib 
ketish xavfi ostida  bo‘lgan turlari
•
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining 
mahsulotlari Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  sohasida  davlat  boshqaruvini  olib 
borilishi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Hayvonot 
dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
sohasida  davlat  boshqaruvi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  O‘rmon  qo‘mitasi, 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan 
ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. 
Yovvoyi  hayvonlarga  bo‘lgan  mulkchilik  huquqini 
davlat  amalga  oshiradi.  Ya ’ ni  barcha  tabiiy  holda 
yashovchi hayvonot olami davlat ixtiyoridadir.  Qonunchilikka asosan quyidagicha hayvonot 
olamidan foydalanish huquqlari
1. Ov qilish va baliq ovlash 
2. Ov qilish va baliq ovlash oboekti hisoblangan jonzotlarni tutgan maxsus deqorativ 
q ushlar 
3. Hayvonot olaminining umumiy estetik va tarbiyaviy maqsad o‘quv maskanlarida 
foydalanish. 
4. Tabiiy holda jonzotlarni foydal i  xususiyatlaridan foydalanish. Qishloq, xo‘jalik 
maqsadida foydalanish 
5. Jonzotlarning yashash faoliyati davridagi maxsulotlardan foydalanish  Hayvonot olamini muhofaza qilishda 
O‘zbekiston Respublikasining 
huquqiy olamini muhofaza qilish 
qonuniy asosda amalga oshiriladi. 
Ular quyidagicha muhofaza   qilinadi.  • 1. Hayvonot olamidan foydalanish, 
ularni ko‘paytirish, muhofaza qilish, 
qonunlarni belgilash 
•
2. Hayvonot olamida foydalanishni 
taoqiqlash va cheklashni kumash 
•
3. Qo‘riqxona va zakazniklar hamda 
maxsus muhofaza kiluvchi hududlarni tashkil 
qilish 
• 4. Hayvonot olamini muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash.  Hayvonlarni muhofaza qilishda qonunning ahamiyati
• Ov  to‘g‘risida  va  ov  qilish  va  baliq  ovlash 
xo‘jaliklarini  yuritish  to‘g‘risidagi  nizom 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadi. 
Hayvonot  dunyosi  ob ’ ektlarini  muhofaza 
qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi   
davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi 
Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 
tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda amalg a  oshiriladi.  • Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilishning 
huquqiy  chora-tadbiri  sifatida    sodir  etilgan 
huquqbuzarlik  uchun  (39-modda) 
javobgarlik  belgilanadi.  Jinoiy-huquqiy 
javobgarlik  boshqa  huquqiy  javobgarlik 
turlariga  nisbatan  ancha  og‘ir  formada, 
hayvonot  dunyosini  o‘lishiga,  qirilib 
ketishiga,  kamayib  qolishi  yoki  boshqa 
holatlarda  sodir  etilgan  ekologik 
huquqbuzarlik uchun qo‘llanilad i.  Huquqbuzarlik uchun
j avobgarlik
Sodir  etilgan  huquqbuzarlik  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi 
Jinoyat  kodeksi  202-moddasida  aniq  javobgarlik  va  jazo  chorasi 
belgilangan.  Unga  ko‘ra,  ovchilik  va  baliqchilik  yoki  hayvonot 
dunyosining  boshqa  turlarini  ushlash  qoidalarini  buzish,  noyob 
hayvonlarni  tutishning  belgilangan  tartibi  yoki  shartlarini  yoxud 
o‘simliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekarativ) 
turlaririni  yig‘ish  yoki  tayyorlash,  shuningdek  maxsus 
qo‘riqlanadigan  tabiiy  hududlardagi  hayvonot  va  o‘simlik 
olamidan  foydalanish  tartibini  buzish  ancha  miqdorda  zarar 
yetkazilishiga  sabab  bo‘lsa  eng  kam  oylik  ish  haqining  50-
baravarigacha  miqdorda  yoki  ikki  yilgacha  ahloq  tuzatish  ishlari 
yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.  Foydalaniladigan adabiyotlar:
1 .    ХолмЎминов Ж . Т . « Экология ва қонун ».  Т. Адолат 2000 й.
2.   Хайитбоев Э.Р. Экология ҳуқуқи. Ўқув қЎлланма. Т. ЎзМУ 2001 й. 7 бет.
3.   Хайитбоев Э.Р. Экология ҳуқуқи. Ўқув қЎлланма. Т. ЎзМУ 2001 й. 10 бет.
4.   И.А.Каримов «Ўзбекистон 21 аср бсауғасида». Т. Ўзбекистон 1997 й.
5.   И.А.Каримов Ўзбекистон 21 асрга интилмоқда. Т. Ўзбекистон 1999 й.
6.   И.А.Каримов «Ўзбекистон 21 аср бЎсағасида». Т. Ўзбекистон 1997 й.
7.   Мирзаев Т. «Ўзбекистонда эколгик муаммолар ва прокурорлик назорати». Т. 
қатортол-    K амолот 1999 й.
8.   ЎзРнинг «Табиатни муҳофаза қилиш тЎғрисидаги  қонун». Т. Адолат 1998 й. 7-сон.
9.   Хайитбоев Э.Р. Экология ҳуқуқи. Ўқув қЎлланма. Т. ЎзМУ 2001 й. 28 бет.
10.   «Экологик экспертиза тЎғрисидаги»  ЎзР қонуни «Халқ сЎзи» газетаси 2000 й. 7 
июн сони. E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT

Hayvonot d unyosidan f oydalanish huquqi va tartibi

Reja: 1. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari . 2. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish . 3. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari . 4. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari .

Hayvonot dunyosi tabiatning bir qismi bo‘lib, jamiyatda, inson hayotida katta ekologik va iqtisodiy ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom-ashyo va boshqa boyliklar olish manbai ekanligi ma ’ lum. Shunday ekan, uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarur.

Hayvonot ola m idagi statistikalar • Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93%, suv hayyvonlari esa 7% tashkil etadi. Umuman olganda yer yuzida yashovchi hayvonlar turi hatto o‘simliklar turiga qaraganda to‘rt baravar ko‘p bo‘lib, taxminan 2 milliondan ortiqdir. Butun jonivorlarning 75% hasharotlarga to‘g‘ri keladi. Umurtqalilar 35600 tur bo‘lib, bularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 qismini tashkil qiladi. Maolumotlarga ko‘ra keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko‘plab turlari yo‘qotilib yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo‘q qilingan bo‘lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tur sut emizuvchi, 124 qushlar batamom yo‘qolgan. Keyingi 50 yilda hayvonot dunyosining undan ham ko‘proq vakillari yo‘q qilib yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasida mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» gi Qonuni katta ahamiyatga ega. Ushbu qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy va vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy va tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitida yoki sun ’ iy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.