ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari
MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKANING KATEGORIYALARI VA MEXANIZMLARI
Reja: 1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari 2. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 3. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. İjtimoiy pedagogikaning mexanizmlari
H ar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tiz i mi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`li q ravishda o`zgaradi. H ar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi.
Pedagogika kategoreyalar Ta’lim O’qish Tarbiya Pedagogik faoliyat Ijtimoiy pedagogik kategoriyalar Ijtimoiy ta’lim O’qishning ijtimoiy jihatlar Ijtimoiy tarbiya Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.