Ilk o’rta asrlarda Choch va Toxariston boshqaruvi
Mavzu: Ilk o’rta asrlarda Choch va Toxariston boshqaruvi. Reja: 1. Ilk o’rta asrlarda Choch davlati va undagi hayot. 2.Ilk o’rta asrlarda Toxariston boshqaruvi.
Toshkentning uzoq o‘tmishi va u qad ko‘targan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda juda xilma-xil tarzda uchraydi. Toshkent haqidagi dastlabki ma’lumotlar mil.avv.II asr milodning IV asrlariga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoy manbalarida Toshkent viloyati qadimda Yuni, Chjesi va Shi deb nomlangan. Toshkentning qadimgi nomlaridan biri «Choch» bo‘lgan. Keyinchalik Toshkent arablar tasarrufiga o‘tgach, arab alifbosida «ch» xarfining yo‘qligi bois, arabiy asarlarda u «Shosh» deb yuritilgan 1. Chunki, arab alifbosida «ch» xarfining yo‘qligi bois, u «sh» bo‘lib o‘qiladi. Ilk o‘rta asrlarda Toshkent «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash –Shosh», «Binkat» va «Tarkan» nomlari bilan yuritilgan. Shoshtepa arxeologik yodgorlik bo‘lib, baland qal’adan iborat shahar harobasidir. (mil.avv.VI asr –milodiy XVI asr). Mazkur yodgorlik Jo‘n kanali bo‘yida (Chochtepa ko‘chasi) joylashgan. Bu manzilgoh yarim yerto‘la tipidagi turar joylardan iborat.
ilk o‘rta asrlarda Choch markazi ibodatxonalar (dehqonchilik ma’budasi, otashparastlik, ajdodlarga sig‘inish) markazi ham saqlanib qolgan . (Chilonzor Oqtepasi, Yunusobod Oqtepasi). Qazishmalar natijasi shuni ko‘rsatdiki, dafn marosimlari zardushtiylik (otashparastlik – ilk o‘rta asrlarda, ayniqsa, Xorazm va Sug‘dda ko‘p tarqalgan) rusumi buyicha amalga oshirilgan. Bu yerda parranda suyaklari odam qiyofasi aks ettirilgan rasmlar (devoriy suratlar), naqshlar bilan bezatilgan ostadonlarning suyakdonlar topilishi fikrimizni isbotlaydi
Yana bu yerda milodning I-II asrlariga mansub suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil’) topildi. 15sm li bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli kilib, ikkinchi o‘chirg‘ich tomonidan esa ilon boshiga o‘hshash qiyshiq ko‘p burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan4. Shoshtepadagi arxeologik obidalar: shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli, me’moriy kompleks, hunarmandchilik buyumlari, xat-savoddan dalolat beruvchi topilmalar milod bo‘sag‘asida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini olganligini ko‘rsatadi .
Choch O‘rta Osiyodagi yirik dehqonchilik vohasi (Chirchiq va Ohangaron daryolari havzasi) va ko‘chmanchi chorvadorlarning hududlari kesishgan o‘ziga xos madaniyatga ega mintaqa hisoblanadi. Choch haqidagi ilk yozma ma’lumotlar Qang‘ davlati va undan mustaqil davlatlar ajralib chiqishi davriga to‘g‘ri keladi. Choch (c’c) atamasi dastlab II – III asr birinchi yarmiga oid Chimkent yaqinidagi Kultepa shahri xarobasidan topilgan pishgan g‘ishtga so‘g‘diy yozuvda va 262 yilga oid Sosoniy podshosi Shopur I ning «Kabayi Zardusht» bitigida uchraydi. Unda Choch mulki So‘g‘d va Chochiston tog‘lari qadarligi ta’kidlanadi. Uraldagi Kechevo qishlog‘idan topilgan III-IV asrlarga oid idishda ham so‘g‘diy yozuvda “Choch xalqiga tegishli….buyumlardan” deb bitilgan. Yodgorlik esa Chochdan bo‘lgan xioniy hukmdoriga taalluqlidir. Sosoniy hukmdori Xurmuzd IV boshqaruvining 6-yili (584-585 yillar)ga oid kumush drahmalarida, VI- VIII asrlarga mansub Turk xoqonligi davri voha hukmdorlarining turk- so‘g‘d namunasidagi tangalarida hamda Qanha shahri xarobasidan topilgan sopol idishdagi turk runiy bitigida ham Choch atamasi uchraydi.