logo

Indoneziya, Malayziya, Singapur davlatlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20464.356445312 KB
Indoneziy a, Malay ziy a, Singapur 
dav lat lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   INDONEZIYA 
 
Maydoni – 1919,4 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 265 mln.
  Poytaxti – Jakarta                   Janubi-sharqiy Osiyo, orol mamlakat, qulay  
                 Iqtisodiy geografik o‘rin, seysmik faollik, 
                 ekvatorial iqlim, yangi industrial mamlakatlar.  Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoda, Tinch va Hind okeanlari 
orasida joylashgan bir necha ming orollardan iborat davlat. 
Jahondagi orol mamla katlaridan eng yirigi hisoblanadi. 
Indoneziyada	
 gi eng katta orollar – Yangi Gvineya (g‘arbiy qismi), 
Kalimantan (markaziy va janubiy qis	
 mi), Sumatra, Yava hamda 
Sulavesi.
Yangi Gvineya
Kalimantan
Sumatra
Yava
Sulavesi2
53
4 1  Aholisining 60 % ga yaqini Yava orolida yashaydi. Bu orol 
sayyoramizdagi aholi eng zich joylashgan hu dudlardan biri 
hisoblanadi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri ham Yavada 
joylashgan.
Yava oroli    Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi ikki okean (Tinch va Hind) 
va ikki qit’a (Osiyo hamda Avstraliya va Okeaniya) orasida 
joylashganligi bilan belgilanadi.   Boshqaruv shakli prezidentlik respublikasi. Siyosiy-ma’muriy 
jihatdan 34 provinsiyaga bo‘linadi.
Prezident Joko VidodoPrezident qarorgohi  - Merdeka saroyi  Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Indoneziya hududi «Tinch 
okean olovli halqasi»ning 
bir qismi bo‘lib, unga tog‘li 
relyef va yuqori seysmiklik 
xos.  Indoneziyada 150 taga 
yaqin harakatda gi 
vulqonlar bor, ulardan eng 
yiriklari Bro	
 mo, Krakatau, 
Selak, Tamboro 
hisoblanadi.    Indoneziya neft, gaz, ko‘mir, qalayi, temir, marganes, nikel va 
boshqa foydali qazilma larga boy. 
neft va gaz ko‘mir
temir marganets qalayi
nikel        Iqlimi, asosan, ekvatorial, yil bo‘yi issiq va nam, yil fasllari 
orasidagi tafovutlar deyar li sezilmaydi. Sernam iqlim va tog‘li 
relyef tufayli Indoneziya suv va gidroenergetika re	
 surslari bilan 
yaxshi ta’minlangan. Shuning	
 dek, Indoneziya jahonning o‘rmon 
resursla	
 riga eng boy davlatlaridan biri hisoblanadi.   Aholisi. 
Indoneziya aholi soni bo‘yicha 
dunyoda Xitoy, Hindiston va 
AQSHdan keyingi 4-o‘rinni 
egallaydi. Indo neziya 
aholisining yarmidan ko‘prog‘i 
shaharlarda istiqomat qiladi. 
Mam	
 lakatda 10 tadan ziyod 
«millioner» shahar mavjud, 
eng yirigi – Jakartada 10 mln. 
kishi istiqomat qiladi.    Indoneziyada 300 taga yaqin millat va elatlar yashaydi. Mamlakat 
aho lisining 40 % idan ko‘prog‘ini yavaliklar tashkil etadi (72-
rasm). Asosiy dini – islom dini bo‘lib, Indoneziya musulmonlar 
soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turadi.   Iqtisodiyoti. 
Indoneziya YIM 
hajmi bo‘yicha 
jahonning 10 ta 
pesh qadam 
davlat qatoriga 
kiradi. 
Pul birligi - Rupiya    Sanoatning yetakchi tarmoqlari – yoqilg‘i (ko‘mirni 
qazib olish bo‘yicha jahonda 5-o‘rin, tabiiy gazni qazib 
olish bo‘yicha 10-o‘rin), kimyo, oziq-ovqat,   yengil, avtomobilsozlik, o‘rmon, metallurgiya (qalayini 
qazib olish bo‘yicha jahonda 1-o‘rin).   Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga sholi, 
makkajo‘xori, kokos palmasi, tabiiy kauchuk, 
tabiiy kauchuksholi
kokos palmasi makkajo‘xori      choy, kofe, shakarqamish, kakao, tamaki, turli ziravorlar 
kiradi. 
Tabiiy kauchukchoy
ziravorlarkofe
shakarqamish       Indoneziya ko‘p ekinlarning yalpi hosili bo‘yicha jahon da yetakchi 
o‘rinlarni egallaydi.  Baliq ovlash bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda 
turadi.   MALAYZIYA
 
Maydoni – 329,7 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 32,5 mln.
  Poytaxti – Kuala-Lumpur Malayziya hududi Janubiy Xitoy dengizi bilan bir-biridan ajralib 
tur gan ikkita qismdan iborat. Bitta qismi Malakka yarimorolining 
janubini egallasa, ikkinchisi Kalimantan orolining shimo	
 liy 
qismida joylashgan. Malayziyaning yarimorol qismi yonidan Hind 
va Tinch okeanlarini tutash	
 tiruvchi dengiz yo‘llari o‘tadi
Malakka  yarim oroli
1
2 Kalimantan oroli
Hind okeani
Tnch okeani3
4          Boshqaruv shakli – konstitutsion monarxiya. Malayziya 13 ta 
shtat va 3 ta federal hududni birlashtiruvchi federativ davlat. 9 ta 
shtati mahal liy monarxlar tomonidan boshqariladi hamda har 5 
yilda ular o‘z oralaridan bir hukmdorni davlat rahbari – qirol 
lavozimiga saylaydi. 
Bosh vazir – 
Ismoil Sabri 
YoqubMalayziya 
sultoni – 
Abdulloh IIMalayziya parlamenti    Tabiiy sharoiti va resurslari. . 
Malayziya relyefining 
xususiyatlariga ko‘ra tog‘li 
mamlakat. Asosiy foydali 
qazilmalari neft, qalayi, 
volfram, boksit, oltin, mis 
hisoblanadi. Neft, asosan, 
mamlakatning orol 
qismidagi dengiz 
sayozligidan qazib olinadi.    Iqlimi ekvatorial, yil davomida issiq va seryog‘in. Bunday iqlim 
tufayli Malayziyada sersuv daryolar ko‘p. Suv toshqinlari 
mamlakat aholisiga katta zarar yetkazadi.   Mamlakat hududining salkam 60 % ini o‘simlik va hayvonot olami 
juda boy bo‘lgan ekvatorial o‘rmonlar qoplaydi (73-rasm).   Aholisi. 
Malayziya aholisi 
tabiiy va migratsion 
ko‘payish hisobiga tez 
o‘smoqda. 
Urbanizatsiya darajasi 
75 %, eng yirik shahar 
– mamlakat poytaxti 
Kuala-Lumpur.    Mamlakat aholisi hududiy jihatdan juda notekis joylashgan. 
Hududi ning 40 % ini egallagan yarimorol qismida mamlakat 
aholisining 80 % i istiqomat qiladi. Ayniqsa dengizbo‘yi 
hududlarida aholi zich darajada joy	
 lashgan. Mamlakat ichki 
qismidagi tog‘li hududlarda aholi ancha siyrak joylashgan.   Malayziyadagi eng yirik millat mamlakat aholisidagi ulushi 50 % 
dan ziyod bo‘lgan malaylardir. Shuningdek, Malayziyada xi 
toyliklar, hindlar, Kalimantan orolining tub elatlari vakillari ham 
ancha ko‘p.   Keng tarqalgan din – islom, mamlakat konstitutsiyasiga 
binoan, davlat dini ma qomiga ega.   Ammo Malayziyada buddizm, induizm, xristianlik dinlari 
ham ma’lum da rajada uchraydi.
induizm xristianlik 
buddizm     Iqtisodiyoti. 
Malayziya 
iqtisodiyoti yuqori 
sur’atlar bilan 
o‘sayotgan yangi 
industrial 
mamlakatlardan biri. 
Pul birligi - Ringgit    Malayziya sanoati, asosan, ko‘ptarmoqli mashinasozlikka 
ixtisoslashgan (elektronika, maishiy tex nika, avtomobil ishlab 
chiqarish). Shu bilan birga, neft, neft-kimyo va metallurgiya 
sanoatlari ham yaxshi rivojlangan. 
elektronika
neft maishiy tex	
 nika avtomobil
neft-kimyo  metallurgiya        Qishloq xo‘jaligi sholi, tabiiy kauchuk, moyli palma, kokos 
palmasi, banan, tamaki, murch va boshqa ekinlarni yetishtirishga 
ixtisoslashgan
sholi
tabiiy kauchuk moyli palma
kokos palmasi banan murch        Malayziyaning tabiati va boy tarixiy-madaniy merosi mamlakatda 
tu rizmni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. So‘nggi yillarda 
Malayziya xorijiy sayyohlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahonning 
yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda.   SINGAPUR
 
Maydoni – 0,7 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 5,8 mln.
  Poytaxti – Singapur Singapur Janubi-sharqiy Osiyoda, Malakka yarimorolining janubiy 
chekkasidan tor bo‘g‘iz bilan ajralib turgan kichik orollarda 
joylashgan. Singapur Osiyo va butun jahondagi eng kichik 
davlatlardan biri bo‘lib, to‘liq ravishda bitta shahardan iborat. 
Singapur serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi uning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun juda katta ahami yatga ega.   Boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Davlatning 
siyosiy boshqaruv tizimida asosiy rolni bosh vazir o‘ynaydi. 
Prezident Halima 
Yoqub Bosh vazir  Li Syan 
LunSingapur parlamenti  Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Singapurning relyefi 
pasttekislik ko‘rinishiga ega 
bo‘lib, mamlakatning eng 
baland nuqtasi dengiz sat 
hidan bor-yo‘g‘i 166 
metrda joylashgan. 
Singapur hech qanday 
foydali qazilmalariga ega 
emas.    Singapur ekvator chizig‘iga juda yaqin joylashgan va uning iqlimi 
tipik ekvatorial xarakterga ega. Iyul va yanvar oylarining o‘rtacha 
haroratlari 2 o
C ga farq qiladi, xolos.    Aholisi. 
Singapur aholi zichligi 
bo‘yicha dunyoda 
Monakodan keyingi 2-
o‘rinda turadi. Singapur 
butunligicha bitta shahardan 
iborat bo‘lganligi uchun 
urbanizatsiya darajasi 100 % 
teng. Singapur Osiyoning 
aholi tabiiy ko‘payishi eng 
past bo‘lgan davlatlardan 
biridir va aholisi, asosan, 
tashqi migratsiya hisobiga 
o‘smoqda.    Singapur aholisining 75 % dan ortig‘ini xitoyliklar tashkil qiladi. 
Malaylarning ulushi 15 % atrofida, hindlarga esa aholining 8 % i 
to‘gri keladi. Rasmiy tillari – ingliz, xitoy, malay, tamil. Eng ko‘p 
tarqalgan dinlar bud dizm va konfutsiylik.   Iqtisodiyoti.  
Nisbatan qisqa tarixiy davr 
ichida Singapur jahondagi 
texnologik va iqtisodiy 
jihatdan peshqadam 
davlatlardan biriga aylandi. 
Hozirgi bosqichda Singapur 
aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan YIM miq dori 
bo‘yicha jahon mamlakatlari 
ichida eng yuqori 
ko‘rsatkichlardan bi	
 riga ega. 
Pul birligi - Dollar    Sanoatning elektronika, elektrotexnika, kemasozlik, neftni qayta 
ishlash, kimyo, farmasevtika tarmoqlari yaxshi rivojlangan va 
eksportga yo‘naltirilgan. Sanoat uchun xomashyo resurslari 
qo‘shni davlatlardan im port qilinadi. Axborot texnologiyalari va 
biotexnologiya sohalarida ham Singapur katta yutuqlarga 
erishgan. 
elektronika
elektrotexnika kemasozlik
neftni qayta ishlash kimyo
farmasevtika         Xalqaro transport va bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish, turizm 
sohalari ham Singapur uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Singapur shahri dunyodagi eng yirik port shaharlardan biri 
hisoblanadi (74-rasm). 
TurizmXalqaro transport
Moliya
Singapur porti      © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019

Indoneziy a, Malay ziy a, Singapur dav lat lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

INDONEZIYA Maydoni – 1919,4 ming km². Aholisi (2018-y) – 265 mln. Poytaxti – Jakarta

Janubi-sharqiy Osiyo, orol mamlakat, qulay Iqtisodiy geografik o‘rin, seysmik faollik, ekvatorial iqlim, yangi industrial mamlakatlar.

Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoda, Tinch va Hind okeanlari orasida joylashgan bir necha ming orollardan iborat davlat. Jahondagi orol mamla katlaridan eng yirigi hisoblanadi. Indoneziyada gi eng katta orollar – Yangi Gvineya (g‘arbiy qismi), Kalimantan (markaziy va janubiy qis mi), Sumatra, Yava hamda Sulavesi. Yangi Gvineya Kalimantan Sumatra Yava Sulavesi2 53 4 1

Aholisining 60 % ga yaqini Yava orolida yashaydi. Bu orol sayyoramizdagi aholi eng zich joylashgan hu dudlardan biri hisoblanadi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri ham Yavada joylashgan. Yava oroli