Islomiy madaniyat va milliy falsafiy tafakkur
MAVZU: I slomiy madaniyat va milliy falsafiy tafakkur REJA: 1.Falsafiy tafakkur tushunchasi 2.O’tgan asrlardagi O’zbekistondagi ijtimoiy- falsafiy tafakkur 3.Milliy falsafiy tafakkurning rivojlanishi
Falsafa, falsafiy tafakkur to'g'risida so‘z ketganda uning ikki jihatini e’tiborga olmoq kerak. Falsafa, bir tomondan, o‘z mohiyatini anglab, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy munosabatlar ichida yashayotgan, ma’lum bilimlarni o'rganib, ulardan hayotiy yo‘llanma bo'ladigan yangi umumiy xulosalar qilishga intilayotgan barcha sog‘lom fikrli kishilarga x o s bo‘ l gan tafakkur salohiyatidir. Inson hayot saboqlarini anglab, olgan bilimlari, orttirgan tajribasi yakunlarini muayyan e’tiqod, manfaatlar, qadriyatlarga tayanib qilgan xulosalari ham falsafiy umumlashmalar hisoblanadi. Bu o‘rinda 0 ‘rta asrda yashagan buyuk arab faylasufi A . Kindiyning quyidagi fikrlari ustida to‘xtab o'tmoq joizdir. Bir kuni shogirdlari A . Kindiydan, ustoz, ba’zi odamlar falsafa kerak emas deydilar, ularga qanday javob berish kerak, deb so'ragan ekanlar. A . Kindiy ularga, kimki falsafa kerak emas desa, unga, nima uchun kerak emas, deb savol beringlar. E.Yusupov “Falsafa” O’quv qo’llanma Toshkent-2005
Falsafiy tafakkurning jamiyat hayoti muammolari tahlili uchun ahamiyatli ,bo‘lgan tomonlaridan biri — e’tiqodiy bag‘rikenglikdir. Falsafa — tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir.
Falsafiy tafakkur muttasil haqiqatni izlash, jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni, fan yutuqlari natijasida qo‘lga kiritilgan yangiliklarni mutlaqlashtirmaslikdir. Faylasuflar jamiyat hayotidagi har bir tartibot tizimiga, ijti moiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning shakllariga, ilmiy kashfiyotlarga ,,Bu nima uchun shunday?“, „Bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin emasmi?“, degan savollar asosida yondashadi. Jamiyat hayoti va taraqqiyotida, fanlar sohasida bunday savollar qo'yilmagan zamonlar bo‘lmagan. Bu savollarga javob insoniyat taraqqiyotining yangi yo‘llari, shakllari, imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Zero, ularga javob topishga qaratilgan amaliy jarayonlar jamiyat, fan-texnika taraqqiyoti, inson ma’naviy kamolotining asosiy sabablaridandir. Faylasuflarning mustaqil, ijodiy fikrlashlari, ya’ni fikr erkinligi ham bu fanning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytiradigan sabablardandir. E.Yusupov “Falsafa” O’quv qo’llanma Toshkent-2005
Inson falsafiy tafakkur orqali o'z mohiyatini, borliqdagi o'rnini biladi, avlodlar qoldirgan meros, o'z davrining amaliy, ilmiy yutuqlarini umumlashtirib,olamni bir-biri bilan bog'langan, taraqqiyotda bo'Igan jarayon sifatida anglaydi, istiqbol rejalarini belgilaydi. Falsafa - tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir. Falsafa insoniyat tarixida amalga oshirilgan boy tajribani yaxlit o'rganib, umumlashtirib, ularning ijobiy, salbiy jihatlarini tahlil etib, kelajakni oldindan ko'rishga imkon beradigan, kishilarning yangi sharoitlardagi faoliyatiga asos bo'ladigan umumiy xulosalar tizimini yuzaga keltiradi. Falsafada o'tmish tahliliga katta e’t a bor berilsa ham, asosiy maqsad jamiyatning, insonning istiqboli bilan bog'liq bo'Igan muammola rn i o'rganishdir. www.ziyouz.com kutubxonasi