logo

Tafakkur

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3696.9208984375 KB
MAVZU: TAFAKKUR
                     Reja:
1.Tafakkur haqida tushuncha.
2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi.
3.Tafakkur shakli va turlari.
4.Tafakkur sifatlari.    •
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; 
obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. 
Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni 
bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga 
oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, 
tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks 
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, 
voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi 
boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan 
aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va 
tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. 
Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin 
bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki 
hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va 
munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz 2) TAFAKKURNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSI
•
Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, 
jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biologiya.)ning 
tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur 
voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish 
vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, 
shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga 
(koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, 
ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq 
qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da 
odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham Tafakkur 
yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini 
oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat 
qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan 
iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson 
tomonidan idrok kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. 
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar Tafakkurning 
mahsuli hisoblanadi  
  Agar  hayot  va  amaliyot  davomida  odam 
yangi  maqsad,  yangi  muammo,  yangicha 
ahvol  va  yangi  faoliyat  sharoitlari  paydo 
bo`lsa,  odamda  dastlab  tafakkur  qilishga 
zaruriyat  tug`iladi.  Tafakkur  yangilikni 
izlash va ochish demakdir.
     Oddiy  eski  usullar  bilan  vazifa  hal 
qilinganda  tafakkur  talab  qilinmaydi. 
Masalan,  2Q2q4  muammoli  vaziyat  bilan 
masalani  farq  qilish  zarur.  Muammoli 
vaziyatning  odamlar  faoliyati  davomida 
kutilmagan,  qandaydir  tushunib 
bo`lmaydigan  narsaga,  noma`lum 
tashvishli  narsalarga  duch  kelib  qoladi. 
Muammoli  vaziyatni  tahlil  qilish  natijasida 
masala  paydo  bo`ladi  va  tarkib  topadi. 
Masalani  yuzaga  kelish  muammosi 
vaziyatdan  farq  qilib,  garchi  oldindan 
bo`lsa  ham  mazkur  (ma`lum)  va  noma`lum 
qidiralayotgan  narsani  taxminan 
bo`laklarga  bo`lish  masalaning  shartida 
ifodalanadi.  Masalan,  o`quv  masalasida 
uning  asosiy  sharti  hamda  talablar 
(savollar) mavjud bo`ladi.  Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan 
alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi. Bosh 
miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki 
butun bosh miya po`stining faoliyati mana shu 
jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati 
uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari o`rtasida 
vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim 
ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya 
po`stidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan 
holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan 
chambarchas bog`lanib ketganligi sababli mazkur 
bog`lanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi 
signal tizimida muvaqqat bog`lanishlar vujudga kelishi, 
yuqorida aytib o`tilganidek, tafakkurning maxsus nerv 
-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal 
tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi 
bog`lanishlarga tayanadi. 3)TAFAKKUR SHAKLI VA TURLARI 
•
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – 
abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, 
namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, 
sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning 
mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini 
o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni 
to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash 
layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy 
qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega 
bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson 
narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-
qarshiliklarini anglab etadi. Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida 
yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, 
mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. 
Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning 
umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga 
qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega 
ekanligimizni ta'kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob'ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda 
tutamiz.    •
Tafakkurning alohida muhim 
o‘ziga xos xususiyati – bu 
uning nutq bilan uzluksiz 
aloqasi. Tafakkur va nutqning 
bunday aloqasi, avvalambor, 
fikrlarning, hatto, nutq tovush 
shakliga ega bo‘lmagan holat, 
masalan, kar-soqov odamlarda 
ham nutq shakliga 
mujassamlashtirilishida o‘z 
ifodasini topadi. Biz doimo 
so‘zlar orqali fikr yuritamiz. 4)TAFAKKUR SIFATLARI •
Ayrim  kishilarning  tafakkuri  o'zining  mazmundorligi,  chuqurligi  va 
kengligi  jihatidan,  mustaqilligi,  samaraliligi  va  tezligi  jihatidan  turli  hol 
larda  turlicha  namoyon  bo’ladi.  Bular  tafakkurning  sifatini  tashkil 
qiluchi belgilardir.
Tafakkurning  mazmundorligi,  avvalo,  u  yoki  bu  narsalar  yoki  hodisa	
 lar 
to’g’risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to’g’risidagi muhokamalar va 
tushunchalar  odamning  ongida  qanchalik  o’rin  olganligidan  kelib  chiqa	
 
di.  Odamda  fikr  nechog’li  ko`p  bo’lsa  va  bu  fikrlar  nechog’li  xilma-xil 
bo'lsa,  uning  tafakkuri  shu  qadar  mazmunli  bo'ladi,  uning  aqli  shu 
qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning mazmundorligi mavjud fikrlarning 
miq	
 dori  bilangina  belgilanmaydi,  tafakkurning  mazmundorligi  shu 
fikrlarda
nimalar  aks  ettirilganligi  bilan  ham  belgilanadi.  Shu  sababli  tafakkur 
faqat  boy  bo’lgailidagina  emas,  shu  bilan  birga,  u  ham  chuqur 
bo'lganida, bunday tafakkur mazmundor tafakkur deb hisoblanadi.  •
Aqlning tanqidjyligi o'zining-yoki o’zgalarning fikrlarini haqiqatga 
mos bo'lish-bo'lmaslik jihatidan tekshira bilishda va shu fikrlarga 
baho bera bilishda ifodalanadi. Aqlning tanqidiyligi aytilgan 
fikrlarning tur mush uchun amaliy qiymatini aniqlay bilishda ham 
ifodalanadi. Aqlining «tarnqidiyligi» odamning o`z fikrlariga va 
o'zganing fikrlariga tanqidiy nazar bilan qarashi demakdir.Fikrlash 
vazifalari boshqa kishilar tomonidan qo’yilganidagina va qo'yilgan 
vazifalar faqat tayyor shakllarga asoslanib va boshqa kishilar	
 ning 
bevosita yordami bilan hal qilinayotganiqagina ozmi-ko'qmi faol 
ravishda ishga solingan tafakkur nomustaqil 
tafakkurdir.Tafakkurning mustaqilligilli uning boshqa kishilarning 
tafakkuridan to'la ravishda mustaqil va ajralgan tafakkur tariqasida 
tushunish yaramay	
 di, albatta. Tafakkurning mustaqilligi haqiqatga 
olib kelganidagina, odam o'zining fikrlash faoliyatida ilmiy 
asoslarga, progressiv tashabbuslarning hammasiga 
tayangandagina bunday mustaqillik qimmatga ega bo'ladi.  •
Asosiy adabiyotlar
•
1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O`qituvchi»-1992y
•
2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 2002 y
•
3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-2002 y
•
4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-2002 y
•
5. Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva-
•
     1996
•
6. Golfrua J «Chto takoe psixologiya T-1 M-1992.
•
7. Klimov.Ye.A «Osnov psixologii» Uchebnik Moskva-1997y
•
8. Psixologiya Pod Red A.N.Krlova 
•
9. Nemov.R.S. «Psixologiya» KN-1 Moskva-1998 y
•
10 .A.I.SHcherbakov. «Umumiy psixologiyadan amaliy mashgulotlar Toshkent 
•
     «O`qituvchi» 1984 y
•
11. Andreeva.G.M. «Sotsialnaya psixologiya» Uchebnik M-1998 y
•
12. Rubinshteyn.S.L. «Osnov obshey psixologii» M-1998 y.
•
www.ziyonet.uz  Etiboringiz uchun raxmat

MAVZU: TAFAKKUR Reja: 1.Tafakkur haqida tushuncha. 2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi. 3.Tafakkur shakli va turlari. 4.Tafakkur sifatlari.

• Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz