Tafakkur tarzi tushunchasi
Tafakkur tarzi tushunchasi.
PART-01 PART-02 PART-03 REJA: Tafakkur tarzi tushunchasi . Tafakkur tarzi xususida asosiy yondashuvlar. Tafakkur tarzi va tafakkur inersiyasi.
PART 0 1Tafakkur - arabcha so ’z bo’lib, o’zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so’zlarining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o’rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo’lgan munosabatini aniqlab olish zarur. Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi.
Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli / tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud . Hukm, mulohaza - predmetga ma ’ lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish - tafakkurning mantiqiy shakli bo ’ lib , voqea likni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo ’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Bilish - voqea likning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog’liq bo’lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan narsalarni tushunib yetishga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o’z oldilariga ma’lum bir maqsadni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo’nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.