Mustaqillik yillarida tarixiy tafakkur tarzi muammolari
MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIXIY TAFAKKUR TARZI MUAMMOLARI
Reja : Tarixiy tafakkur tarzi tushunchasi Mustaqillik yillarida shakllanayotgan tarixiy tafakkur tarzining muhim konseptual jihatlari Istiqlol va yangicha falsafiy tafakkur tarzini shakllantirish
T arixiy tafakkur tarzi – kishilar ongida o’tmish voqealarini anglash orqali shakllanadi. I lmiy bilishda tarixiy yondashuv va tafakkur tarzi salmoqli o’nini egallaydi. tarixiy yondashuv va tafakkur tarzi uzoq an’anaga ega bo’lgan ma’naviy zaminga asoslanadi. B u zamin-xalqni tarixiy ongidir. xalqni tarixiy ongi turli rivoyatlarda qismlarda mujassamlangan .
Ilmiy bilish pog’onasida o’tmishni o’rganish narsa va xodisalarning sababiy bog’lanishlarini talqin qilish qoida kuchini oladi, shu asosda tarixiylik yondashuvi vujudga keladi. Jamiyat va inson tadqiqot qilishda tarixiylikni mohiyati va ahamiyatini Ibn Xaldun Viko, Volter, Gerder, Russo, Gegel, Markslar chuqur anglaganlar .
- Tarixiylik voqelikni tug’ilish, o’sish va taraqqiyot natijasi deb tushunishdir. Tarixiylik yondashuvi orqali biz predmet yoki tizimlarni vujudga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, yangi xislat va sifatlar qachon va qanday shakllanganligini bilish imkoniyatiga ega bo’lamiz .Tarixiy tafakkur tarziga xarakatchanl i tarixiy usul (yoki yondashuv) bag’ishlaydi Tarixiy usul va tafakkur tarzini subyektiv asosini, agar jamiyat va inson taraqqiyotini o’rganish xaqida gap ketsa, o’z ezgu va maksadlarini amalga oshirmoqchi bo’lgan inson va ijtimoiy uyushmalar faoliyati tarixiy tushunishga xarakat qilish yotadi Tafakkur tarzi sifatida tarixiylik tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirayotgan obyektlarga nisbatan tushunish va talqin qilish uchun umumiy yo’nalish beradi . - Tarixiy usul – taraqqiy etayotgan obyektni vujudga kelishi, usishi va yuksalishi (hamda tanazudga uchrashish) bosqichlarini xodisalar jarayoni va qonuniy o’zgarish sifatida olib qarash imkoniyatini beradigan vositalar, g’oyalar, tushunchalar va tamoyillar majmuasidir .