Mustaqillik yillarida Samarqand shahri tarixiy yodgorliklarining restavratsiya qilinishi
Mustaqillik yillarida Samarqand shahri tarixiy yodgorliklarining restavratsiya qilinishi
Ilk bor Samarqandga tashrif buyurganlarning, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudrat ingan mahobatidan his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori- atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda. E’tiboringizga sayohat qilishingiz lozim bo‘lgan o‘nta muqaddas qadamjolar haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz. 1. Registon maydoni Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
2 . Go‘ri-A mir maqbarasi Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim- tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi.
3. Bibixonim jome masjidi Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish.
4. A f rosiy ob shaharchasi Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir- birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin