logo

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston respublikasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

533.947265625 KB
Mavzu:  M ustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston 
respublikasi
Reja
1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi
2.  Qoraqalpog‘iston  respublikasining  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
taraqqiyoti.
3.Qoraqalpog‘iston  respublikasida  xalq  ta’limi,  fan  va 
madaniyat
4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti                   
                          1924-yilda  Qozog‘iston ASSR  tarkibida  Qoraqalpog‘iston  Muxtor  (Avtonom) 
viloyati  tashkil  qilindi. Viloyat  volostlarga  bo‘linadigan To‘rtko‘l,  Chimboy,  Xo‘jayli  va 
Qo‘ng‘irot  okruglaridan  iborat  edi.
1925-yil  12—19-fevralda  To‘rtko‘l  shahrida  Muxtor  viloyat  Sho‘rolarning  1-Ta’sis 
qurultoyi  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  Qoraqalpog‘iston  Muxtor  viloyatining  Qozog‘iston  ASSR 
tarkibiga «o‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.

Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e’tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil 
etilgan  paytda  viloyat  hududidagi  aholining  38,5  foizini  qoraqalpoqlar,  28,7  foizini 
o‘zbeklar,  28,6  foizini  qozoqlar  va  bor  yo‘g‘i  1  foizga  yaqinini  (shahar  aholisidan 
tashqari)  ruslar  tashkil  etgan.  Oradan  8  yil  o‘tar-o‘tmas  Qoraqalpog‘iston  Muxtor 
viloyatini  yana  «O‘z  ixtiyoriga  ko‘ra»  Qozog‘iston  tarkibidan  olib  RSFSR  tarkibidagi 
Qoraqalpog‘iston  Muxtor  Sho‘ro  Sotsialistik  Respublikasi  (QQASSR)ga  aylantirish» 
zarurati  tug‘ildi.  Bu  qo‘lbola  zaruriyat  Qoraqalpog‘iston  viloyati  Ijroiya  Qo‘mitasining 
1932-yil  5-martdagi  navbatdan  tashqari  bo‘lib  o‘tgan  IV  plenumida  quyidagicha 
asoslandi:  «Qoraqalpog‘istonning  Moskva  va  sanoat  Markazlaridan  uzoqligini,  madaniy 
va  iqtisodiy  jihatdan  qoloqligini,  yanada  rivojlanishi  istiqbollarini...  hisobga  olib, 
Butunittifoq  Markaziy  Ijroiya  Qo‘mitasi  Prezidumidan  Qorqalpog‘iston  Muxtor 
viloyatini  RSFSRga  kiradigan  Muxtor  Sho‘ro  Sotsialistik  Respublikasiga  aylantirish 
so‘ralsin».                   
Ammo  oradan  yana  bor-yo‘g‘i  4  yil  o‘tar-o‘tmas  Qoraqalpog‘iston  Muxtor  Sho‘ro 
Sotsialistik  Respublikasini  RSFSR  tarkibidan  O‘zbekiston  Sho‘ro  Sotsialistik 
Respublikasiga  «oshirish  ehtiyoji»  paydo  bo‘ldi.  Bu  «ehtiyoj»  uchun  RSFSR  bilan 
QQASSR  o‘rtasida  umumiy  chegaralar  yo‘qligi  «asos»  bo‘ldi.  1936-yil  may  oyida 
tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida QQASSRni  RSFSR  tarkibidan
  chiqarib , O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko‘zda tutilgan edi.

Butunittifoq  Sho‘rolarining  1936-yil  5-dekabrda  bo‘lib  o‘tgan  favqulodda  VIII 
qurultoyida  SSSRning  yangi  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  Mazkur  Konstitutsiya 
asosida  tayyorlanib  1937-yil  12-fevralda  tasdiqlangan  O‘zbekiston  SSR 
Konstitutsiyasida  QQASSRning  O‘zbekiston  Sho‘ro  Sotsialistik  Respublikasi  tarkibiga 
kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.

Qoraqalpog‘iston  xalqlari  qariyb  70  yildan  beri  O‘zbekiston  xalqlari  bilan  ijtimoiy-
siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bo‘lib yashab 
kelmoqdalar.

Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi.                                       
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi 
tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya 
qabul qilindi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  71-moddasida  belgilab  qo‘yilganidek, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘z  Konstitutsiyasiga  ega  bo‘lmog‘i  kerak.  Ana  shu 
huquqiy  asosga  ko‘ra  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  o‘zining  o‘n 
ikkinchi  sessiyasida  (1993-yil  9-aprelda)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
Konstitutsiyasini qabul qildi.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga  hech  qanday  monelik  qilmaydi,  aksincha,  uni  bosh  huquqiy  asos 
sifatida  biladi  va  Qoraqalpog‘iston  hududida  to‘la  amal  qilishini  ta’minlaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  Qoraqalpog‘istonning  butun  hududida  majburiy 
ekanligi e’tirof etilgan.

Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana 
shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u 
suveren davlatning barcha ramzlariga ega.                   
1992-yil  14-dekabrda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  o‘n  birinchi 
sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

1993-yil  9-aprelda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  o‘n  ikkinchi 
sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.

1993-yil  4-dekabrda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  o‘n  to‘rtinchi 
sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  asosan  1994-yil  25-dekabrda  Oliy 
Kengashning  75  deputatdan  iborat  yangi  tarkibi  muqobillik  asosida  saylandi. 
Respublika  parlamenti  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qarg‘i  Kengesi  deb  ataldi. 
Jo‘qarg‘i  Kengesning  1995-yil  11-yanvarda  Nukus  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  birinchi 
chaqiriq  birinchi  sessiyasida  Jo‘qorg‘i  Kenges  Raisi,  uning  o‘rinbosarlari,  mandat 
komissiyasi,  8  ta  qo‘mita  raislari  va  uning  a’zolari  saylandi.  Ayni  paytda,  deputatlar 
qo‘mitalar  raislari  rahbarligida  Qoraqalpog‘iston  qonunchilik  tizimini  yaratishda  faol 
ishtirok etmoqdalar.

Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini 
shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‘qorg‘i Kenges 
Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo‘qarg‘i 
Kenges Raisi, Rais o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo‘mitalar raislari kiradi.                                      
Respublikaning  Ustyurt-Orolbo‘yi  mintaqasi  yirik  neftgaz  hududlarining  (Kaspiybo‘yi, 
To‘qay  va  Amudaryo  tekisligi)  qo‘shilgan  joyida  joylashgan  bo‘lib,  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  eng  katta  neftgaz  maydoni  (90  ming  kv.  km  dan  ziyod)  bo‘lib 
hisoblanadi.

Mustaqillik  yillarida  mazkur  hududda  7  ta  gaz  va  gaz  kondensati  koni  ochildi.  Bu 
konlarda  aniqlangan  umumiy  gaz  zaxirasi  100,1  milliard  metr  kub,  gaz  kondensati 
zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi.

1995-yilda  Qo‘ng‘irotdagi  37,4  milliard  metr  kub  gaz  va  739  ming  tonna  gaz 
kondensati  zaxirasiga  ega  bo‘lgan  «Urga»  koni  foydalanishga  topshirildi.  2003-yilga 
kelib  mazkur  kondan  bir  kunda  3,2  million  metr  kub  gaz,  24  tonna  gaz  kondensati 
qazib  olinmoqda.  2002-yilning  noyabr  oyidan  boshlab  «Sharq  Berdaq»  koni 
foydalanishga  topshirildi.  Mazkur  kon  bir  kunda  3,0  million  metr  kub  gaz  va  16  tonna 
gaz kondensatini qazib olish quvvatiga ega.

2002-yili Ustyurt-Orolbo‘yi hududida joylashgan konlardan 1,2 milliard metr kubdan 
ortiq gaz va 10,4 ming tonna gaz kondensati qazib olindi.                   
Mustaqillik  yillarida  respublikada  aholi  punktlarini  gazlashtirish  bo‘yicha  bir  qator 
ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi.  2000-2003-yillar  mobaynida  98  aholi  punktlariga  tabiiy 
gaz yetkazib berildi.

1993-yilda  respublikada  59  foiz  aholi  gaz,  52  foiz  aholi  toza  ichimlik  suvi  bilan 
ta’minlangan bo‘lsa, 2003-yilga kelib esa aholini gaz bilan ta’minlash 91,7 foizni, toza 
ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  esa  66,2  foizni  tashkil  etdi.
Mustaqillik  yillarida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  xalq  xo‘jaligining  qurilish 
sohasida  ham  muayyan  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  aholining 
infratuzilma  inshootlari  bo‘yicha  keyingi  12  yil  ichida  97  ta  qishloq  shifokorlik 
shahobchalari,  90  o‘rinli  shifoxona,  11900  o‘quvchiga  mo‘ljallangan  maktab  binolari, 
7,5  ming  kv.  m  turar  joy,  2  ming  km  gaz  tarmoqlari,  1,4  ming  km  suv  tarmoqlari 
foydalanishga  topshirildi.  Natijada  respublikada  390  ta  qishloq  aholi  punktlari  toza 
ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta’minlandi.

«Qoraqalpoqqurilish»  aksionerlik  jamiyatida  Italiya  firmalarining  yuqori  sifatli 
jihozlari  bilan  jihozlangan,  yiliga  60  ming  kvadrat  metr  marmar  bloklari  va  plitalari 
ishlab  chiqaradigan  yangi  marmar  sexi  ochildi.  «Nukusun»  zavodida  esa  spirt  ishlab 
chiqaradigan yangi sex qurildi.

Yengil  sanoat  ishlab  chiqarishining  bazasi  kengaya  bordi.  1993-yilda  Nukus  shahrida 
«Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli 
xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.                                       
Istiqlol  yillarida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  sog‘liqni  saqlash  tizimida  ham 
muayyan  o‘zgarishlar  amalga  oshirildi.  Bu  borada  eng  avvalo  aholi  sog‘lig‘ini 
muhofaza  qilish  va  mustahkamlash  uchun  tegishli  moddiy  texnik  baza  yaratish  hamda 
malakali  mutaxassis  kadrlar  tayyorlashga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Bugungi  kunda 
o‘lkada  bu  sohada  1432  ta  malakali  shifokor,  3640  ta  o‘rta  tibbiyot  xodimlari  aholi 
sog‘ligi  yo‘lida  faoliyat  ko‘rsatishmoqda.  O‘tgan  yillar  mobaynida  respublika 
shifoxonalari  va  poliklinikalarini  zamonaviy  tibbiy-apparaturalar  bilan  ta’minlash 
bo‘yicha  alohida  yutuqlarga  erishildi.  1999-yili Yaponiya  granti  bo‘yicha  respublikaga 
bir nechta xorijiy tibbiyot asbob-uskunalari keltirib o‘rnatildi.

Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi — onalar o‘limi soni kamaydi. 
O‘lkada «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy 
Dastur» hamda «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi» ishlab chiqilgan 
bo‘lib, mazkur Dasturlar bo‘yicha mamlakatda ayollar va bolalar salomatligiga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Respublika shoshilinch tibbiyot tez yordam markazi hamda 
Respublika akusherlik va genekologiya ilmiy tadqiqot institutining Nukus filiali tashkil 
etilib, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, 
kasalliklarning oldini olish, bemorlarni sog‘lomlashtirish borasida ham ijobiy 
natijalarga erishildi.                   
Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san’ati, 
mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an’analari olamga mashhurdir.

Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga 
ega  bo‘ldi.  Adolat  va  tenglik,  ozodlik  va  erk  uchun  kurashgan  Yernazar  Olako‘z, 
Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq 
farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.

Bugungi  kunda  Ibroyim  Yusupov,  To‘lepbergen  Qaibergenov,  Tilovbergen 
Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma’naviy 
xazinasidan munosib joy oldi.

Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta 
hissa qo‘shdilar.

Mustaqillik  yillarida  Qoraqalpog‘iston  madaniy  hayotida  ham  jiddiy  o‘zgarishlar 
haqida  gap  ketganda ,  avvalo  xalq  ta’limi  tizimida  yuz  bergan  o‘zgarishlarni  ta’kidlash 
o‘rinli.  Bugungi  kunda  respublika  xalq  ta’limi  tizimi  milliy  uyg‘onish,  ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda.                   Qoraqalpoq xalq qahramonlari:
1   Ibroyim Yusupov,   2 Ollayor Do‘stnazarov                     
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘sh turgan va kam quvvat bilan ishlayotgan bino va 
maydonlar  xatlovdan  o‘tkazilgani  to‘g‘risidagi  ma’lumot  asosida  yangi  korxonalarni 
ishga  tushirish  ko‘zda  tutilmoqda.  Shuningdek,  loyihalarda  kam  ta’minlangan  oilalarni 
ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar o‘rin olgan.

Davlatimiz  rahbari  Chimboy  tumani  faollari,  ziyolilar  bilan  uchrashdi.  Uchrashuvda 
bugun  dunyoda  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlar,  aholini  qiynayotgan  muammolar,  ta’lim, 
tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat  Mirziyoyev  Taxiatosh  tumaniga  tashrif  buyurdi.Bu  yerda  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasini  kompleks  rivojlantirish  bo‘yicha  2017-yilda  amalga  oshirilgan  ishlar 
haqida  ma’lumot  berildi.  Prezidentimizning  avvalgi  tashrifidan  so‘ng  2  ming  112 
loyiha  amalga  oshirildi.  Sanoat,  qishloq  xo‘jaligi  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalaridagi 
ushbu  loyihalar  natijasida  eksportbop  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yildi,  11 
mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2018-2019-yillarda komleks rivojlantirish dasturi 
doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga 
tashabbuskor korxonalar va tijorat banklari mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar 
yo‘naltiriladi.                   ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Mavzu: M ustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston respublikasi Reja 1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi 2. Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti. 3.Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat 4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti

 1924-yilda Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo‘linadigan To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglaridan iborat edi. 1925-yil 12—19-fevralda To‘rtko‘l shahrida Muxtor viloyat Sho‘rolarning 1-Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatining Qozog‘iston ASSR tarkibiga «o‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.  Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e’tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o‘zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo‘g‘i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan. Oradan 8 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatini yana «O‘z ixtiyoriga ko‘ra» Qozog‘iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug‘ildi. Bu qo‘lbola zaruriyat Qoraqalpog‘iston viloyati Ijroiya Qo‘mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog‘istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidumidan Qorqalpog‘iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so‘ralsin».

 Ammo oradan yana bor-yo‘g‘i 4 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo‘ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o‘rtasida umumiy chegaralar yo‘qligi «asos» bo‘ldi. 1936-yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib , O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko‘zda tutilgan edi.  Butunittifoq Sho‘rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo‘lib o‘tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.  Qoraqalpog‘iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O‘zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy- siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bo‘lib yashab kelmoqdalar.  Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi.

 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi.  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan.  Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.