mustaqillik yillarida buxoro amirligini o’rganish tarixi
MAVZU:MUSTAQILLIK Y ILLA RIDA BUX ORO A MIRLIGIN I O’RGA N ISH TA RIX I Bajardi:Olimjonov Bekmuhammad Tekshirdi:Yakubov Akmal
• Oʻrta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega boʻlgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga koʻra, XVIII asrning oʻrtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari oʻz tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Vagʻoza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qololgan edilar. Xoʻjand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa Gʻuzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek Amudaryoning oʻng sohilidagi Balx, Andxay, Maymana, Badaxshon va Shibirgʻonlar ham Buxoroga vassal boʻlishiga qaramay unga itoat etmay qoʻyganlar.Siyosiy parokandalikning asosiy sababi – soʻnggi ashtarxoniylar davridagi oʻzaro kurashlar, markazdan qochuvchi kuchlar mavqeining oʻsishi edi.
• XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yaʼni mangʻitlar sulolasi hukmronligi oʻrnatilgach, Buxoro amirligi yana asta-sekin mustahkamlana boshlaydi. Shu asrning 70-80 yillariga kelib Buxoro amirligining markaziy hududini Samarqand va Buxoro shaharlarini oʻz ichiga olgan Zarafshon vohasi tashkil qilar edi. XIX asrning boshlariga kelib Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalaridan tashqari Surxon vohasi, Hisor, Xoʻjand, Oʻratepa, Panjikent kabi aholi zich joylashgan tumanlar, Janubiy Turkmanistonning katta qismi, jumladan Chorjoʻydan to Murgʻob daryosigacha boʻlgan hududlar kirar edi. Bu davrda Buxoro amirligi hududlarining kengayishiga asosiy sabab – mangʻitlar sulolasining markazlashgan davlat barpo etishga intilishi edi. XIX asr boshlarida Buxoro amirligi bir tomondan Eron va Afgʻoniston,ikkinchi tomondan Xiva xonligi, uchinchi tomondan qozoq juzlari va toʻrtinchi tomondan Qoʻqon xonligi hududlari bilan chegaradosh edi.
Ma lumotlarga ko ra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ʼ ʻ ikkinchi yarmidan boshlab tez ko paya boshlaydi. XIX asrning ʻ boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50- yillariga kelib taxminan 2,5mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqand shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan. Amirlik aholisining katta qismini o zbeklar tashkil qilgan ʻ bo lib, juda ko plab o zbek urug lari vakillari amirlikning ʻ ʻ ʻ ʻ deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, ʻ Hisor, Qorategin, Ko lob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog ʻ ʻ bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar. Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bo lgan ʻ Amudaryoning ikki qirg og ida joylashgan yerlarda, ya ni, ʻ ʻ ʼ amirlikning janubiy va g arbiy hududlarida istiqomat qilishgan. ʻ Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan bo lib,ular asosan Qarshi va Sherobod bekliklarida ʻ yashaganlar.
Buxoro amirligida asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta ahamiyatga ega bo lgan bo lsa-da, ko pgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning kundalik ehtiyoj uchun ʻ ʻ ʻ zarur sohalari rivojlangan edi. Butun o rta asrlarda mavjud bo lganidek, amirlik davrida ham ʻ ʻ hunarmandlar uyushmalari (kasaba, sexga ega bo lganlar). Uning tashkil topishi mahsulot ishlab ʻ chiqarish ustidan nazorat o rnatishga,mahsulot ishlab chiqarish huquqini saqlash ʻ va raqobatbardoshlikka intilish bilan bog liq edi. Amirlikdagi hunarmandchilikning barcha ʻ sohalarida bunday uyushmalar mavjud bo lib, uni saylab qo yiladigan shaxs-rais yoki oqsoqol ʻ ʻ boshqargan. Hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilashda, turli soliq va to lovlar yig imida, usta va shogird munosabatlarida, xo jalik ishlarini yuritishda uyushma ʻ ʻ ʻ raisining xizmati katta bo lgan. ʻ Ilgarigi davrlarda bo lganidek, amirlikning hunarmandchiligi sohasida ʻ to qimachilik ʻ uning asosiy tarmog i hisoblangan. Ushbu tarmoqning rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan soha ʻ uchun mahalliy xom ashyo manbalari – paxta, jun, ipak yetarli darajada bo lgan bo lsa, ʻ ʻ ikkinchidan, ichki va tashqi bozorda, kundalik hayotda to qimachilik mahsulotlariga talab katta ʻ edi. Amirlikda ayniqsa bo z, chit,olacha ko p miqdorda tayyorlangan. Qarshi, Hissor, Baljuvon, ʻ ʻ Dehnov, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va ularning atroflarida ipak matolar tayyorlashga alohida e tibor qaratilgan. Boshqa shahar va qishloqlarda ham ip yigirish, mato to qish, tayyor ʼ ʻ kiyim tikish, gilam to qish va boshqa to qimachilik sohalari ancha rivojlangan. Manbalar ʻ ʻ ma lumotlariga ko ra, Buxoroning zarbof to nlari, Shahrisabzning iroqi do ppilari, Termizning ʼ ʻ ʻ ʻ harir matolari, Samarqand va Boysun hunarmandlarining ipak matolari amirlikdan tashqarida ham juda mashhur bo lgan ʻ Amirlik hunarmandchiligidagi muhim tarmoqlardan yana biri bu – kulolchilik edi. Xo jalik ʻ taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo lgan kulolchilik amirlikning deyarli barcha hududlarida ʻ rivojlangan edi.