Ismoil Gaspirali hayoti va faoliyati
Ismoil Gaspirali hayoti va faoliyati
RE J A: 1. Ismoil Gaspiralining hayot yo`li; 2. Badiiy ijod va noshirlik faoliyati; 3. Jadidchilik harakati.
Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy, Gaspiralik) — qrim-tatar millatiga mansub ziyoli qatlam vakili, pedagog , noshir, yirik siyosiy va jamoat arbobi . U jadidchilik va panturkizmning asoschilaridan biri deb ham hisoblanadi. Erta bolaligida uning tarbiyasi va o qishi bilan onasi shug ullangan, keyin otasi uni boshlang ich maktabga ʻ ʻ ʻ (mektebe) bergan. Keyingi yillarda Simferopol davlat erkaklar gimnaziyasida , shundan so ng, otasining talabi bilan Ismoil ʻ Voronej harbiy bilim yurtining kursanti bo ldi va birozdan keyin ʻ ikkinchi Moskva harbiy gimnaziyasiga tahsil olgani o tdi. ʻ Ammo yigit harbiy ishlarga mutlaqo qiziqmasdi. Shu sababli, u o z hayotini ona ʻ xalqiga xizmat qilishga bag ishlashga qaror qilib, harbiy gimnaziyani tark etdi. ʻ
Ismoil Gaspirali, Hasanbey Zardabi va Alimardanbey Topchubashov
Ismoil Gaspirali Moskvadan yana Simferopolga qaytib keldi, erkaklar gimnaziyasida imtihondan o tdi va endi boshlang ich maktab o quvchilariga ʻ ʻ ʻ rus tilidan dars berish huquqiga ega bo ldi. Bu yerda u ʻ boshlang ich ʻ maktab o qit ʻ uvchisi bo ldi. ʻ Avvaliga Ismoil hayotdan ham, ijoddan ham mamnun edi, unga quyosh ostida o z ʻ o rnini topgandek tuyuldi. Yigit ishtiyoq bilan ishga kirishdi, lekin bu uzoq emas, ya ni ʻ ʼ 1871-yilda Parijga ketguniga qadar davom etdi. 1871-yilda u Fransiyaga jo nab ketdi ʻ va u yerda Sorbonnada (Parij universiteti) tahsil oldi. Bu yerda Ismoil Gaspirali bir muddat ikki nashr — "Moskva yangiliklari " va "Rossiya xabarnomasi"ning muharriri M.Katkov bilan birga yashadi. Xuddi shu davrda u rus yozuvchisi Ivan Turgenev bilan uchrashdi, u bilan yaqindan tanishdi.