logo

Jadidlarning tarixiy qarashlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

597.11328125 KB
REJA :
•
  Jadidchilik harakatining kelib 
chiqishi va rivojlanishi.
•
Jadidlarning islohiy qarashlari.
•
XII   Asrning so'nggi choragida 
dastlabki yangi usul 
maktablari ochilishi.
•
Jadidchilik harakati 
marifatparvarlikdan  boshlanadi ,Jadidlarning tarixiy qarashlari Fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni 
istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik 
ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, 
ularning bosib o’tgan kurash yo’lini o’rganish zarur.
I. A. Karimov Chor  Rossiyasi  tomonidan  zabt  etilgan  Turkiston  mustamlakachilik 
zulmining  yorqin  namunasiga  aylandi.  Mahalliy  xalq  turmush  sharoitining 
yomonlashib  borishi,  milliy-diniy  qadriyatlarning  oyoq  osti  qilinishi,  chet  el 
sarmoyasining  o'lkaga  shiddat  bilan  kirib  kelishi,  o'lka  boyliklarining 
bosqinchilar  tomonidan  shafqatsizlarcha  talanishi  ilg'or  fikrli  ziyolilarni 
befarq  qoldirmadi.  Shu  bois  milliy  vatanparvar  ziyolilar  tomonidan 
mustamlaka asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo'llari 
izlandi.  Ushbu  harakatlar  natijasida  vodiyda  ham  XIX  asr  oxirlariga  kelib 
jadidchilik  harakati  kelib  chiqdi.  Turkistondagi  bu  harakat    XIX  asr 
oxirlaridan  1938  yillargacha  ma'rifatparvarlik  harakatidan  keng  ko'lamli 
ijtimoiy-siyosiy  harakat  darajasiga  ko'tarildi.  Ushbu  vaqt  oralig'ida  butun 
Turkistonda  bo'lgani  kabi,  vodiydagi  ziyolilar  qatlami  orasida  ham  turli 
guruhlarga  ajralish  jarayonlari  tezlashdi.  Fikr  va  qarashlarning  turlicha 
bo'lishiga  qaramay,  o'lka  ziyolilarini  yagona  Turkiston  mustaqilligi    g'oyasi 
birlashtirib turar edi.    XX  asr  boshlariga  kelib  jahon  miqyosida  sodir  bo'layotgan  inqilobiy 
o'zgarishlardan  xavfsiragan  mustamlakachilar  o'lka  xalqlari  ustidan  siyosiy 
nazoratni  yanada  kuchaytirdilar.  Buning  sababi,  Rossiya  musulmonlari 
orasida  pirovard  maqsadi  milliy  mustaqillik  bo'lgan  jadidchilik  harakatining 
keng  yoyilishi,  Turkiya,  Eron  inqiloblari,  ilg'or  yo'nalishdagi  nashr  va 
adabiyotlarning  bu  yerlarga  kirib  kelishi  natijasida  XX  asr  boshlariga  kelib 
mahalliy  aholi,  xususan  ziyolilarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligining  birmuncha 
oshishi edi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1908 yilning boshlarida 
Markaziy  Osiyoda  bo'lgan  fransuz  mayori  Lyakosta  Turkistonda  o'z  milliy 
dasturiga  ega  bo'lgan  yosh  sartlar  partiyasi  borligi  haqida  ma'lumotlar 
beradi.  Mayor  Lyakosta,  fransuz  mustamlakalar  vazirligi  tomonidan  ushbu 
hududlarni    o'rganish  uchun  maxsus  vazifa  bilan  yuborilgan  edi.  Bu 
haqidagi  ma'lumotlar  fransuz  matbuotida  e'lon  qilingach,  Turkistondagi 
podsho  amaldorlari  ham  yosh  sartlar  masalasidan  tashvishga  tushib 
qoladilar. Aholi  turmush  darajasining  tushib  borishi,  shariat  me'yorlarining  buzilishi, 
milliy  va  diniy  qadriyatlarning  oyoq  osti  qilinishi,  jinoyatlar  sonining  ortib 
borishi,  mahalliy  aholining  mavjud  tuzumga  nisbatan  nafratini  yanada 
oshirar  edi.  Shu  bois  turli  ijtimoiy  tabaqalar  mustamlaka  zulmidan  xalos 
bo'lishning har xil yo'llarini izlardilar.
Mahfiy  polisiya  xizmatchisi  «Tureskiy»ning  1913  yil  3  sentabrda  bergan 
ma'lumotlariga  ko'ra,  shu  davrda  Buxoroda  musulmonlarning  «Ittihod» 
jamiyati  mavjud  bo'lib,  bu  tashkilotning  asosiy  maqsadi,  musulmonlarni   
g'ayridinlar  qo'l  ostidan  ozod  qilish  bo'lgan.  Tashkilot  1913  yilda  Mulla 
Qamar  ismli  mudarris  tomonidan  tashkil  etilgan.  Jamiyatning  Buxoro 
atroflarida,  Samarqand,  Kattaqo'rg'on,  Qo'qon  va  O'sh  shaharlarida  ham 
a'zolari  bo'lgan.  U  yerlarda  ular  siyosiy-diniy  tashviqot  ishlarini  olib 
borganlar. Qo'qon  shahrida  esa  uning  bosh  targ'ibotchisi  shaharning  Sarmozor 
qismida  yashovchi  qozi  Mulla  Mahmud  bo'lgan.  O'sh  shahrida  esa, 
Eshonxon va Mulla Xolmirzalar ushbu jamiyat a'zolari bo'lishgan.
Podsho  hukumati  aholi  faolligining  oshib  borayotganligidan  cho'chib, 
Turkiston xalqlarini jahon taraqqiyotidan uzib qo'yish maqsadida musulmon 
davlatlaridan  o'lkaga  kirib  kelayotgan  ilg'or  nashrlarni  ta'qiqlash  choralarini 
ko'rdi.  Shunday  bo'lishiga  qaramay,  birmuncha  taraqqiyotga  erishgan 
musulmon  mamlakatlaridagi  inqilobiy  voqealar  tafsilotlariga  bag'ishlangan 
adabiyotlarning  bu  yerga  kirib  kelishi  to'xtamadi.  Bunday  adabiyotlarning 
o'lkaga  kirib  kelishi  aholi  turli  tabaqalarining  ijtimoiy-siyosiy  faolligini 
oshishi  va  milliy  ozodlik    g'oyalarining  shakllanishiga  o'zining  sezilarli 
ta'sirini ko'rsatdi. Masalan, 1911-1912 yillarda Turk publisisti Rafiqbek Al-A'zam tomonidan yozilgan 
risola o'zbek tiliga o'girilib, jadidlar tomonidan omma orasida tarqatilgan edi. Unda 
musulmon  dinining    g'arbda  paydo  bo'lgan  sosializm,  anarxizm  va  boshqa 
ta'limotlarga, umuman, ijtimoiy hayotga munosabati haqida fikr yuritilgan edi.
O'lkada  milliy  matbuot  yuzaga  kelgunga  qadar  Bog'chasaroyda  chiquvchi 
«Tarjumon»,  Qozondan  chiqadigan  «Vaqt»,  «Yulduz»  va  boshqa  gazeta  va 
jurnallar  Turkiston  jadidlari  faoliyatida  o'zining  sezilarli  ta'siriga  ega  edi.  Ushbu 
nashrlar orqali taraqqiyparvarlar dunyo xalqlarining milliy uyg'onish  g'oyalari bilan 
tanishib  borganlar.  Masalan,  Farg'onaning  peshqadam  taraqqiyparvarlaridan 
Ishoqxon  Ibrat  ham  1883-1885  yillarda  Qo'qonning  Tunqator  madrasasida  ta'lim 
olib  yurgan  paytlarida  «Tarjumon»  gazetasi  bilan  muntazam  ravishda  tanishib 
borgan.  Adabiyotchi  olim  U.  Dolimovning  bergan  ma'lumotlariga  ko'ra,  Ibrat 
tomonidan  tashkil  etilgan  «Ishoqiya»  kutubxonasida  «Tarjumon»  gazetasining 
hatto 1884 yilgi boylamlari ham bo'lgan.   Xulosa  qilib  aytganda,  o'lkadagi  ijtimoiy  adolatsizlik,  yerlilarni  jaholat  botqog'ida, 
qashshoqlikda  qoldirishni  o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'ygan  chorizmning 
mustamlakachilik  siyosati  mahalliy  xalq  ilg'or  fikrli  ziyolilarining  tabiiy  ravishda 
noroziligini keltirib chiqarar edi.Xulosa  qilib  aytganda,  o'lkadagi  ijtimoiy  adolatsizlik,  yerlilarni  jaholat  botqog'ida, 
qashshoqlikda  qoldirishni  o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'ygan  chorizmning 
mustamlakachilik  siyosati  mahalliy  xalq  ilg'or  fikrli  ziyolilarining  tabiiy  ravishda 
noroziligini keltirib chiqarar edi.Xulosa  qilib  aytganda,  o'lkadagi  ijtimoiy  adolatsizlik,  yerlilarni  jaholat  botqog'ida, 
qashshoqlikda  qoldirishni  o'z  oldiga  maqsad  qilib  qo'ygan  chorizmning 
mustamlakachilik  siyosati  mahalliy  xalq  ilg'or  fikrli  ziyolilarining  tabiiy  ravishda 
noroziligini keltirib chiqarar edi.
Shuningdek,  ilg'or  ma'rifatparvar  Sattorxon  Abdug'afforov  ham  o'zining  bu 
sohadagi  fikrlarini  «Turkiston  viloyatining  gaziti»  da  quyidagicha  ifodalagan  edi: 
«...Bizlar,  tavorix  kitoblaridin  ko'ramizkim,  har  bir  xalq  o'zlariga  yaqin 
hamsoyalarining  har  nav'  ilmlarini  har  vaqt  o'rganib  va  ham  o'zlariga  yaqin 
mamlakat  xalqiga  o'rgatib  kelganlar...bizlarga  uyat  va  aybdurkim,  bizlarning 
burung'i  olimlarimiz  ilm  bobida  baland  darajada  turub,  hatto  boshqalarg'a  ta'lim 
berib turgon bo'lsalar, bizlar hama xalqdin ul bobda pastlik maqomida qolsoq».
Ilm taraqqiyotning negizi  ekanligini  anglab yetgan  ilg'or ziyolilar 
avvalo  qoloqlikdan  qutilishning  asosiy  sharti  deb,  ma'rifatni 
tanladilar.  Shu  maqsad  yo'lida  XIX  asrning  so'nggi  choragida 
dastlabki yangi usul maktablari ochildi. Farg'ona  o'quv  yurtlari  inspektorining  Turkiston  o'quv  yurtlari  Bosh  inspektoriga 
1909  yil  6  dekabrda  yo'llagan  yangi  usul  maktabi  haqidagi  ma'lumotnomasida 
ko'rsatilishicha,  vodiydagi  dastlabki  yangi  usul  maktabi  Qo'qon  uyezdida 
Ahmadjon qori tomonidan 1892 yilda ochilgan.
Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandala ridan Ishoqxon Ibrat ham 
Qo'qonda  madrasani  tamomlagach,  1886  yilda  To'raqo'r  g'onda  maktab  ochadi 
lekin  u  tez  orada  yopiladi.  Shundan  so'ng  Ibrat  1887  yildan  1895  yilgacha  Osiyo 
va Yevropaning ko'plab mamlakatlarida bo'ladi. o'ndan ortiq chet tillarini o'rganadi,  
g'arb  ilm-fani  va  texnikasi  yutuqlari  bilan  tanishadi.  Safardan  qaytgach  esa  o'z 
yurti taraqqiyoti uchun izchil amaliyotga kirishib, jadidchilik harakatining faollaridan 
biriga aylanadi.
Jadidlarning  harakati  tufayli  XX  asr  boshlariga  kelib  vodiyda 
o'nlab  yangi  usul  maktablari  faoliyat  ko'rsatmoqda  edi.  Ayniqsa, 
Rus-Yapon  urushidagi  mag'lubiyatdan  so'ng  boshlangan  ijtimoiy 
siyosiy  harakatlardagi  jonlanish  turkistonlik  jadidlar  faolligining 
oshuviga katta turtki bo'ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar 
ta'sirida siyosiy tus ola boshladi.  Taraqqiyparvarlar  omma  orasida  ma'rifatni  keng  yoyish,  millatning  siyosiy  ongini 
yuksaltirish  borasida  ommaviy  nashrlar,  bosmaxonalar  ochdilar,  teatr 
tomoshalarini  tashkil  etdilar.  Bu  borada  Munavvar  qori  Abdurashidxon  o'g'li, 
Mahmudxo'ja  Behbudiy,  Abdulla  Avloniy,  Sadriddin  Ayniy,  Fayzulla  Xo'jayev, 
Toshpo'latbek  Norbo'tabekov, Abdurauf  Fitrat  va  boshqalarning  xizmatlari  beqiyos 
bo'ldi.
Turkiston  o'lkasidagi  dastlabki  taraqqiyparvar  jamiyatlar,  tadqiq  etilgan  manbalar 
bergan ma'lumotlarga ko'ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so'ng, Eron va 
Turkiyadagi  ijtimoiy-siyosiy  harakatlar  ta'sirida  vujudga  kelgan.  Osiyo 
mamlakatlaridagi  inqilobiy  harakatlar,  musulmon  dunyosidagi,  xususan, 
Turkistondagi  ijtimoiy-siyosiy  va  diniy  fikrlarning  taraqqiyotida  muhim  bosqich 
bo'lib xizmat qildi. 
1904-1905  yillardagi  Rus-yapon  urushida  Rossiyaning 
mag'lubiyati imperiyadagi barcha ezilgan xalqlar oldida mustabid 
podsho  tuzumi  obro'sini  keskin  tushishiga  olib  keldi.  Bu  esa 
siyosiy  fikrlar  rivojiga  turtki  berib,  milliy  ozodlikka  erishish 
orzularini  ushalishiga  ishonch  uy  g'otdi.  Sharqdagi  inqiloblar  va 
o'lkaga  u  yerlardan  kirib  kelgan  turli  xil    g'oyaviy  oqimlar  bu 
yerlardagi  muxolif  kuchlarning  birlashishi,  milliy-siyosiy 
tashkilotlar  holiga  kelishi  va  rivojlanishi  uchun  muhim  omil  bo'lib 
xizmat qildi. Umumiy  diniy  va  milliy  maqsadlar  yo'lidagi  mushtaraklik  Rossiyaning  ilg'or 
musulmon  ziyolilarini  yagona    g'oya  tevaragida  jipslashishga  chorladi.  Va  nihoyat, 
1905  yilning  15  avgustida  Nijniy  Novgorodda  Rossiya  musul mon	 larining  I  s'yezdi 
chaqirildi.  S'yezdga  Rossiyaning  turli  minta	
 qalaridan  150  ga  yaqin  delegatlar 
tashrif  buyurdilar.  Birinchi  musulmon  s'yezdi  Butunrossiya  musulmonlari  ittifoqi 
(«Ittifoqi  muslimin»)ni  tuzilganligini  e'lon  qildi.  Ittifoq  Nizomi  esa,  «Kaspiy»  va 
«Hayot»  gazetalarining  muharriri  bo'lgan  Alimardonbek  To'pchiboshev  tomonidan 
ishlab  chiqilgan  bo'lib,  1906  yil  yanvar  oyida  Sankt-Peterburg  shahrida  bo'lib 
o'tgan musulmonlarning II s'yezdida tasdiqlandi.
«Ittifoq» dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo'lib o'tgan 
Butunrossiya  musulmonlarining  III  s'yezdida  qabul  qilindi.  «Ittifoqi  muslimin»ning 
tuzilishi Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida katta ahamiyatga 
ega bo'ldi. Birinchi  jahon  urushi  yillarida  o'lka  ziyolilari  ijtimoiy-siyosiy  hayotga  faol 
aralasha  boshladilar.  Xuddi  shu  davrda  Turkistonda  ham  milliy  nashrlar  va 
jamiyatlar soni ortib borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy 
taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlana boshladi.
1916  yil  Qo'qon  shahrida  taraqqiyparvarlar  tomonidan  «G'ayrat»  jamiyati 
tuziladi.  Bu  jamiyatning  o'z  oldiga  qo'ygan  maqsadlari,  birinchidan,  yangi 
usul  maktablarini  darslik,  daftar  va  o'quv  qurollari  bilan  ta'minlash  bo'lsa, 
ikkinchidan, yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop 
etib, tarqatishdan iborat bo'lgan.
Mustamlakachilar  tomonidan  Toshkentda  chop  etiladigan 
jadidlarning  «Sadoyi  Turkiston»  gazetasi  yopib  qo'yilgach, 
taniqli  jadid  Ubaydullaxo'ja  Asadullaxo'jayev  Toshkentdan 
Andijonga  kelgan  edi.  Uning  Andijonga  kelishi  ham 
hukmron  mustabid  hukumatning  milliy  taraqqiyparvarlarga 
qarshi  olib  borgan  ta'qib  va  tazyiqlar  o'tkazish  siyosatining 
natijasidir.  Milliy  matbuotimizning  qaldirg'ochlari 
«Taraqqiy»,  «Hurshid»,  «Shuhrat»  va  boshqa  gazetalarning 
hech  qancha  soni  chiqmasdan  yopib  qo'yilishi,  chor 
ma'murlarining  o'lka  halqlarini  har  jihatdan  asoratda 
saqlashga  intilib  olib  borgan  siyosatining  bir  ko'rinishi  edi. 
Xuddi  shunday  ayanchli  qismat  «Sadoyi  Turkiston» 
gazetasi boshiga ham tushdi.   Shundan  so'ng  muharrir  Ubaydullaxo'ja  Asadullaxo'jayev  gazetani  Andijonda 
chiqarishga  harakat  qildi.  Biroq,  Farg'ona  viloyati  harbiy  gubernatori 
Asadullaxo'jayevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi. 
1916  yilga  kelib  jadidlar  tomonidan  Andijon  shahrida  «Taraqqiyparvar»  jamiyati 
tuzildi.  Bu  davrda  o'lka  jadidlarining  siyosiy  faolligi  ancha  oshgan  bo'lib,  ular  o'z 
yig'ilishlarida,  gazeta  va  jurnallardagi  maqolalarida  ma'rifiy  mavzular  bilan  birga 
ijtimoiy,  iqtisodiy  masalalarni  ham  ko'tarib  chiqa  boshlaganlar.  Andijondagi  bu 
jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev rahbarligida tuzilgan bo'lib, bu 
haqda chor ayg'oqchilari ham tez orada xabar topadilar. 
Farg'ona  viloyati  harbiy  gubernatorining  farmoyishi  asosida  Andijon  uyezdida 
«Taraqqiyparvar»  jamiyati  haqida  yashirin  so'rov  va  tekshiruvlar  o'tkaziladi. 
Tekshiruv  natijalariga  ko'ra,  tashkilot  safida  mahalliy  millat  vakillaridan  tashqari 
Chaykin,  Shapiro  va  Okun  kabi  shaxslarning  borligi,  tashkilot  rahbarligi 
Asadullaxo'jayev  qo'l  ostida  ekanligi  ko'rsatib    o'tiladi.  Uchastka  pristavi 
Birshertning ta'biricha, jamiyat tashkiliy jihatdan yaxshi uyushtirilgan. Butun Turkiston o'lkasida bo'lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma'murlar 
jadidlarni o'zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq 
orasida tashviqot-targ'ibot ishlarini yaxshi yo'lga qo'yganlar.
Xalq orasida o'z nufuziga ega bo'lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji 
Temirbekov, Poshshaxo'ja Umarxo'jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O'razaliyev 
Akbarali Boytursunovich va boshqalar ushbu jamiyat a'zolari edilar.
Shunday  qilib,  aytish  mumkinki,  XX  asr  boshlarida  Turkistondagi  ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat    g'oyat  og'ir  bo'lib,  mahalliy  aholining  huquqsizligi,  tahqirlanishi  haddan 
oshgan,  Vodiy  mustamlakachilar  uchun  arzon  ish  kuchi  va  xom  ashyo  bazasiga 
aylanib  qolgan  edi.  Ilg'or  ziyolilar  Turkiston  metropoliyaning  xom-ashyo  bazasiga 
aylanishi  bilan  birga,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  jabhalarda  jahon  taraqqiyotidan 
ortda  qolayotganligini  sezdilar.  Vatan  taqdiri  haqidagi  bunday  o'ylar  oxir-oqibatda 
mustaqillik uchun kurashning o'ziga xos yo'llarini izlab topishni taqozo etdi. Mavjud 
vaziyatda,  ya'ni,  kuchli  siyosiy-harbiy  tayanchga  ega  bo'lgan  mustamlakachi 
hukumat  bilan  millat  kelajagi  yo'lida  bellashishning  yagona  yo'li,  xalqni  dunyoviy 
ilm-fan  bilan  qurollantirish,  xalqaro  talablar  doirasidagi  mutaxassislar 
tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o'z o'rnida jadidchilik harakatining kelib chiqishiga 
sabab bo'ldi.  Jadidchilik  harakati  dastlab  haqli  ravishda  ma'rifatparvarlikdan  boshlandi. 
Turkistonda  Mahmudxo'ja  Behbudiy,  Munavvar  qori Abdura shid	 xon  o'g'li,  Fayzulla 
Xo'jayev, Abdulla Avloniy,  Ubaydulla Asadulla	
 xo'jayev, A.  Zohiriy,  O.  Mahmudov,  I. 
Ibrat, Hamza, Cho'lpon, A. Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi.Jadidchilik  harakati  dastlab  haqli  ravishda  ma'rifatparvarlikdan  boshlandi. 
Turkistonda  Mahmudxo'ja  Behbudiy,  Munavvar  qori Abdura	
 shid	 xon  o'g'li,  Fayzulla 
Xo'jayev, Abdulla Avloniy,  Ubaydulla Asadulla	
 xo'jayev, A.  Zohiriy,  O.  Mahmudov,  I. 
Ibrat, Hamza, Cho'lpon, A. Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi.
Rus  mustamlakachiligiga  qarshi  kurash  turli  ko'rinishlarda  bo'lsa-da,  davom  etdi. 
Bu  kurash  boshida  millatning  ilg'or  fikrli  ziyolilari  turdilar.  Dastlab  maktab-maorif, 
yosh  avlod  ta'lim  va  tarbiyasini  isloh  etish    g'oyasidan  boshlangan  bu  harakat, 
keyinchalik o'z ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko'lamini qamrab oldi. 
Avval  maorifni  isloh  qilishdan  boshlangan Turkiston  o'lkasidagi  jadidchilik  harakati 
1917  yil  fevral  inqilobidan  keyin  yangi  sifat  o'zgarishlarini  boshidan  kechira 
boshladi.  1908-1917  yillar  ichida  turkistonlik  taraqqiyparvar  kuchlar  asta-sekinlik 
bilan  bo'lsa-da,  yagona  siyosiy  kuch  sifatida  birlashib,  o'z  tashkilotlariga  va 
ommaviy  nashrlariga  ega  bo'ldilar.  So'ngra  o'lkada  milliy-demokratik  davlatchilikni 
tiklash  ishlarida  faol  ishtirok  etdilar.  Yagona  maqsad  yo'lida  ushbu  tashkilotlar 
nomidan tashviqot va targ'ibot ishlarini olib bordilar   Turkiston  jadidlari  ham  o'lkadagi  boshqa  taraqqiyparvarlar  qatori  o'zlarining 
dastlabki  faoliyatlarini  ma'rifatparvarlikdan  boshlagan  edilar.  Vatanni  ozodlikka, 
milliy  mustaqillikka  yetaklashdek    muqaddas    g'oya  eng  ilg'or  qarashli  jadid 
ziyolilarning  fikrida  bo'lgani  holda,  mavjud  sharoitda  uni  amalga  oshirish  mushkul 
edi.  Unga  faqat  tinimsiz  ma'rifiy-siyosiy  faoliyat  orqaligina  erishish  mumkin  edi. 
Jadidlar  yurt  istiqlolini  va  taraqqiyotini  zamonaviy  bilimlar  bilan  qurollangan  yetuk 
mutaxacsislarsiz  tasavvur  eta  olmaganlar.  Shu  maqsad  yo'lida  o'tgan  asr 
oxirlarida  jadidlar  butun  Turkistonda  yangi  usul  maktablari  ochish  zarurligini 
angladilar va ularni tashkil etish uchun harakat boshladilar.
Shunday  maktablarning  tashkil  topishiga  bir  tomondan  chor  ma'murlari,  ikkinchi 
tomondan  ijtimoiy  voqelikka  o'zining  tor  dunyoqarashi  nuqtai-nazardan  baho 
beruvchi kishilar to'sqinlik qildilar.
Turkiston  xalqlari  turmushidagi  har  bir  yangilik  mustamlakachi  ma'murlar 
nazaridan  chetda  qolmagan,  albatta.  XX  asr  bo'sag'asida  o'lkamizda  yangi  usul 
maktablarining paydo bo'lishi ham ularni  g'oyatda tashvishga sola boshladi. Jadidlar  halqni  ilm  -  ma'rifatda,  haq-huquqda  dunyoning  taraqqiy  qilgan  millatlari 
bilan  teng,  baqamti  ko'rmoqni  orzu  qildilar.  Butun  ahli-vujudini  mana  shu 
muqaddas  ishga-millatning  ravnaqi  va  muhofazasi  yo'liga  sarf  etdilar.  Bu 
shunchaki  mutaassibona  bir  orzu  emas,  zamonasining  baland-pastidan  xabardor, 
tarix  va  taqdirni  teran  anglagan,  Sharqni  ham  G'arbni  ham  bab-baravar  bilgan  va 
ko'rgan kishilarning aniq va rejali hatti-harakati  edi.
Jadidlarning  yangi  sharoitlardagi  faoliyatlari  bir  necha  yo'nalishlarda  kechdi. 
Avvalo  ma'rifatparvarlik  ustuvor  yo'nalishlaridan  biri  sifatida  qoldi.  Jumladan,  ular 
chor  tuzumning  zulmi  nisbatan  yumshagan  sharoitda  yangi  usuldagi  maktablarni 
tashkil etish bo'yicha kuch-g'ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi. 1910 yilga 
kelib  o'lkaning  turli  joylarida  50  ga  yaqin  bunday  maktablar  tashkil  etildi. Toshkent 
va Qo'qon jadid maktablarining yirik markazi bo'lib qoldi.
1917  yil  fevral  inqilobi  boshlariga  kelib  chor  hukumati  tomonidan  Turkistonda  4 
mingdan  ortiq  bola  o'qiydigan  100  ga  yaqin  yangi  usuldagi  maktablar  ro'yxatdan 
o'tkazilgan,  shulardan  39  tasi  -  Sirdaryo,  30  tasi  -  Farg'ona,  18  tasi  -  Yettisuv,  5 
tasi  -  Samarqand  viloyatlarida  joylashgan.  Ularning  hammasi  xususiy  mablag'lar 
hisobiga  faoliyat  yuritar  edi.  O'qish  pullik  bo'lgani  bilan  uning  miqdori  oyiga  50 
tiyindan 3 so'mgacha edi. Jadid  matbuoti  jadidchilik  g'oyalarining  jarchisi  bo'lib  maydonga  chiqdi.  «Sadoyi 
Turkiston»,  «Sadoyi  Farg'ona»,  «Hurshid»,  «Oyna»  va  boshqa  gazetalar 
sahifalarida  ilm-ma'rifat  ulug'langan,  yangi  usul  maktablari  targ'ib  qilingan,  bid'at-
xurofotlar,  xalqimiz  orasidagi  zararli  va  nohush  odatlar  -  aroqxo'rlik,  tamaki 
chekish, dabdabali to'ylar o'tkazish, isrofgarchiliklar keskin tanqid qilingan. 
Turkiston  jadidlarining  birinchi  milliy  gazetasi  1906  yil  27  iyunda  «Taraqqiy»  nomi 
bilan  chiqdi,  unga  taniqli  jamoat  arbobi  Ismoil  Obidov  (Gabidov)  muharrirlik  qildi. 
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
1993 yil 25 iyun qarori bilan ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni «Matbuot 
kuni» sifatida keng nishonlanmoqda.
«Taraqqiy»  bilan  bir  qatorda  Toshkentda  turkistonlik  jadidlarning  1906  yilda 
«Hurshid»,  1907-1908  yillarda    «Shuhrat»,  «Tujjor»  gazetalari  paydo  bo'ldi. 
«Hurshid»  va  «Shuhrat»    gazetalari  Turkistonda  muxtoriyatchilik  harakatining 
bo'lg'usi  yo'lboshchilaridan  biri  Munavvar  qori,  «Tujjor»  gazetasi  esa  Toshkentlik 
yirik boy Saidkarimboy Saidazimboy o'g'li tomonidan nashr etilgan. Turkistonda  bundan  keyin  bir  qator  jadid  gazeta-jurnallari  -  «Osiyo», 
«Samarqand»,  «Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi  Farg'ona»,  «Oyna»,  «El  bayrog'i», 
«Turon»  va  boshqalar  paydo  bo'ldi.  Jadidlarning  bu  bosma  nashrlari  1905 
yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan senzurani qabul qilgandan so'ng 
yuzaga  kela  boshladi.  Ularning  ko'pchiligi  qisqa  muddat  chiqqan  bo'lsa-da 
islohotchilar g'oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Jadidlarning islohotchilik g'oyalari asosan matbuot orqali targ'ib qilinar edi.
Masalan,  Cho'lpon  milliy  qadriyatlar,  milliy  urf-odatlar  himoya  qilishga 
bag'ishlangan  maqolalarining  birida  shunday  deydi:  «...Ey  qarindoshlar... 
katta  iltimosimiz  shuldurki,  Ovro'poning  mo'dosidan,  shishasidan,  buzuq 
ahloqidan  namuna  olmasdan  va  bunlarg'a  bul  jihatdan  taqlid  qilmasdan, 
balki,  ilm,  fan,  hunar,  sanoatga  o'hshashlik  madaniyatlaridan  namuna  olub, 
bul  jihatdan  taqlid  qilmog'imiz  lozimdur.  Ovro'poning  mo'dosi  va  buzuq 
axloqi  sizlarni  xonavayron,  bevatan,  asir-qul  qiladur.  Bundan 
saqlaningiz!!!». Cho'lpon
Fitrat Cho'lpon  har  sohada  zamon  talabiga  mos  ish  tutish  tarafdori  edi.  Jumladan, 
iqtisodiyotda  Yevropaning  texnika  yutuqlaridan  foydalanish  zarurligini  u  quyidagicha 
ifodalaydi:  «Ovro'poning  maktab,  madrasa,  ilm  -  fan,  sanoat,  hunarga  o'xshash 
madaniyatlari  sizlarni  obod,  ma'mur  olim  qilub,  johillikdan,  asorat  qulligidan 
qutuldurodur.  Birodarlar  ko'zlaringizni  ochub  yaxshi  o'ylanglar!!!...».  Cho'lpon 
dehqonlar  uchun  maxsus  banklar  ochish  lozimligini  va  bu  kabi  tadbirlarning  afzallik 
tomonlarini bayon qilib beradi: «...Amriholiklar ekin asboblari ishlatub, biz 10 kishi  10 
kunda  qilg'on  ishimizni,  onlar  2  kishi  bilan  10  soatda  qilmoqdadurlar!...  Shul  oson 
asboblar  Rusiyani  butun  dehqonlarida  bordur.  Bizlar  ham  shul  ekin  asboblaridan  olib 
ishlatsak og'ir mehnatlarimiz yengillanur edi...».
Mashhur  jadid  Abdulvahhob  Ibodiyev  o'zining  maqolalarining  birida 
ilm-fan  taraqqiyoti  haqida  qimmatli  fikrlar  beradi,  ilmsizlik  oqibatidagi 
xalqning  holati  bayon  etiladi:  «Ilm-sharaf  va  boyliklari  (qo'llarida 
bo'lg'on  tijorat  va  kasblari)  boshqalarga  o'tub,  bellari  tamom  bukulub, 
ming  xo'rlik  bilan  umr  o'tkazmoqdalar...».  Chor  mustamlakasi  davrida 
mazlum xalq vakili sifatida bu fikrni ochiq bayon etish, albatta, jasorat 
edi.  Turkiston  ahli  boshiga  yoqqan  bu  balolardan  qutilishning  yo'li  - 
maorifni  isloh  qilish,  asosiy    e'tiborni  ta'lim-tarbiya  ishlariga  qaratish, 
Orenburg,  Qozon,  Ufa  kabi  shaharlariga  talabalar  yuborish,  qimmatlik 
boylar  yordami  ila  maktab  binolarini  zamonaviy  holga  keltirish  lozim 
ekanligini  ta'kidlab  o'tadi:  shundagina  «...tez  fursatda  Turkistonimiz 
xalqining  ilm  va  ma'rifat  tobmoqlari  tabiiydur»,-deb,  kelajakka  umid 
bilan boqadi. Yangi  usuldagi  maktab  xonalarining  ichki  tuzilishi,  eski  maktablardan  parta, 
yozuv taxtasi, geografik xarita va o'qituvchi uchun stol-stulning borligi bilan 
ajralib  turgan.  Maktablarda  bolalar  2-3  yil  o'qishni  davom  ettirganlar.  Usuli 
savtiya  maktablari  eski  usul  maktablaridan  ta'limning  sifati  bilan  ham  farq 
qilgan.  Bu  e'tiroflar  o'sha  davr  matbuotida  ham  o'z  aksini  topgan.  Masalan, 
Andijondagi  Azim  Qodirov  maktabi  3  sinfli  bo'lib,  1-sinfda  bolalarga  o'qish 
va  yozish,  2-sinfda  tajvid,  hisob,  3-sinfda  esa  ibodati  islomiya,  sarfi  turkiy 
o'rgatilgan.  1900  yil  may  oyida  Otabek  qozi  ishtirokida  ushbu  maktab 
o'quvchilaridan  imtihon  olingan.  o'quvchilar  imtihonlarni  muvaffaqiyatli 
topshirganlar.  Imtihon  ishtirokchilaridan  Tojiddinbek  Otabekov  yozganidek: 
«...Eski zamon maktablari birlan  usuli jadid maktabini farqi nihoyat darajada 
ma'lum  va  ravshan  bo'ldi.  Usuli  jadid  maktabi  birlan  eski  zamon 
maktablarini  bir  joyga  bormoq  uchun  otash  aroba  birlan  piyoda  odimga 
misol qilsak ham to'g'ridur...».
Jadid  maktablarining  soni  ortib  borgan  sari,  ulardagi 
ta'lim  tizimi  ham  takomillashib    borgan.  Imtihonlar 
keng  xalq  ommasi  ko'z  o'ngida,  qishloq  yoki 
shaharlarning  ilg'or  ziyolilari  davrasida  «Imtihon 
majlisi»  nomi  bilan  o'tkazilgan.  Bunday  holatlarda 
yangi usul maktablari o'zining afzallik tomonlarini to'liq 
namoyish eta olgan. Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana muhim bir tarmog'i - teatr san'ati 
edi. Turkiston teatr san'atining to'ng'ich sahna asari Mahmudxo'ja 
Behbudiyning «Padarkush» dramasi edi. Bu asar Samarqand, Toshkent va 
boshqa shaharlarda ijro etilgach, 1914 yilning fevral oyi oxirlarida muallif 
boshliq Samarqandlik havaskorlar va mahalliy yoshlar hamkorligida 
Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi.
Teatr orqali ma'rifat tarqatish  g'oyasiga e'tibor qaratib, Andijon jadidlari 
ham 1914 yilning 6 iyunida «Padarkush»ni sahnaga qo'ydilar.Jadidlar  ma'rifatchilik  faoliyatining  yana  muhim  bir  tarmog'i  -  teatr  san'ati 
edi.  Turkiston  teatr  san'atining  to'ng'ich  sahna  asari  Mahmudxo'ja 
Behbudiyning  «Padarkush»  dramasi  edi.  Bu  asar  Samarqand,  Toshkent  va 
boshqa  shaharlarda  ijro  etilgach,  1914  yilning  fevral  oyi  oxirlarida  muallif 
boshliq  Samarqandlik  havaskorlar  va  mahalliy  yoshlar  hamkorligida 
Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi.
Taraqqiyparvarlar  xalq  ommasini  milliy  urf-odatlarni  asrab-avaylashga, 
ma'naviy-ma'rifiy  saviyasini  yuksaltirishga  chorladilar,  hashamdor  to'ylar, 
serharajat  va  sermashaqqat  azadorlik  marosimlari,  to'y  va  azalarni 
riyokorlik,  dabdababozlik  bilan  o'tkazishga  j ф iddiy  ravishda  qarshi 
chiqdilar. Teatr  orqali  ma'rifat  tarqatish    g'oyasiga  e'tibor  qaratib,  Andijon  jadidlari 
ham 1914 yilning 6 iyunida «Padarkush»ni sahnaga qo'ydilar.  Ijtimoiy-siyosiy  hayot  faollashuvining  muhim  ko'rsatkichi  sifatida  nashriyot, 
xususan, matbuot faoliyatining keskin jonlanganligini ko'rish mumkin. 
Jadidlarning ma'rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-
barang  bo'lgan.  Unda  hozirgi  kunimizda  ham  jamiyatni  to'lqinlantiradigan, 
hayajonga soladigan tarixiy vazifa va masalalar o'z aksini topgan.Ijtimoiy-siyosiy  hayot  faollashuvining  muhim  ko'rsatkichi  sifatida  nashriyot, 
xususan, matbuot faoliyatining keskin jonlanganligini ko'rish mumkin. 
Jadidchilik  harakati  tarixini    o'rganish  bugungi  kunda  shuning  uchun  ham 
dolzarbki,  bu  harakat  vakillari  istiqlolimiz  uchun  o'sha  davrdayoq  kurash 
boshlaganlar.  Avval  boshda  ma'rifat  sohasida  faoliyat  ko'rsatgan  jadidlar, 
asta-sekin ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida maydonga chiqdilar.  Jadidchilik  dastlab  madaniy  -  ma'rifiy  oqim  sifatida  paydo  bo'lganligi 
tabiiydir,  albatta.  Chunki,  ilg'or  musulmon  ziyolilari  ijtimoiy  va 
mustamlakachilik  zulmining  asosiy  sabablarini  zamonaviy  ilm-fan 
yutuqlaridan  bexabarlikdan  va  maorif  ishlaridagi  qoloqlikdan  izladilar.  Shu 
sababli,  ular  mavjud  ijtimoiy  muammolarni  hal  etishning  yagona  yo'li  ta'lim 
islohoti  deb  qaradilar  va  ma'rifatparvarlikka  asosiy  e'tibor  berdilar.  Yangi 
usul  maktablari,  kutubxonalar  ochdilar,  darslik,  o'quv  qo'llanmalari  yozdilar 
va nashr ettirdilar.
Ayni  paytda  ular  inson  huquqlari,  milliy,  diniy,  iqtisodiy  erkinliklar 
kafolatlangan, huquqiy-demokratik milliy davlatchilikning nazariy  asoslarini 
yaratishga harakat qildilar.  FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI :
•
Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat.-T.: O'zbekiston, 1994 y.
•
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.-T.: Sharq, 1998 y.
•
Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovvuzi va hukmronligiga qarshi 
kurash.-T.: Sharq, 1998 
•
Ziyoyev H. Jadidlar harakatining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini(XIX 
asr oxiri XX asrning boshlari) ((Jadidchilik: islohot, yangilanish, 
mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.-T.: Universitet, 1999.-B.9-22.
•
Sodiqov H. Ubaydulla Asadullaxo'jayev ((Inson va Siyosat.-1991.- № 11.-
B.69-76. 
•
Sodiqov H. Turkiston uch inqilob davrida ((Fan va Turmush.-1990.-№1.-
B.13-15; №2.-B.28-20; №3.-B.14-15.
•
Sodiqov H. Shamsuddinov. R. Ravshanov P. Jadidlar va rus demokratlari 
((O'zbekiston ovozi.-1997.-18, 20, 23, 25, dek; 1998.-5, 8, 15 yanv. 303-GURUH
ISROILOVA
FIRUZA

REJA : • Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va rivojlanishi. • Jadidlarning islohiy qarashlari. • XII Asrning so'nggi choragida dastlabki yangi usul maktablari ochilishi. • Jadidchilik harakati marifatparvarlikdan boshlanadi ,Jadidlarning tarixiy qarashlari

Fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, ularning bosib o’tgan kurash yo’lini o’rganish zarur. I. A. Karimov

Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilgan Turkiston mustamlakachilik zulmining yorqin namunasiga aylandi. Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, milliy-diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o'lkaga shiddat bilan kirib kelishi, o'lka boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi ilg'or fikrli ziyolilarni befarq qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan mustamlaka asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo'llari izlandi. Ushbu harakatlar natijasida vodiyda ham XIX asr oxirlariga kelib jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkistondagi bu harakat XIX asr oxirlaridan 1938 yillargacha ma'rifatparvarlik harakatidan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko'tarildi. Ushbu vaqt oralig'ida butun Turkistonda bo'lgani kabi, vodiydagi ziyolilar qatlami orasida ham turli guruhlarga ajralish jarayonlari tezlashdi. Fikr va qarashlarning turlicha bo'lishiga qaramay, o'lka ziyolilarini yagona Turkiston mustaqilligi g'oyasi birlashtirib turar edi.

XX asr boshlariga kelib jahon miqyosida sodir bo'layotgan inqilobiy o'zgarishlardan xavfsiragan mustamlakachilar o'lka xalqlari ustidan siyosiy nazoratni yanada kuchaytirdilar. Buning sababi, Rossiya musulmonlari orasida pirovard maqsadi milliy mustaqillik bo'lgan jadidchilik harakatining keng yoyilishi, Turkiya, Eron inqiloblari, ilg'or yo'nalishdagi nashr va adabiyotlarning bu yerlarga kirib kelishi natijasida XX asr boshlariga kelib mahalliy aholi, xususan ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy faolligining birmuncha oshishi edi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1908 yilning boshlarida Markaziy Osiyoda bo'lgan fransuz mayori Lyakosta Turkistonda o'z milliy dasturiga ega bo'lgan yosh sartlar partiyasi borligi haqida ma'lumotlar beradi. Mayor Lyakosta, fransuz mustamlakalar vazirligi tomonidan ushbu hududlarni o'rganish uchun maxsus vazifa bilan yuborilgan edi. Bu haqidagi ma'lumotlar fransuz matbuotida e'lon qilingach, Turkistondagi podsho amaldorlari ham yosh sartlar masalasidan tashvishga tushib qoladilar.