logo

Joyning balandligi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2081 KB
Joyning  balandligi •
Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar. Yer 
yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan 
tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. 
Masalan, tepalikning atrofdagi tekislikdan 
balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi. 
     Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham 
aniqlash mumkin. Qo‘lbola nivelir ikkita 
taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab 
qo‘yiladi, Shovun bilan nivelirning tik 
o‘rnatilgani aniqlanadi. 
   Nivelir •
Yer yuzidagi quruqliklar turli qismlarining 
balandligi har xil bo‘ladi. Quruqliklarning 
okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan 
dengizlar sathidan tik balandligi mutlaq 
balandlik deyiladi. O‘zbekistondagi barcha 
mutlaq balandliklar Atlantika okeanining 
Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi. Masalan, 
Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq 
balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 
m. O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrati 
Sulton tog‘i – 4425 m.  Boltiq dengizi Hazrati Sulton tog‘i  Gorizontallar.
•
Topografik planlarda tabiatdagi mahalliy 
predmetlardan tashqari Yer yuzasining 
notekisliklari ham tasvirlanadi. Yer 
yuzasining bunday notekisliklari geografiyada 
relyef deb ataladi. Relyef topografik plan va 
xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi. 
Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq 
balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni 
tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi.  Topografik karta  •
Joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar 
bilan tasvirlanadi. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya 
bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi 
chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb 
ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar ajratib 
olinadi. Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda 
tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.  Jarlar 
ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi .  Topshirqilar
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. 18-, 21-rasmlarni daftarga chzib 
kelish
•
3. Kitobdan 3-topshiriqni bajaraish
•
4. Kitobdan 4-topshiriqni bajaraish
•
5. Atamalarga ta’rif bering

Joyning balandligi

• Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar. Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. Masalan, tepalikning atrofdagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi. Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham aniqlash mumkin. Qo‘lbola nivelir ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab qo‘yiladi, Shovun bilan nivelirning tik o‘rnatilgani aniqlanadi.  

Nivelir

• Yer yuzidagi quruqliklar turli qismlarining balandligi har xil bo‘ladi. Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi mutlaq balandlik deyiladi. O‘zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar Atlantika okeanining Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 m. O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrati Sulton tog‘i – 4425 m.