logo

BALANDLIK MINTAQALANISHI QONUNIYATI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8770.7021484375 KB
BALANDLIK 
MINTAQALANISHI 
QONUNIYATI Sizga ma’lumki, o‘lkamizdagi baland tog‘larning 
tepalaridagi qorlar jazirama yoz oylarida ham erimaydi. 
O‘quvchilar dam olish uchun tog‘ yonbag‘irlaridagi 
so‘lim oromgohlarga boradilar.  Xo‘sh, bularga sabab nima? Buning sababi tekislikdan 
tog‘larga tomon balandlik ortib borgani  sari tabiiy 
sharoitning o‘zgarib borishidir. Ya’ni tog‘ yonbag‘irlarida yuqoriga ko‘tarilgan sayin 
havo haroratining pasayib borishi, namlikning
ortib borishi, shunga bog‘liq holda o‘simliklarning turli-
tuman bo‘lishi, tabiiy sharoitning so‘lim va 
xushmanzara, musaffo bo‘lib borishidir. Tabiiy sharoitning bunday o‘zgarib borishiga balandlik 
mintaqalanishi qonuniyati sabab bo‘ladi. Balandlik mintaqalanishi  – tog‘larning etagidan 
suvayirg‘ich tomon  tabiatning qonuniy o‘zgarib borishi. 
Balandlik mintaqalari tekisliklardagi tabiat zonalariga 
o‘xshash, lekin aynan o‘zi emas.  Ularning shakllanishiga yuqoriga ko‘tarilgan sari havo 
harorati va bosimining pasayishi, quyosh 
radiatsiyasining kuchayishi, suv bug‘lari 
kondensatsiyasi sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.  Yog‘inlar ma’lum balandlikkacha ko‘payib, so‘ng 
kamayadi. Shunga bog‘liq holda tuproqlar, o‘simlik va 
hayvonot olami, umuman, geotizimlar o‘zgarib boradi. Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simliklarning, tabiiy 
sharoitning o‘zgarib borishi haqidagi ma’lumotlar 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” 
asarida Movarounnahr, Afg‘oniston tog‘larining 
ta’rifida keltiriladi.  Lekin balandlik mintaqalanishi qonuniyatini ilk bor A. 
Gumboldt Alp va And tog‘larida o‘rganib, ilmiy asoslab 
bergan. Tekislikdagi tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon 
birin-ketin almashinib borgani kabi balandlik 
mintaqalari ham tog‘larning etagidan suvayirg‘ich 
tomon almashinib boradi.  Biroq tog‘larda balandlik mintaqalari ularga nisbatan 
tezroq almashinadi, ayrim balandlik mintaqalarining 
o‘xshashi bo‘lgan tabiat zonalari tekisliklarda mavjud 
emas. Masalan, tog‘larda subalp va alp o‘tloqlari 
mintaqasi mavjud, tekisliklarda  esa bunday tabiat zonasi 
yo‘q. Balandlik mintaqalarining soni va tuzilishi  tog‘larning 
balandligiga,  qaysi iqlim mintaqasida (shuningdek, 
iqlim o‘lkasida) joylashganiga, yo‘nalishiga, havo 
massalariga nisbatan joylashishiga bog‘liq.  Tog‘lar qanchalik baland bo‘lsa va quyi kengliklarda 
(ekvatorga yaqin) joylashgan bo‘lsa shunchalik ko‘p 
balandlik mintaqalari yuzaga keladi.  Iqlim o‘lkalari ham balandlik mintaqalariga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Kontinental  iqlim o‘lkasida joylashgan 
tog‘larda tog‘ cho‘l va chalacho‘l  mintaqalari katta 
maydonni egallaydi.  Qor chizig‘i dengiz iqlim mintaqasida joylashgan 
tog‘larga nisbatan 700–1000 m balandroqdan o‘tadi. 
Dengiz iqlim o‘lkasida joylashgan tog‘larda esa tog‘–
o‘rmon mintaqasi keng tarqalgan, qor chizig‘i ancha 
pastdan o‘tadi. Balandlik mintaqalanishi tog‘larning relyef 
xususiyatlariga ham  bog‘liq. Ayniqsa, yonbag‘irlar 
ekspozitsiyasi  muhim ahamiyatga ega. janubiy va 
shimoliy, havo massalariga ro‘para va teskari 
yonbag‘irlarda, balandlik mintaqalari turlicha bo‘ladi.  Masalan, O‘zbekistondagi tog‘larda janubiy 
yonbag‘irda adir (tog‘ quruq dasht) mintaqasi bo‘lsa, 
ayni shu balandlikdagi shimoliy yonbag‘irda esa tog‘ 
(tog‘–o‘rmon–dasht) balandlik mintaqasi shakllanganini 
ko‘rish mumkin. Yonbag‘ir ekspozitsiyasi –  tog‘ va tepalik 
yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari 
tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Masalan,
yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya 
bo‘ladi. Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat 
zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik 
mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida 
joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi. Masalan, O‘zbekiston mo‘tadil mintaqa cho‘l tabiat 
zonasida joylashgani uchun tog‘larning aksariyatida 
birinchi balandlik mintaqasi cho‘l hisoblanadi. So‘ngra adir (tog‘ cho‘l-dasht va quruq dasht), tog‘ 
(tog‘-o‘rmon), yaylov (tog‘-dasht va tog‘ o‘tloq dasht) 
va nihoyat glyatsial-nival (muzqor, sovuq) balandlik 
mintaqalari almashinib keladi. O‘zbekiston tog‘larida o‘simliklarning balandlik 
mintaqalanishini  K. Z. Zokirov o‘rganib, to‘rtta 
balandlik mintaqasini ajratgan va mahalliy
atamalardan foydalanib quyidagicha nomlaydi:  cho‘l, 
adir, tog‘, yaylov. Cho‘l  balandlik mintaqasi Respublikamizning mutlaq 
balandligi 400-500 m gacha bo‘lgan hududlarini o‘z 
ichiga oladi.  Adir  balandlik mintaqasi dengiz sathidan 
400–500 m dan 1000–1200 m gacha, respublika 
janubida janubiy ekspozitsiyada 1600 m gacha bo‘lgan 
tog‘ oldi hududlarini  o‘z ichiga oladi.  Tog‘  balandlik mintaqasi tog‘larning 1000–1200 m,
ayrim joylarda 1600 m dan 2700–2800 m gacha bo‘lgan 
balandliklarini,  yaylov  balandlik mintaqasi esa 2700–
2800 m dan boshlanib, doimiy qor va muzlargacha, 
ya’ni qor chizig‘igacha davom etadi. K. Z. Zokirov doimiy qor va muzliklarni alohida 
mintaqa sifatida ajratmaydi. Sababi, u yerlarda 
o‘simliklar o‘smaydi. O‘simliklar tarqalishi qor chizig‘i 
bilan chegaralanadi. Shuning uchun qor chizig‘idan 
baland yerlarni glyatsial-nival zonasiga birlashtiradi.  Bu mintaqa Piskom daryo havzasida 3600m, 
Qashqadaryo havzasida 3820 m, To‘polongdaryo 
havzasida 3860 m,  Sangardak havzasida 3850 m 
balandlikdan boshlanadi. Qor chizig‘i  – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan 
balandda qor yil bo‘yi erimay turadi.  Qor chizig‘ining balandligi joyning geografik o‘rniga, 
iqlimi, yog‘in miqdori, yonbag‘ir ekspozitsiyasiga 
bog‘liq. Qanchalikhavo harorati past va yog‘inlar ko‘p 
bo‘lsa, shunchalik qor chizig‘i pastda joylashadi. Qutbiy 
kengliklarda u dengiz sathidan o‘tadi. Qutbiy
kengliklardan tropiklargacha qor chizig‘ining balandligi 
ko‘tarilib boradi. Frans-Iosif Yerida 50–100 m, Shpitsbergen arxipelagida 
400– 450 m, Kavkazda 2700–3800 m balandlikdan 
o‘tadi.  Uning eng baland joylashishi tropiklarga to‘g‘ri kelib 
5800–6000 m balandlikdan o‘tadi. Tropiklarda bunday 
balandlikdan o‘tishiga sabab haroratning yuqoriligi
va yog‘inlarning juda kamligidir. Ekvatorda esa qor chizig‘ining balandligi 4500 m gacha 
pasayadi. Bunga sabab yog‘inlarning ko‘pligi, 
haroratning biroz pastligidir. Qor chizig‘ining balandligi faqatgina qutblardan 
ekvatorga tomon emas, dengiz va okeanlardan materik 
ichkarisiga tomon, ya’ni uzoqlik  bo‘yicha ham 
ko‘tarilib boradi.  Mo‘tadil mintaqada qor chizig‘ining  chegarasi g‘arbiy 
okeanbo‘yidagi dengiz iqlim o‘lkasidan materik 
ichkarisidagi keskin kontinetal iqlim o‘lkasiga tomon 
ko‘tarilib boradi. Masalan, Alpda qor chizig‘i 1000–1300 m, G‘arbiy 
Kavkazda 2700 m, Tyanshanning Xontanri qismida 
4200 m balandlikda joylashgan.  Bunga sabab, dengiz iqlim o‘lkasida yog‘inlar ko‘p, yoz 
salqin. Keskin kontinental iqlim o‘lkasida esa, aksincha, 
yog‘inlar kam, yoz esa issiq va quyoshli, uzoq davom 
etadi. © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

BALANDLIK MINTAQALANISHI QONUNIYATI

Sizga ma’lumki, o‘lkamizdagi baland tog‘larning tepalaridagi qorlar jazirama yoz oylarida ham erimaydi. O‘quvchilar dam olish uchun tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim oromgohlarga boradilar.

Xo‘sh, bularga sabab nima? Buning sababi tekislikdan tog‘larga tomon balandlik ortib borgani sari tabiiy sharoitning o‘zgarib borishidir.

Ya’ni tog‘ yonbag‘irlarida yuqoriga ko‘tarilgan sayin havo haroratining pasayib borishi, namlikning ortib borishi, shunga bog‘liq holda o‘simliklarning turli- tuman bo‘lishi, tabiiy sharoitning so‘lim va xushmanzara, musaffo bo‘lib borishidir.

Tabiiy sharoitning bunday o‘zgarib borishiga balandlik mintaqalanishi qonuniyati sabab bo‘ladi.