logo

Ko‘llar va muzliklar

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4904 KB
Ko‘llar va 
muzliklar •
Ko‘llar. Quruqlik yuzasida yer ustidagi va 
yer osti suvlari oqib tushadigan 
chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy 
chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga  ko‘l 
deyiladi. Ko‘llar dengizlardan farq qilib, 
okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi. 
Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda 
oqmaydi.   •
Ye r yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng 
katta ko‘l – Kaspiy ko‘li. Butun 
maydoni 376 ming km kv ni tashkil 
qiladi. Eng chuqur ko‘l – Baykal. 
Chuqurligi 1620 m, O‘rta Osiyodagi 
eng katta ko‘l — Orol dengizi. Hozirgi 
vaqtda Orol dengizi suvi qurib, 
maydoni juda kichrayib qolgan.  Kaspiy ko‘li Kaspiy ko‘li Baykal ko`li Orol dengizi Orol dengizi •
Ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurliklar har 
xil yo‘l bilan, ko‘pincha Ye r po‘sti ning 
asta-sekin pasayishidan hosil bo‘ladi. 
Ye r po‘stining yorilishidan ham 
ko‘pincha uzun cho‘zilgan 
chuqurliklar vujudga keladi. Bunday 
chuqurliklar suvga to‘lib hosil bo‘lgan 
ko‘llar tektonik ko‘llar deyiladi. 
Kaspiy, Orol, Baykal ko‘Ilari shunday 
ko‘llardir.  •
Tog‘ daryolari vodiylarida chuqur 
to‘g‘on ko‘llar uchraydi. Ular tog‘lar 
qulab, vodiyni to‘sib qolishidan 
vujudga keladi. Pomir tog‘laridagi 
Sarez ko‘li shunday hosil bo‘lgan. 
Tekislikdagi daryolar ilonizi 
o‘zanlarda oqadigan joylarda eski 
o‘zanlar suvga to‘lib qolib o‘zan 
ko‘llar paydo bo‘ladi.  Sarez ko‘li Sarez ko‘li •
Agar ko‘llarga daryolar quyilsayu bironta 
ham daryo oqib chiqmasa, bunday ko‘l 
oqmas ko‘l deyiladi. Kaspiy, Orol ko‘llari 
shunday ko‘llar. Agar ko‘llardan daryo 
oqib chiqsa, u oqar ko‘l deyiladi. Baykal 
ko‘liga 300 dan ortiq kichik daryo quyiladi 
va undan bitta katta daryo – Angara 
daryosi oqib chiqadi. Baykal – oqar ko‘l. Baykal – oqar ko‘l •
Odatda iqlimi issiq o‘lkalardagi 
oqmas ko‘llar suvi sho‘r bo‘ladi. 
Chunki, qo‘shilgan suv bug‘lanib 
ketib, suvda erigan tuzlar qoladi. 
Dunyodagi eng sho‘r ko‘l 
Arabiston yarimorolidagi O‘lik 
dengiz. Uning 1 litr suvida 270 gr 
tuz bor.  O‘lik dengiz Muzliklar.
•
Muzliklar. Quruqlikda qor to‘planib, hosil 
bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar 
deyiladi. Ular daryo va ko‘llarni qoplab 
yotgan muzlardan farq qiladi. Sovuq 
o‘lkalarda va baland tog‘larda yoqqan qor 
erib ulgurmay to‘planadi va zichlashib 
muzga aylanadi. Tyanshan va Pomir 
tog‘laridagi muzliklar 3500 m dan balandda 
hosil bo‘ladi.  Tyanshan Pomir •
Qor yig‘iladigan va muzlik hosil 
bo‘ladigan balandlikning quyi 
chegarasi qor chizig‘i deyiladi . Qor 
chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz 
sathigacha pasayadi. Shuning uchun 
qutbiy o‘lkalarda – Antarktida 
materigi va Shimoliy Muz okeanidagi 
orollar da dengiz bo‘yidagi yerlar ham 
muzlik bilan qoplanib yotadi.  Antarktida •
Tog‘lardagi muzliklar erib daryolarga suv beradi. 
Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ko‘p 
suvini shunday muzliklardan oladi.  
•
Sovuq o‘lkalarda muzliklar butun yer yuzini qoplab 
yotadi. Antarktida materigi, dunyodagi eng katta 
orol – Grenlandiya shunday muzliklar bilan 
qoplangan. Qalinligi esa 4 ming metrga yetadi. 
•
Muzliklar ham asta-sekin siljib borib, dengiz va 
okeanlar bo‘yiga kelib qoladi. Bunda muzlik yorilib, 
bo‘linib, suvga tushadi va suvda suzib yuruvchi 
katta muz palaxsalarini hosil qiladi. Bular 
aysberglar deyiladi (Gollandcha iys - muz, nemischa 
berg – tog‘). Ba'zi aysberglar juda katta bo‘ladi.  Grenlandiya  A ysberg  •
Antarktida qirg‘oqlari yonida kuzatilgan 
bir aysbergning uzunligi 170 km, eni 45 
km va qalinligi 200 m bo‘lgan. 
Aysbergning katta qismi suv tagida 
bo‘ladi. Aysberglar dengiz va 
okeanlardagi kemalar qatnovi uchun 
juda xavfli.

Ko‘llar va muzliklar

• Ko‘llar. Quruqlik yuzasida yer ustidagi va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llar dengizlardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqmaydi.

• Ye r yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng katta ko‘l – Kaspiy ko‘li. Butun maydoni 376 ming km kv ni tashkil qiladi. Eng chuqur ko‘l – Baykal. Chuqurligi 1620 m, O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘l — Orol dengizi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.

Kaspiy ko‘li