logo

LMS (LEARNING MANAGEMENT SYSTEMS – TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI)

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4408.216796875 KB
LMS (LEARN IN G 
MAN AGEMEN T SY STEMS 
– TA’LIMN I BOSHQARUV 
TIZIMLARI)  Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim 
olishning innovatsion va qiziqarli usuli 
hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil 
tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, 
o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi 
va xulosa chiqaradi. 
Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil 
etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi 
tizimlar  (LMS – Learning management  
sy st ems) dan foydalaniladi.  TAYAN CH TUSHUN CHA LA R 
Administ rat or  – tizimda ishlash 
va uni boshqarish uchun keng 
huquqlarga ega bo‘lgan 
mutaxassis – xodim.  TAYAN CH TUSHUN CHA LA R 
Chat  – axborot almashish real vaqtda 
olib boriladigan internetdagi muloqot.  TAYAN CH TUSHUN CHA LA R 
Forum  – sayt orqali muloqot olib 
borishning shakli. Forumda 
suhbatlar foydalanuvchi yoki 
administrator tomonidan 
kiritilgan mavzu asosida olib 
boriladi.  BUNI  BI LA SI ZMI ? 
■ LMS nima, u haqida nimalarni bilasiz? 
■ LMSning qanday imkoniyatlari mavjud? LMS I NTERFEY SI 
Masofaviy o‘qish – bu zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya va raqamli 
texnologiyalarga asoslangan ta’lim 
tizimi. 
U o‘quvchiga o‘qituvchi bilan muloqot 
olib borish hamda xohlagan vaqtida, 
istalgan joydan turib mustaqil ravishda 
shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. 
O‘qituvchi uchun esa internetda o‘z 
o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim 
etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini 
masofadan turib kuzatib borish 
imkoniyatini yaratadi.  DI QQAT 
Ta’limni boshqaruv tizimlari  (LMS – 
Learning management  sy st ems)  – bilim 
olish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarish uchun mo‘ljallangan 
videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, 
kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan 
iborat muloqot rejimida ishlay oladigan 
inson-mashina majmuasi yoki masofaviy 
ta’lim shakli. Learning
Learning  – o‘qitish. 
LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv 
materiallarining yagona bazasini yaratish 
mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha 
shakllantirilgan bilimlar omboridir.  Management
Management  – boshqaruv. 
Ta’limni administrator (yoki kursni 
tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib 
boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, 
topshiriq va testlarni belgilab beradi 
hamda uy vazifalari bajarilishini 
nazorat qilib boradi. Sy st em
Sy st em  – elektron tizim. 
LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq 
yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, 
qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
darajasini kuzatib borishi ham mumkin. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Foydalanishning erkinligi – o‘quvchi tizimdan deyarli hamma 
joyda foydalanishi mumkin. 
Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan 
holda ta’lim olishlari mumkin. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
O‘qish xarajatlarini kamaytirish – metodik adabiyotlar sotib 
olish uchun mablag‘ talab qilinmaydi. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Moslashuvchanligi – o‘quv jarayoni o‘qituvchi va 
o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib 
chiqqan holda tashkil etilishi mumkin. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Zamon bilan hamnafasligi – elektron kurs foydalanuvchilari, 
xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng 
yangi zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq 
rivojlantirib boradilar. 
Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z 
vaqtida yangilab turish imkoniyatlari mavjud. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Ta’lim olishning tengligi – o‘qitish ma’lum bir ta’lim 
muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash 
imkoniyati – o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan 
o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini 
belgilab olish mumkin. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Tajriba almashish – muloqot qilish, xabarlar almashish uchun 
chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin. LMSN IN G AFZA LLI KLA RI :
Statistika – darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi 
ma’lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, 
o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni 
olishi mumkin.
Ushbu afzalliklar standart saytlar yaratish 
uchun CMSdan foydalanishni eng maqbul 
yechimga aylantirdi. LMSN IN G KAMCHILI KLA RI :
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita 
aloqaning mavjud emasligi o‘quv 
jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi 
natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. LMSN IN G KAMCHILI KLA RI :
LMSni joriy etish yaxshi texnologik infratuzilmani talab etadi. 
O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka ega bo‘lishlari hamda o‘z o‘quv 
dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari 
lozim.
O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila 
olmaydi. LMS t izimlarining asosiy  
v azifalari:
O‘quv  k ont ent l ari bil an ishlash : kurs yaratuvchi o‘qituvchilar 
tomonidan elektron o‘quv materiallari (matnli, audio, video va 
b.)ni yaratish va kiritish; elektron materiallarni import/eksport 
qilish; elektron kutubxona tashkil etish; mualliflik dasturlari 
yordamida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklash. O‘quv  jaray onini boshqarish : tizim foydalanuvchilari (kurs 
yaratuvchi o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni 
ro‘yxatdan o‘tkazish; sinflar yaratish va o‘quvchilarni sinflarga 
biriktirish; o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini 
yaratish; har xil ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish; 
foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish.LMS t izimlarining asosiy  
v azifalari: Baholash : nazorat topshiriqlari (amaliy mashg‘ulot 
topshiriqlari, savol va testlar)ni kiritish; o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishi va bilim darajasi monitoringini olib borish; 
sertifikatlar (diplomlar) berish.LMS t izimlarining asosiy  
v azifalari: Foy dalanuv chil ar o‘rt asida o‘zaro aloqa : o‘quvchi va 
o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki guruh bo‘lib, 
hamkorlikda ishlashini tashkil etish; o‘quvchilarning o‘zaro yoki 
o‘qituvchilar bilan muloqotini chat, forum, videokonferensiya 
orqali tashkil etish; o‘quv jarayoniga taalluqli e’lon, xabar yoki 
yangiliklarni ommaviy tarzda uzatish.LMS t izimlarining asosiy  
v azifalari: St at i st ik a : tizim foydalanuvchilarining faoliyati haqidagi 
ma’lumotlarni qayd etib borish; maxsus grafiklar orqali 
tizimdagi faol foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni olish.LMS t izimlarining asosiy  
v azifalari: TA KRORLA SH UCHUN  
SAVOLLA R
Masofaviy o‘qish deganda nimani tushunasiz? Masofadan ta’lim 
olganmisiz? 
LMS qanday tizim? 
Sizga o‘qitishning qaysi turi ma’qul: an’anaviymi yoki masofaviy? 
Masofaviy o‘qitishning an’anaviy o‘qitishdan farqli jihatlarini aytib 
bering. 
LMS qanday afzalliklarga ega? 
LMSning kamchiliklari nimalardan iborat?

LMS (LEARN IN G MAN AGEMEN T SY STEMS – TA’LIMN I BOSHQARUV TIZIMLARI)

Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management sy st ems) dan foydalaniladi.

TAYAN CH TUSHUN CHA LA R Administ rat or – tizimda ishlash va uni boshqarish uchun keng huquqlarga ega bo‘lgan mutaxassis – xodim.

TAYAN CH TUSHUN CHA LA R Chat – axborot almashish real vaqtda olib boriladigan internetdagi muloqot.

TAYAN CH TUSHUN CHA LA R Forum – sayt orqali muloqot olib borishning shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi.