logo

LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google Classroom platformasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1312.4951171875 KB
  LMS asosida masofaviy ta’lim olish.  
Google Classroom platformasi  •
Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya 
nomlaridan biri  Google  ta’limga oid vositalarni taklif 
etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan holda, Google 
for Education tashabbusi asosida Google Classroomni 
ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday 
sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega 
foydalanuvchi platformadan bemalol foydalanishi 
mumkin. LMS haqida
•
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS)  — elektron ta’lim 
dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat 
olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini 
beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari 
o‘quv kursi tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish 
uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv 
jarayonini soddalashtirishga yordam beradi.  •
Google Classroom  https://classroom.google.com/) 
— ta’lim uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, 
kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli 
o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim 
etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning 
ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, 
o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni 
taqdim etadi. Google Classroomda Googleda 
akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi 
mumkin. •
Google Classroom platformasida o‘quvchilar 
o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv 
materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni 
bajarishi, savollarga javob berishi, nazorat 
testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur 
platformadan xohlagan qurilma va brauzer 
yordamida foydalanish mumkin. Eng 
muhimi, Google Classroom — tekin! Quyida Google Classroom platformasining ishi 
bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘lish
•
1. Google akkaunti orqali tizimga kiriladi (1).
•
2. Google Classroom platformasiga o‘tish uchun Google 
xizmatlaridan Classroom tanlanadi (2).
•
3. Kursga bog‘lanish uchun (+) belgisi orqali Join Class tanlanadi va 
muloqotlar oynasida kursning kodi (kursga kirish uchun o‘qituvchi 
tomonidan beriladigan kod, masalan, 2ubiu5p) kiritiladi (3).
•
4. Tarkibidagi o‘quv materiallari bilan tanishish va topshiriqlarni 
bajarish uchun kurs tanlanadi (4).  Google Classroom platformasida 
o‘quv kursi bilan tanishish
1. Stream bo‘limida ijtimoiy tarmoqlar singari xabarlar, o‘quv kursiga kiritilgan materiallar 
ketma-ketligi bilan tanishish mumkin (1).
2. People bo‘limida kurs o‘qituvchilari va kursda ta’lim olayotganlar haqida ma’lumot olish 
mumkin (3).
3. Classwork bo‘limi orqali kurs materiallari bilan tanishish mumkin (2).
4. All Topics — kurs bo‘yicha kiritilgan mavzularning ro‘yxati. Qandaydir mavzu 
tanlanganda, unga mos o‘quv materialining ro‘yxati ochiladi (4).
5. Mavzu bo‘yicha kiritilgan nazariy materiallar (5), amaliy topshiriqlar (6), savollar (7) va 
nazorat testlari bilan tanishish, ular tarkibidagi fayllarni ko‘rish mumkin.
6. Amaliy topshiriq, savol va nazorat testlari faollashgan rang shaklida bo‘ladi. O‘quvchilar 
ularni tanlab, You work bo‘limi orqali o‘z javoblarini kiritishlari mumkin (8).
7. Google Calendar yordamida topshiriqlar va turli e’lonlar haqida ma’lumot olish mumkin 
(9).         Kurs materiallari va topshiriqlari bilan tanishish Kurs foydalanuvchilari haqida  •
E’tiboringiz uchun rahmat

LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google Classroom platformasi

• Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya nomlaridan biri Google ta’limga oid vositalarni taklif etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan holda, Google for Education tashabbusi asosida Google Classroomni ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega foydalanuvchi platformadan bemalol foydalanishi mumkin.

LMS haqida • Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari o‘quv kursi tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv jarayonini soddalashtirishga yordam beradi.

• Google Classroom https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.

• Google Classroom platformasida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni bajarishi, savollarga javob berishi, nazorat testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur platformadan xohlagan qurilma va brauzer yordamida foydalanish mumkin. Eng muhimi, Google Classroom — tekin!