Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustidan rahbarlik qilishning yaxshi formalarini aniqlash va targ’ib qilish
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustidan rahbarlik qilishning yaxshi for malarini aniqlash va targ’ib qilish.
Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
O’zbek i st onda mak t abgacha t a` lim muassasalarining zamonav iy t i zimi Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi- maktab). Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).