logo

MARKAZIY ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

2768.958984375 KB
MAVZU: MARKAZIY ASAB TIZIMI 
FIZIOLOGIYASI . REJA  
1.   Ма rkaziy asab tizimi haqida 
ma’lumot
2. Orqa miya   tuzilishi va yoshga oid 
xususiyatlari  
3. Bosh miya va uning qismlari     Nervning tuzilishi.
Asab  tizimi  neyronlar   deb  ataluvchi  nerv  hujayralaridan  iborat. 
Neyron  nerv  hujayrasining  tanasi  va  hujayra  o’simtalaridan  iborat.  Nerv 
hujayrasining  o’siklari  ikki  xil  bo’ladi:  a)  kalta,  sershox  o’siklar  – 
dendritlar va b) juda uzun o’sik – akson. Akson markaziy asab tizimidan 
to  ishlovchi  organgacha  boradi.  Nihoyat,  nervlarning  uchlarida  oxirgi 
apparatlar  deb  ataluvchi  maxsus  tuzilmalar  yoki  retseptorlar  ham  bor. 
Oxirgi  apparatlar  nerv  tolasini  muskul,  bez  yoki  boshqa  organlar  bilan 
bog’laydi.  Retseptorlar  markazga  intiluvchi  nervlarning  ta’sirotini 
sezuvchi uchlaridir.
Kalta  o’siklar  –  dendritlar  ayrim  nerv  hujayralarini  bir-biriga   
bog’laydi va markaziy asab tizimidan tashqariga chiqmaydi.
Juda  uzun  o’sik,  ya’ni  akson  esa,  bosh  miyadan  yoki  orqa  miyadan, 
ishlovchi  organgacha  boradi.  Organizmda  ko’radigan  nervlarimiz 
qo’zg’alishi  markaziy  asab  tizimiga  o’tkazadigan  yoki  markaziy  asab 
tizimidan gavdaning turli qismlariga o’tkazadigan aksonlardan iborat.  NEYRONNING TUZILISHI VA UNING A’ZOLARI. 
•
1-sezuvchi (sensor) neyron, 
•
2-aksek, 
•
3-dendrit,
•
  4-sinaps, 
•
5-kapillyar, 
•
6-astrosit (gliya), 
•
7-neyron to’ri, 
•
8-aksek, 
•
9-oligodendrosit, 
•
10-miyelin parda, 
•
11-sinaps, 
•
12-harakatlantiruvchi 
(motor) neyron.    Asab    tizimi    ikki    qismdan    iborat:    markaziy    va    periferik    asab  tizimi. 
Markaziy    nerv    tizimiga    bosh    va    orqa    miya    kiradi.    Markaziy    asab 
tizimining  segmentar,    ya’ni    quyi    qismiga    orqa    miya    va    bosh    miyaning   
pastki    qismlari,  ya’ni    uzunchoq    miya,    Varoliy    ko‘prigi,    o‘rta    va    oraliq   
miya    hamda    miyacha  kiradi.    Markaziy    asab    tizimining    yuqori,    ya’ni   
segment    usti    qismiga    bosh  miya  yarim  sharlari  va  ularning  po‘stloq  qismi 
kiradi.    Periferik    asab    tizimiga  orqa  miyadan  chiqadigan  31  juft  sezuvchi, 
harakatlantiruvchi  asab  tolalari,  bosh  miyadan  chiqadigan  12  juft  nervlar 
hamda  umurtqa  pog‘onasi  atrofida  va  ichki  organlarda  joylashgan  nerv 
tugunchalari  kiradi.  Bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra,  ham  asab  tizimi  ikki 
qismga  bo‘linadi:  somatik  va  vegetativ  asab  tizimi.  Somatik  asab  tizimi  odam 
tanasining  sezgi  organlari,  skelet  muskullari  ishini  boshqarsa,  vegetativ  asab 
tizimi ichki organlar (nafas olish,  qon  aylanish,  ovqat  hazm  qilish,  ayirish  
va    oshqozon    hamda    ichki  sekretsiya  bezlari)  ishini  boshqaradi.  Nervlar 
qo‘zg‘alishni  qay  tomonga  o‘tkazishiga  qarab  ikki  guruhga  bo‘linadi.  Bir 
guruh  nervlar  qo‘zg‘alishni  markaziy  asab  tizimidan  ishlovchi  organlarga 
o‘tkazadi. Ular xarakatlantiruvchi nervlar deb ataladi. Ikkinchi guruh nervlar 
ko‘zg‘alishni  tanamizninig  turli  qismlaridan  va  turli  organlardan  markaziy 
asab  tizimiga  o‘tkazadi.  Ular  birinchi  guruh  nervlardan  farq  qilib,      sezuvchi 
nervlar deb ataladi.     Nerv tolalarining 
xususiyatlari
Nervning 
nisbiy 
charchamasligi Qo’zg’aluvchanlik
Nervda 
moddalar 
almashinuviO’tkazuvchanlik   Qo’zg’aluvchanlikQo’zg’alishning 
o’tish  tezligi   O’tkazuvchanlik  
Ta'sirotni ikki 
tomonlama o’tkazish Ta'sirotni alohida 
(izolyatsiyalab) 
o’tkazish  Nervda moddalar almashinuvi
  Nerv  tolalarida  moddalar  almashinuvi  ancha  sust 
o’tadi  va  juda  kam  issiqlik  hosil  bo’ladi.  So’nggi 
yillarda  o’tkazilgan  tekshirishlar  natijasida 
nervlarning  to’xtovsiz  kislorod  iste'mol  qilib 
karbonat  angidrid  chiqarib  turishi  isbotlandi.  Nerv 
qo’zg’alganda kislorodni iste'mol qilishi va karbonat 
angidrid chiqarishi  ko’payadi,  shu  sababli  bu  vaqtda 
issiqlik  hosil  bo’lishi  ham  bir  oz  ko’payadi.  Bitta 
impuls  nerv  bo’ylab  1  sm  harakat  qilganda  nervdan 
10-12 kaloriya issiqlik ajralib chiqadi.    Nervning nisbiy charchamasligi. 
•
Nerv  deyarli  charchamaydi.  N.E.Vvedenskiy  1884  yilda  tajriba 
o’tkazib,  nerv  juda  uzoq  (9-12  soat)  ta'sirlanganida  ham  uning 
charchamasligini  isbotladi.  Nervning  nisbiy  charchamasligi  unda 
moddalar  almashinuvining  sustligi  va  quzg`alishning  balandligiga 
bog’liq  bo’lib,  uning  faoliyati  uchun  katta  ahamiyatga  egadir. 
N.E.Vvedenskiy   o’z tajribasida muskul-nerv preparatining nervga ta’sir 
etdi,  lekin  muskulga  impuls  boradigan  yo’lni  to’sib  qo’ydi,  natijada 
qo’zg’alish  to’lqini  muskulga  o’tmadi.  Nervga  12  soat  uzluksiz  ta’sir 
etilgandan keyin u nervning o’tkazuvchanligini tikladi, natijada muskul 
qisqardi. Nerv charchamagandagina muskul qisqara olar edi, albatta.
•
Ammo,  nerv  umuman  charchamaydi  deb  o’ylash  noto’g’ri  bo’ladi. 
Nerv  ishlab  turganda  uning  fiziologik  xossalari  bir  qancha 
o’zgarishlarga  uchraydi:  refrakter  faza  uzayadi,  qo’zg’alishning  o’tish 
tezligi kamayadi va hakazo.     Ta'sirotlarning sinapslarda o’tkazilish mexanizmi.               
MARKAZIY
Markaziy 
sinapslar bir 
neyron tanasi 
yoki dendritining 
ikkinchi neyron 
aksoni bilan 
tutashgan joyi Sinaps         
    
         PERIFERIK 
Periferik 
sinapslar akson 
bilan ishchi organ 
(muskul, 
bez)ning 
tutashgan joyidir   2.Markaziy asab tizimini tuzilishi
MAT BOSH Stvol
Yarimsharlar  
ORQA
Orqa miya     Bosh miya qismlari
Uzunchoq
Miya kuprigi
O`rta miyaOraliq miyaMiyacha  KEYINGI MIYA.
Keyingi  miya  uzunchoq  miya  bilan  Varoliy  ko’prigidan  iborat . 
Uzunchoq  miyaning  asosiy  funksiyalari  unda  hayot  uchun  muhim 
markazlarning    borligidan  kelib  chiqadi.  Bundan  tashqari,  orqa  miyadan 
markazga  intiluvchi  yo’llar,  shuningdek  bosh  miyaning  yuqoridagi 
bo’limlaridan  markazdan  qochuvchi  yo’llar  keyingi  miya  orqali  o’tadi. 
Uzunchoq  miyadagi  ba’zi  nerv  hujayralarining  o’siqlari  orqa  miyaning 
turli  bo’limlariga  boradi  va  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyani  bir-biriga 
bog’laydi.
Boshqa  nerv  hujayralarining  o’siqlari  esa,  uzunchoq  miyadan 
kelib chiqib, bosh miya nervlarini hosil qiladi.
Uzunchoq  miyada  nerv  hujayralarining  to’plamidan  vujudga 
keladigan markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi.   O’rta miya
O’rta  miya  uzunchoq  miyaning  oldida  joylashgandir.  O’rta  miyada 
nerv  hujayralarining  kattagina  to’plami  bor.  Nerv  hujayralari  shu  yerda 
yadrolarni  yoki  markazlarni  hosil  qiladi.  Bu  yadrolar  sezuvchi  va 
harakatlantiruvchi (effektor) yadrolarga bo’linadi.
Harakatlantiruvchi  yoki  effektor  yadrolar  muskullar  tonusiga, 
binobarin,  odam  yoki  hayvonning  hamma  harakatlariga  bevosita  ta’sir 
etadi.  Keyingi  miyaning  funksiyalarini  ko’zdan  kechirganimizda, 
keyingi  miyani    o’rta  miyadan  ajratib  qo’yish  tufayli  muskullar 
tonusining o’zgarishi bilan tanishgan edik. Bunday operasiyada yozuvchi 
muskullar  tonusi  oshib  ketadi,  hayvonning  oldingi  va  keyingi  oyoqlari 
taranglashib  yoziladi,  boshi  orqasiga  qayriladi.  Agar  shunday  hayvon   
yonboshi bilan yotqizib qo’yilsa, shu holda yotaveradi.    Oraliq miya
•
Oraliq  miya  o’rta  miyaning  davomi    bo’lib,  uning  oldida  turadi. 
Oraliq  miya  uch  bo’limdan  iborat:  ko’ruv  do’mboqlari,  oqimtir  jismlar 
va  do’mboq    osti  sohasi.  Markazga  intiluvchi  nervlarning  hyech 
istisnosiz  hammasi  (orqa  miyadan,  uzunchoq  miyadan  va  miyachadan 
boshlanuvchi  maxsus  neyronlar  yordami  bilan)  ko’ruv  do’mboqlariga 
bog’lanadi,  shu  sababli  gavdamizning  har  bir  retseptoridagi  qo’zg’alish 
albatta ko’ruv do’mboqlariga keladi.
•
Afferent  impulslarni  talaygina  qismi  ko’ruv  do’mboqlaridan  bosh 
miya  po’stloqlariga  boruvchi  maxsus  tolalar  orqali  bosh  miya 
po’stlog’iga  o’tadi.  Shunday  qilib,  sezishga  taalluqli  hamma  signallar 
oldin  ko’ruv  do’mboqlaridan  o’tadi  va  shundan  keyingina  bosh  miya 
po’tlog’ining tegishli sohalariga kiradi.
•
Ko’ruv  do’mboqlari  zararlanganda  sezuvchanlik  kamayadi  yoki 
butunlay    yo’qoladi,  bosh  og’rig’i  paydo  bo’ladi,  falaj  kelib  chiqadi, 
uyqu buziladi, quloq og’ir bo’lib qoladi, ko’z xira tortadi va hakazo.   Miyacha
Miyacha  o’tkazuvchi  yo’llar  orqali  markaziy  asab  tizimining  deyarli  hamma 
bo’limlari  bilan  bog’langandir.  Miyachaning  funksiyalari  hayvonlar  ustida  tajriba  qilib 
o’rganilgan.  Miyacha  funksiyalarini  tekshirish  uchun  hayvonlarning  miyachasi 
tamomila yoki qisman olib tashlangan.
Miyachani  olib  tashlash  yoki  unga  zarar  yetkazish  hayvonning  harakatlariga  va 
gavda  vaziyatiga  ta’sir  etadi.  Miyachaning  faqat  yarmi  olib  tashlanganda  hayvonning 
o’sha  tomondagi  oyoqlari  cho’ziladi,  hayvon  tura  olmaydi  va  miyachasi  zararlangan 
tomonga  qarab  yiqilib  tushadi.  Oradan  bir  necha  kun  o’tgach  bu  hodisalar  ancha 
kamayib,  hayvon  o’rnidan  turishi,  yurishi  va  ayrim  murakkab  harakatlarni  bajarishi 
mumkin.  Hayvonning        miyachasi  olib  tashlangan  tomondagi  harakatlargina 
birmuncha beo’hishov bo’ladi.  
Agar  hayvonning  miyachasi  butunlay  olib  tashlansa,  chuqur  va  jiddiy  o’zgarishlar 
ro’y  beradi.  Bunda  hayvon  dastlabki  kunlarda  o’rnidan  tura  olmaydi  va  qanday 
bo’lmasin  harakat  qila  olmaydi.  Bir  necha  kundan  keyin  hayvon  qisman  harakat  qila 
boshlaydi.   Miyachani olib tashlash natijasida hayvon harakatlarida 
o’zgarishlar 
•
Miyacha olib tashlangandan keyin dastlab muskullar tonusi juda ham 
kamayadi, natijada muskullar ilvillab qoladi. Miyacha faoliyati izdan 
chiqqanda muskullar tonusi shu tariqa buziladi. Ammo bir necha 
kundan keyin yozuvchi muskullar tonusi oshadi, qo’l-oyoq yoziladi, 
bosh orqaga qayriladi.Muskullar tonusining 
o’zgarishi  (atoniya ). 
•
Miyachasi olib tashlangan hayvon juda tez charchaydi. Sog’lom it 
kichik harakatlarni bemalol ado eta olsa, miyachasi olib tashlangan it 
shunday harakat qilish natijasida charchab qoladi. Hayvon arzimas 
harakatdan keyin shu qadar charchaydiki, yotib dam oladi. Modda 
almashinuvi juda ham kuchayib ketadi.Tez charchash 
(asteniya).  
•
Miyachasi olib tashlangan hayvon titramasdan turolmaydi 
va boshini tutolmaydi. Itning miyachasi olib 
tashlangandan keyin u oyog’ini darrov ko’tara olmaydi; u 
oyog’ini ko’tarishdan oldin bir qancha tebranma 
harakatlar qiladi.Qo’l-oyoq va 
boshning titrashi 
(astaziya)  
•
Miyachasi olib tashlangan it aniq, chaqqon, uyg’un harakatlar qila 
olmaydi. U oyoqlarini kerib, qoqilib-surilib va yiqilib turib yuradi. 
Yurganda oyoqlarini xuddi xo’rozga o’xshab yuqori ko’tarib tashlaydi, 
shu sababli bunday yurish xo’roz yurish deb ataladi. Odamning 
miyachasi zararlanganda ham shunday o’zgarishlar  kelib chiqadi.Harakatlar 
koordinatsiyasining 
buzilishi  (ataksiya).                  Bosh miya yarimsharlari
Ma'lumki,  katta  yarim  sharlar  po’stlog’i  va  po’stloq  osti  tuzilmalarining 
muqarrar  ishtiroki  bilan  yuzaga  chiqadigan  reflektor  reaksiyalar  -  shartli 
reflekslardir.  Demak,  shartli  reflekslar  po’stloq  faoliyatining,  binobarin,  oliy 
asab  faoliyatining  mazmunini,  mohiyatini  tashkil  qiladi  va  organizmning  xulq-
atvorini  belgilaydi.  Miya  po’stlog’ining  faoliyati  tufayli  organizm  uzluksiz 
o’zgarib  turadigan  tashqi  muhit  shart-sharoitlariga  doimo  bekamu-ko’st 
moslashadi,  xilma-xil  ta'sirotlarga  nisbatan  esa,  eng  qo’lay  vaziyatni  egallaydi. 
Hayvonot  olamining  evolyucion  taraqqiyotida  katta  yarim  sharlar  po’stlog’i 
organizmning  boshqa  organlariga  qaraganda  keyinroq  vujudga  kelgan. 
Jumladan,  zoologik  silsilaning  qo’yi  bosqichlarida  turadigan,  past  taraqqiy 
etgan  umurtqali  hayvonlarda  katta  yarim  sharlar  po’stlog’i  taraqqiy  etmagan. 
Miyaning  kulrang  moddasini  hosil  qiladigan  asab  hujayralari,  dastavval, 
sudralib  yuruvchilardagina  paydo  bo’ladi,  Bularda  miya  po’stlog’ining  asosiy 
qismini  targil  tana  tashkil  qiladi.  Zoologik  silsilada  bir  oz  yuqoriroqda 
turadigan hayvonlarda miya po’stlog’i ancha tez taraqqiy etib boradi.   Central Nervous System
Brain  :  a mass of 100 
billion neurons located 
inside the skull
-Learning occurs as more 
and stronger 
connections are made 
between neurons   Orqa miyaning tuzilishi. 
  Orqa  miya  umurtka  pogonasi  kanalida  joylashgan  bulib,  uzunligi  katta  odamlarda 
40-45 sm, og‘irligi 30-40 gramm buladi. Orka miyada 13-14 mln. nerv xujayralari 
bor.  Orka  miya  uch  kavat  parda  bilan  o‘ralgan.  Tashki  kattik,  o‘rta  o‘rgimchak 
to‘risimon  parda  va  ichki  yumshok  kavat  pardalar  shular  jumlasidandir.  Orka 
miyaning yukori kismi birinchi bo‘yin umurtkasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning 
pastki  kismi  bulgan  uzunchok  miyaga  tutashadi.  Pastki  kismi  1-2  bel  umurtkalari 
soxasida  konus  shaklida  tugaydi.  Keyin  esa  ip  shaklida  davom  etadi.  Orka  miya 
31-33 ta segmentdan iborat. Shulardan 8 ta buyin kismida, 12 ta kukrak, 5 ta bel, 5 
ta  dumgaza  va  1-3  ta    dum  kismida  buladi.  Orqa  miya  o‘tkazuvchanlik  va 
reflektorlik  vazifasini  bajaradi.  Orqa  miyaning  reflektorlik  funksiyasiga  tizza 
refleksi  misol  bo‘ladi.  Sonning  to‘rtboshli  muskullarining  paylari  bo‘ylab  urilsa 
tizza  bo‘g‘inidan  boldir  muskullarining  cho‘zilishi  yuzaga  chiqadi.  Bu  refleksning 
yo‘li  orqa  miyaning  2-4  bel  segmentlaridan  o‘tadi.  Bolalar  hayotini  dastlabki 
kunlarida  tizza  refleksini  chaqirish  juda  oson,    lekin,  u  boldir  muskullarining 
cho‘zilishi  bilan  emas  balki  bukilishi  bilan  namoyon  bo‘ladi,  bu  esa  cho‘zuvchi 
muskullar  tonusining,  bukuvchi  muskullar  tonusidan  past  bo‘lishini  ko‘rsatadi. 
Sog‘lom    bolalar  hayotining  birinchi  yilida  refleks  doimo  yuzaga  kelsada,  u 
unchalik aniq namoyon bo‘lmaydi.   ORQA MIYA JOYLASHUVI ORQA MIYA  Kulrang  modda  odatda  nerv  hujayralarining 
jamlanishinidan  hosil  bo’lgan  bo’lsa,  oq  moddasi  nerv 
tolalarining  jamlanishidan  hosil  bo’ladi.  Kulrang  moddaning 
oldingi  shoxlarida  harakat  (markazga  intiluvchi) 
neyronlarining tanalari joylashgan bo’lib, uning o’simtalari esa 
oldingi ildizlarni hosil qiladi. Keyingi shoxlarda esa  markazga 
intiluvchi  va  markazdan  qochuvchi  neyronlar  orasidagi 
bog’lanishlarni  bajaruvchi  oraliq  neyronlarning  hujayralari 
joylashgan.  Keyingi  ildizlar    esa  tanalari  orqa  miyaning 
(umurtqa  pog’onalari  orasidagi)  tugunlarida  joylashgan 
sezuvchi (markazga intiluvchi) hujayralarning tolalaridan hosil 
bo’ladi.  Keyingi  ildizlar  orqali  qo’zg’alishlar  periferiyadan 
orqa  miyaga    o’tkaziladi  –  bular  sezuvchi  ildizlardir.  Oldingi 
ildizlar  orqali  qo’zg’alishlar  orqa  miyadan  muskullarga  va 
boshqa organlarga beriladi,  bular harakat ildizlaridir.       3. Bosh miyaning o`sish va rivojlanishi
Yosh  Miyaning 
vazni, g Yosh  Miyani 
vazni, g
Yangi 
tug’ilgan bola 400 13 yosh 1300
1 yosh  800 15 yosh 1350
3 yosh 1170 18 yosh 1380
7 yosh 1250 Voyaga 
yetgan odam  1400  1  . Oliy asab faoliyati xakida tushuncha
  Oliy  asab  faoliyati  fiziologiyasi  -  tirik  organizmda   
kechayotgan fiziologik jarayonlar va ularni  o‘rab turgan muhitda 
hayot  kechirishga  moslashishini  ta’minlovchi  jarayonlarni 
o‘rganadigan  fan.    Oliy  asab  faoliyati  fiziologiyasi  organizmida 
va  bosh  miya  yarim  sharlari  po‘stlog‘ida  bajarilayotgan 
funksiyalar bo‘yicha qonuniyatlarni ochib beradi. Xulq-atvorning 
turli  shakllarini,  individual  rivojlanish  jarayonida  tug‘ma  va 
orttirilgan shakllarda bo‘lib, individ va turni saqlashga qaratilgan. 
Evolyusiyaning  ma’lum  bir  davrida,  markaziy  asab  tizimi 
orqali  atrof-muhit  yoki  ichki  muhit  ta’sirlariga  javob  sifatidagi 
reflektor  faoliyat  paydo  bo‘lgan.  Nasliy  mustahkamlangan 
reflekslar,  oldindan  o‘rgatilmagan  ko‘rinishdagi  xulq-atvorlar 
asosida yotadi OLIY NERV TIZIMI VAZIFASI
•
Oliy asab faoliyati fiziologiyasining vazifasi – tug‘ma xulq-
atvor  mexanizmlarini  va  uni  o‘rganish  jarayonlari  bilan 
o‘zaro  hamkorligini  aniqlashdan  iborat.  Ushbu 
yo‘nalishdagi  tadqiqotlar  I.M.Sechenovning  ruhiy 
faoliyatning  reflektorli  asosi  to‘g‘risidagi  tushunchalaridan 
kelib chiqadi. Reflektor nazariya oqimida I.P.Pavlov, tug‘ma 
xulq-atvorni  uta  murakkab  shartsiz  reflekslar  (instinktlar) 
yig‘indisi sifatida tushuntirgan.
•
Oliy  asab  faoliyati  fiziologiyasining  rivojlanishini  qisqacha 
tarixi.  Oliy  asab  faoliyati  fiziologiyasi  haqidagi  ta’limotga 
nazar  tashlasak,  uning  ildizlari  qadimgi  yunon  faylasuflari 
Demokrit,  Platon,  Aristotel  kabilarning  dunyoqarashlariga 
borib  taqaladi.  Oliy  asab  faoliyatifiziologiyasi  juda  qadim 
zamonlardayoq  insonlarni  kasalliklarini  oldini  olish  va 
davolash uchun ularni organizmini va organlarini faoliyatini 
o‘rganish  uchun  tibbiyot  talablari  tufayli  yuzaga  keldi. Ana 
shu  sababli  qadimgi  Yunon  va  Rim  hakamlari  oliy  asab 
faoliyati fiziologiyasini o‘rganganlar. I.P.Pavlov 
(1849-1936)   I.M.Sechenov 
(1829-1905)   Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037)   I.P.PAVLOV OLIY ASAB FAOLIYATINING 
ASOSCHISI
•
Po‘stloq  faoliyatini  o‘rganishda  I.M.Sechenov  va  I.P. 
Pavlovning roli. Bosh miya faoliyatining reflektor tavsifga 
ega  ekanligini  dastlab,  I.M.Sechenov  o‘zining  mashhur 
“Bosh miya reflekslari” asarida ta’riflab berdi va shu bilan 
oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta’limotga  zamin  yaratdi. 
Keyinchalik  po‘stloqning  faoliyatini  o‘rganish  I.P.Pavlov 
zimmasiga tushdi. I.P.Pavlov po‘stloq faoliyatini atroflicha 
o‘rganib,  oliy  nerv  faoliyati  haqida  materialistik  ta’limot 
yaratdi.  I.P.Pavlov  asoslagan  shartli  reflekslar  usuli  katta 
yarim  sharlar  po‘stlog‘ining  faoliyatini  o‘rganishda 
muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Ana  shu  usul  tufayli  katta 
yarim  sharlar  fiziologiyasinihar  tomonlama  o‘rganish 
imkoniyati  tug‘ildi.  I.P.Pavlovning  oliy  asab  faoliyati 
haqidagi  ta’limoti  uchta  materialistik  prinsipdan: 
determinizm  prinsipi;  analiz  va  sintez  prinsipi;  tuzilish-
struktura prinsiplaridan tashkil topgan.           Demak,  oliy  asab  faoliyati  fiziologiyasi  hayot 
hodisalarini  mazmunini  tushuntirishda,  tirik 
organizmning  fizik  va  kimyoviy  jarayonlarni 
o‘rganishda,  hayotiy  jarayonlarni  boshqarilish 
tadbirlarini  ishlab  chiqishda,  aynan  moddalar  va 
gormonlar  almashinuvi,  irsiyat  va  organizmni 
maqsadli o‘zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi quyidagi maqsadlarni: 
1)  tirik  organizmdagi  mo‘tadil  funksiyalarni  tinimsiz 
ravishda  uzgaruvchi  va  rivojlanuvchi  sharoitga 
bog‘liq holda bajarilish qonuniyatlarini o‘rganishni; 
2)  tirik  organizmdagi  funksiyalari  tarixiy,  filogenetik, 
xususiy  va  ontogenetik  rivojlanishini  va  ularning 
o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishni o‘z oldiga qo‘yadi.   IBN SINO VA FAROBIY FIKRLARI
IBN  SINO  uzining  mashxur  «TIB 
KONUNLARI»  asarida  reflekslarning 
yuzaga  kelishi,  ong,  idrok  va  fikrlash  bosh 
miya  orkali  boshkarilishi  tugrisida  tuxtalib 
utgan.
Buyuk  bobokalonimiz  Farobiy  uz  goyalarida 
inson  ongi  va  fikrlashi  mukammal  ekanligini 
va  inson  eng  oliy  mavjudot  ekanligini  kayd 
etib utadi. BOSH MIYA YARIM SHARLARI 
PUSTLOG’I 2.BIRINCHI VA IKKINCHI SIGNAL SISTEMALARI
•
Odamda  birinchi  va  ikkinchi  signal  sistemasi,  hayvonlarda  esa 
faqat  birinchi  signal  sistemasi  mavjud.  Odamning  oliy  nerv 
faoliyati  o‘ziga  xos  anglash,  abstrakt  fikrlash;  so‘zlash 
qobiliyatiga  ega.  Odam  oliy  nerv  faoliya-tining  taraqqiyoti 
natijasida  voqelikning  ikkinchi  signal  sistemasi  vujudga  kelgan. 
Ikkinchi  signal  sistemasi  so‘zlardan  iborat  bo‘lib, 
predmetlarning  ayrim  belgilarini  farq  qilish  va  ularni 
umumlashtirish,  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanishlarni  vujudga 
keltirish hususiyatiga ega.Tashqi muhitning ko‘rish, eshitish, hid 
sezish,  ovqat  ta’mini  bilish  kabi  sezgi  organlari  orqali  qabul 
qilinadigan  ta’sirlari  birinchi  signal  siste-masi  bo‘lib,  ular  odam 
va  yuksak  hayvonlarda  deyarli  o‘xshash.  Bu  sezgi  organlari 
orqali  qabul  qilingan  tashqi  va  ichki  muhitning  ta’siri  miyaning 
shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi . 1-2 SIGNAL TIZIMLARI
•
Odamda  shartli  refleks  shartsiz  ta’ssurot  bilan  mustahkamlanib  borishi 
asosidagina  emas,  balki  nutq  yordamida  ham  hosil  bo‘lishi  mumkin.     
Masalan,  boshlang‘ich  maktab  o‘quvchilarida  qo‘ng‘iroq  ovoziga 
javoban shartli refleks paydo bo‘lgandan so‘ng, shu ovoz o‘rniga og‘zaki 
yoki  yozma  shakldagi  «qo‘ng‘iroq»  so‘zi  ishlatilsa,  bola  qo‘ng‘iroq 
ovoziga  qanday  reaksiya  ko‘rsatgan  bo‘lsa,  ko‘ng‘iroq  so‘zining  o‘ziga 
ham  birinchi  martadayoq  xuddi  o‘shanday  reaksiya  ko‘rsatadi.  Nutq 
faoliyati asosida shartli refleks hosil bo‘lishi odam oliy nerv faoliyatining 
sifat  jihatidan  o‘ziga  xos  bo‘lgan  hususiyatidir.  Shartsiz  refleks  asosida 
hosil  bo‘ladigan  aloqalar  po‘stloq  prosesslari  harakatining  qanday 
qonunlariga  bo‘ysunsa,  odam  bosh  miyasi  po‘stlog‘ida  nutq  asosida 
yuzaga  kelgan  bog‘lanishlar  ham  xuddi  o‘sha  qonunlarga  bo‘ysinadi. 
I.P.Pavlov ko‘rsatib o‘tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos 
bo‘lgan  hususiyati,  ya’ni  birinchi  signal  sistemasi  orqali  tushadi-gan 
signallarni  ajratib  olib,  mulohaza  qilish  va  umumlashtirish  qobiliyati 
ikkinchi  signal  sistemasiga  bog‘liqdir.  Mulohaza  qilish  va 
umumlashtirish  birinchi  va  ikkinchi  signal  sistemalarining  o‘zaro  ta’sir 
qilib turishi natijasidir. OLIY ASAB TIZIMI TIPLARI
•
  Oliy  nerv  faoliyati  bosh  miya  yarim  sharlari  va  ularning 
po‘stlog‘ida  joylashgan  nerv  hujayralari  (nerv 
markazlari)ning  normal  funksiyasiga  yoki  ulardagi 
ko‘zg‘alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  kuchiga, 
tarqalish  tezligiga  hamda  ularning  bir-biriga  munosabatiga 
bog‘liq.    Shartli  rekflektor  faoliyati  nerv  sistemasining 
individual xossa-lariga bog‘liq, oliy nerv faoliyatini belgilab 
beruvchi  shu  xossalar  yig‘indisi  har  bir  organizmning  irsiy 
hususiyatlariga  va  avvalo  hayot  tajribasiga  bog‘liq  bo‘lib, 
nerv sistemasining tipi deyiladi. I.P.Pavlov ko‘p yillik ilmiy 
kuzatishlari  asosida  miyaning  nerv  hujayralaridagi 
qo‘zg‘alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  kuchiga, 
tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra 
odam oliy nerv faoliyati-ni 4 tipga bo‘lgan edi. OAF TIPLARI OAF TIPLARI
•
1.Kuchli,  ko‘zg‘aluvchan,  muvozanatlashmagan,  tip 
Xolerik. Bu tipda qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchli, ammo 
muvozanatlashmagan,  qo‘zg‘alish  tormozlanishdan  ustun 
turadi,  bu  tipga  kiruvchi  bolalarda  shartli  reflekslar  sekin 
paydo  bo‘ladi,  o‘rta  o‘zlashtiradi,  biror  ishga  tez  kirishib, 
tez  soviydi,  emotsional  reaksiyalari  kuchli,  bilar-bilmas 
javob berib o‘z fikrini maqullaydi, topshiriqlarni o‘z vaqtida 
bajarib  kelmaydi,  sekin  paydo  bo‘lgan  shartli  reflekslar  tez 
so‘nadi,  maktab  hayotiga  qiyinchilik  bilan  ko‘nikadi,  nutqi 
tez  va  qo‘pol,  xarakteri  o‘zgaruvchan,  o‘z  hissiyotlarini 
qiyinchilik  bilan  ushlaydi,  qiziqqon,  agressiv,  tarbiyaga 
qiyinchilik  bilan  beriluvchi,  faqat  tarbiya  asosidagina  uzoq 
va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi. •
2.Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip-
Sangvinik. Bu tip nerv prosesslarining kuchliligi, ko‘zg‘alish 
va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi 
bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar 
tez hosil bo‘lib, tez so‘nadi va tez tiklanadi, ular maktab 
hayotiga tez ko‘nikadi, o‘qish va yozishni tez o‘rganadi, 
namunali xulqqa ega bo‘ladi, darslarni a’lo o‘zlashtiradi, uyga 
berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishga harakat 
qiladi, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ko‘p, aytilgan so‘zlarni 
tez ilg‘ab oladi, jonli, harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan 
o‘z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan 
ajralib turadi . OAF TIPLARI •
3.  Kuchli,  qo‘zg‘aluvchan,  muvozanatlashgan, 
kam  harakat  tip-Flegmatik.  Bu  tipda  ko‘zg‘alish 
va  tormozlanish  kuchli,  ammo  ularning  o‘rin 
almashinuvi  sust.  Bu  tipga  kiruvchi  bolalarda 
shartli  reflekslar  sekin  hosil  bo‘ladi,  tez  so‘nadi 
va  sekin  tiklanadi,  ular  o‘qish,  yozish  va 
gapirishni  tez  o‘rganadilar,  ularning  xulqlari 
yaxshi,  odobli,  nutqlari  sekin  va  ravon,  his 
tuyg‘ulari past bo‘ladi. Bunday toifali insonlarda 
sekin xarakatlanish va uta yuvvoshlik kuzatiladi. OAF TIPLARI •
4.  Nimjon  yoki  sust  tip-Melanxolik.  Bu  tipda  nerv  prosesslari 
sustligi,  kam  qo‘z-g‘aluvchanligi  va  muvozanatlashmaganligi,   
ya’ni tormozlanish jarayonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu 
tipga  kiruvchi  bolalar  ish  qobiliyati  past,  nutqi  sekin,  yaxshi 
rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadigan, tez 
charchaydigan,  o‘qish,  yozishni  sekin  o‘rganadigan,  maktab 
hayotiga  qiyinchilik  bilan  ko‘nikadigan,  o‘z  o‘rtog‘ining 
xarakteriga  ixtiyorsiz  mosla-shadigan,  o‘zlashtirish  past,  xarakteri 
beqaror,  maqsadsiz,  diqqati  beqarorligi  bilan  xarakterlanadi.   
Tarixda  yashab  ijod  qilgan  buyuk  siymolar  ham  ma’lum  tipga  xos 
bo‘lganlar.  Masalan:  rus  sarkardasi  A.V.  Suvorov  xolerik 
temperamentiga,  shoir  A.S.  Pushkin  ham  xolerik  temperamentiga, 
sangvinikka  shoir  A.I.  Gersen,  Goncharov  flegmatikka,  fransuz 
filosofi  Rene  Dekart,  ingliz  olimi  Charlz  Darvin,  polyak 
kompozitori  Shopen  melanxolik  teperamentiga  xos  insonlar 
bo‘lishgan. OAF TIPLARI  Asosiy adabiyotlar:
I. Q.Sodiqov, S.X Aripova, G.A. Shaxmurova. Yosh fiziologiyasi va gigiyena. Toshkent. “Yangi asr 
avlodi”. – 2009 y. 314 b.
II. Rajamuradov Z.T., Bozorov B.M. va boshqalar Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent, “Tafakkur 
bo`stoni”-2013.-400b. 
III. Алматов К.Т., Л.С.Клемешева, А.Т.Матчанов, Ш.И.Алламуратов Улғайиш физиологияси. 
Тошкент, 2004. 
IV. M.S. Kuziyev. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg ulotlari. O quv ʻ ʻ
qo llanma. - Samarqanda	
ʻ .  -  2020  yil .  - 186 bet.
V. Махмудов Э., Г. Ким. Возрастная физиология и основы гигиены Ташкент,2007.
VI. Махмудов Э.,Алламуродов Ш. Возрастная физиология. Ташкент, 2006.
Qo shimcha  adabiyotlar:	
ʻ

Хрипкова А.Г. ,  Антропова М.В .,  Фарбер Д.А .  Возрастная физиологии . -  M .:  Просве щение, 1990. 
- 320 с.

Клемешева Л.С., Алматов К.Т., Матчанов А.Т.  Возрастная физиологии . – T. 2002.

Francis M. Walters, A.M. Physiology and hygiene. D.C. Heath and Co. – Publishers.  2005

Davies D. Child development A Practitioner's Guide// The Guilfordpress.  NewYork. –2010.-  494 p.
Axborot manbalari (saytlar):

http://bakumedinfo.com/index .

http://bio.olymp.mioo.ru/course/view.php?id=13

http://www.bio.bsu.by/physioha/kursy.html

http://www.fiziolog.ru/

www . ziyonet E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT !

MAVZU: MARKAZIY ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI .

REJA 1. Ма rkaziy asab tizimi haqida ma’lumot 2. Orqa miya tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari 3. Bosh miya va uning qismlari

Nervning tuzilishi. Asab tizimi neyronlar deb ataluvchi nerv hujayralaridan iborat. Neyron nerv hujayrasining tanasi va hujayra o’simtalaridan iborat. Nerv hujayrasining o’siklari ikki xil bo’ladi: a) kalta, sershox o’siklar – dendritlar va b) juda uzun o’sik – akson. Akson markaziy asab tizimidan to ishlovchi organgacha boradi. Nihoyat, nervlarning uchlarida oxirgi apparatlar deb ataluvchi maxsus tuzilmalar yoki retseptorlar ham bor. Oxirgi apparatlar nerv tolasini muskul, bez yoki boshqa organlar bilan bog’laydi. Retseptorlar markazga intiluvchi nervlarning ta’sirotini sezuvchi uchlaridir. Kalta o’siklar – dendritlar ayrim nerv hujayralarini bir-biriga bog’laydi va markaziy asab tizimidan tashqariga chiqmaydi. Juda uzun o’sik, ya’ni akson esa, bosh miyadan yoki orqa miyadan, ishlovchi organgacha boradi. Organizmda ko’radigan nervlarimiz qo’zg’alishi markaziy asab tizimiga o’tkazadigan yoki markaziy asab tizimidan gavdaning turli qismlariga o’tkazadigan aksonlardan iborat.

NEYRONNING TUZILISHI VA UNING A’ZOLARI. • 1-sezuvchi (sensor) neyron, • 2-aksek, • 3-dendrit, • 4-sinaps, • 5-kapillyar, • 6-astrosit (gliya), • 7-neyron to’ri, • 8-aksek, • 9-oligodendrosit, • 10-miyelin parda, • 11-sinaps, • 12-harakatlantiruvchi (motor) neyron.

Asab tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik asab tizimi. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. Markaziy asab tizimining segmentar, ya’ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya’ni uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy asab tizimining yuqori, ya’ni segment usti qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning po‘stloq qismi kiradi. Periferik asab tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi asab tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar hamda umurtqa pog‘onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra, ham asab tizimi ikki qismga bo‘linadi: somatik va vegetativ asab tizimi. Somatik asab tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqarsa, vegetativ asab tizimi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya bezlari) ishini boshqaradi. Nervlar qo‘zg‘alishni qay tomonga o‘tkazishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Bir guruh nervlar qo‘zg‘alishni markaziy asab tizimidan ishlovchi organlarga o‘tkazadi. Ular xarakatlantiruvchi nervlar deb ataladi. Ikkinchi guruh nervlar ko‘zg‘alishni tanamizninig turli qismlaridan va turli organlardan markaziy asab tizimiga o‘tkazadi. Ular birinchi guruh nervlardan farq qilib, sezuvchi nervlar deb ataladi.