logo

Materik iqlimining xususiyatlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9974.837890625 KB
Materik iqlimining 
xususiyatlari Iqlimning tarkib topishi. Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora 
tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda 
gavdalanadi. Haqiqatan ham Afrikaga „issiq materik“ nisbati bejiz 
berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda 
balandda va har yili ikki marta zenitda bo‘ladi.  Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan 
oyning o‘rtacha harorati +20°C dan ortiq. Hatto eng 
shimoliy va janubiy qismlarida qish oyining o‘rtacha 
harorati +10 +15 °C dan pastga tushmaydi.  Afrika iqlimining tarkib topishida uning geografik o‘rni, 
havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari kabi 
omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.  Ekvatorga yaqin joylashgan o‘rniga ko‘ra juda katta 
miqdorda quyosh radiatsiyasini (yiliga bir kv sm ga 160 
— 200 kkal) oladi.  Ekvatorial hududlarda past bosimli mintaqalar, tropik 
kengliklarda esa yuqori bosimli mintaqalarning tarkib 
topishi Quyoshning balandligiga bog‘liq.  Yil fasllari yog‘in miqdoriga qarab farqlanadi.
Shunga binoan materik ustida ekvatorial, tropik va 
mo‘tadil havo massalari harakatlanadi.  Materik iqlimining shakllanishida doimiy shamollar — 
passatlarning ta’siri kuchli.  Shimoliy-sharqiy passatlar materikka yog‘in 
keltirmaydi. Aksincha, Hind okeanidan esadigan 
janubiy-sharqiy passatlar ko‘p yog‘in keltiradi.  Subtropik kengliklarga qish oylarida yog‘in-sochinni 
mo‘tadil havo massalari Atlantika okeanidan keltiradi
(yomg‘ir, ba’zan qor). Yil davomida Atlantika okeanidan esadigan nam havo 
massalari Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va ekvatorial 
zonalarga juda ko‘p yog‘in keltiradi.  Masalan, Gvineya qo‘ltig‘i sohilidagi Debunja hududiga 
yiliga 10 000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi.     Yog‘inlar taqsimotiga relyef shakllari ta’sir etadi. Nam 
havo massalarining yo‘nalishiga ro‘para turgan tog‘ 
yonbag‘irlariga ko‘p yog‘in tushadi.    Masalan Sharqiy Afrika yonbag‘irlariga, Madagaskar 
orolining sharqiy qismlariga 3000-5000 mm yog‘in 
tushadi.  Okean oqimlari materik iqlimini tubdan o‘zgartirib 
yuboradi. Agar sohil bo‘yida sovuq oqim bo‘lsa, yog‘in 
yog‘maydi va cho‘l iqlimi tarkib topadi (masalan, 
Namib, Somali).  Kanar, Bengela sovuq oqimlari ustidan esadigan 
shamollar materikka sovuq havo olib keladi. Lekin 
yuqoridagi havo iliq bo‘lishiga qaramasdan, qirov va 
tumanlar hosil bo‘lsa-da, yog‘in yog‘maydi. Natijada 
qurg‘oqchil cho‘llar tarkib topadi. Iqlim xususiyatlari. Afrika — eng issiq materik.
 Bu uning katta qismi yoritilish mintaqasida 
joylashganligidandir.  Sayyoramizdagi eng issiq harorat shu yerda kuzatilgan 
( 1922-yil 13-sentyabr  Tripoli shahri yaqinida    +58 °C).   Lekin eng baland tog‘larda doimiy qor va muzliklar bor. 
Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari iqlim 
mintaqalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – 
Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- 
sinfi uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ 
www.eduportal.uz  
•
A. Soatov, A. Abulqosimov – Geografiya (Materiklar 
va okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 6- sinfi uchun darslik – Toshkent: 
„O‘qituvchi“, 2005 va 2009

Materik iqlimining xususiyatlari

Iqlimning tarkib topishi.

Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.

Haqiqatan ham Afrikaga „issiq materik“ nisbati bejiz berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda balandda va har yili ikki marta zenitda bo‘ladi.

Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan oyning o‘rtacha harorati +20°C dan ortiq. Hatto eng shimoliy va janubiy qismlarida qish oyining o‘rtacha harorati +10 +15 °C dan pastga tushmaydi.