logo

Mifalogik va tarixiy antroponimlar va ularning uslubiy zususiyatlarini yoritish

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

945.5 KB
Mavzu: Mifalogik va t arix iy 
ant r oponimlar va ular ning 
uslubiy zususiyat larini yor it ish   R E J A :

Mifologik obrazlarda yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va 
zulmat, do`st va dushman kuchlarining ifodalanishi.      

«Avesto», «Shohnoma», «Devoni lug`otit turk» asarlarida, yunon 
va xind tarixchilari asarlarida keltirilgan tarixiy-badiiy 
ma’lumotlar.

Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Siyovush, v..b. afsonalar. 

To`maris, Shiroq-qaxramonlik afsonasi sifatida. Mif 

“ mif... — koinot va hayotning paydo 
bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va 
afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy 
zamon kishilari tushunchalari ning badiiy 
ifodasi” — deb belgilab qo‘yilgan. Shunday 
qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, 
rivoyat, hikoyalarni tushu nish mumkin. 
O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning 
o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarnnig 
dastlabki namunalari “Avesto” kitobida 
uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik 
kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima 
(Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida 
namoyon bo‘lgan. Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim
hisoblanadi.
1. To tem. 2. Fetish. 3. Anima. Tot em

deganda,  biz  dunyodagi  turli  xalqlar  hozirgi  
paytgacha  o‘zlariga  homiy  deb  bilgan 
hayvonlarni  tushunamiz.   Jumladan,  burgut, 
sher,  yo‘lbars,  bo‘ri,  ilon  (ajdar),   humo  kabi 
hayvonlar  va  qushlar  ko‘p  xalqlarda  alohida  
e’zozlanadi.  O‘zbek  xalqi  hozirgi  paytda  ham 
yo‘lbars,  ilon,   bo‘ri,  ayiq,  tuya,  ot,  qo‘y, 
qaldirg‘och,  burgut,  baliq  kabi   qushlar  va 
hayvonlarga  hamisha  hurmat  bilan 
qaraydilar.   Ularning  yashash  joylarini 
sababsiz  buzish,  o‘zlarini  biron   ehtiyoj 
sezilmagan  paytda  bezovta  qilish,  o‘ldirish 
gunoh   hisoblangan.  Ayni  paytda,  safardagi 
odamning  bo‘rini,   burgutni,  oq  tuyani 
uchratishi  yaxshilik  belgisi  hisoblangan.  
Hatto bu mavjudotlarni tushda ko‘rishni ham 
yaxshilikka   yo‘yganlar.  Ma’lum  bo‘ladiki, 
totemizm  belgisi  o‘zbek   xalqining  maishiy 
hayotida shu paytgacha o‘z ta’siriga ega. Fet ish
insonlar tomonidan alohida e’tibor 
bilan qaraladigan narsa, predmetlar 
tushunchasini anglatadi.   Xususan, 
turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, 
ayrim yulduz lar,   suv, tuproq, yoy, 
qilich, qalam kabilarga asrlar 
davomida   alohida hurmat bildirilgan. 
Masalan , yigit kishining pichoq  
yo‘qotishi, yoyining sinishi yomonlik 
belgisi bo‘lib kelgan,   ayni paytda 
tuproq, suv bilan doimiy ra vishda 
yaqin bo‘lish   baxt hisoblangan. Anima

inson  tomonidan  totem  va  fetishga  ishonch   bilan 
qarash  ma’nosini  anglatadi.  Tushga  ishonish  oddiy  
hayotda  ro‘y  berayotgan  voqealardan  kelajak  haqida  
tasavvur  hosil  qilishga  urinish  odatlari  animizm  ta’siri 
bilan   bog‘liqdir.  To‘g‘ri,  aksari  paytlarda  odamlar 
irimlarni  xush   ko‘rmaydilar,  lekin  tarixiy  jihatdan 
shakllangan  urf-odatlarimiz,   rasm-rusumlarimizda 
totemizm,  fetishizm,  animizm   belgilari  aniq  sezilib 
turadi.  Bunday  voqea-hodisalarga  bo‘lgan  munosabat 
badiiy  adabi  yotimizda  ham  o‘z   ifodasini  topgan.  G‘. 
G‘ulomning  “ Shum  bola ”   qissasidagio‘choq  olldida  ro‘y 
bergan  hodisani,  O‘lmas     Umarbekov,   O‘tkir  Hoshimov 
asarlaridagi ayrim lavhalarni eslasak   kifoyadir. Qa y u m a r s a f son a si

Bu afsona O`rta Osiyo va Eron 
xalqlari o`rtasida qadimdan mashhur 
bo`lib kelgan. Bu afsonaning manbai 
«Avesto»dir. Bu afsona to`g`risida 
«Ta rixi tabariy» asarida, 
Firdavsiyning «Shohnoma», Alisher 
Navoiyning «Ta rixi Muluki Ajam» 
asarida, shuningdek, prof. 
S.P. To lstovning «Qadimgi Xorazm 
madaniyatini izlab», prof. 
N.M.Mallaevning «O`zbek adabiyoti 
tarixi» va boshqa manbalarida 
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. SIYOVUSH AFSONASI  

Siyovush-xalq  qaxramoni.  Afsonalarda 
xikoya  qilinishicha,  Siyovush  Kaykovusning 
o`g`li  bo`lgan.  Nihoyat    darajada  go`zal  yigit 
bo`lib,  uni  o`gay  onasi  sevib  qoladi.  Lekin,  u 
o`gay  onasining  taklifini  rad  etadi.  Bunga 
chiday  olmagan  o`gay  ona  unga  tuhmat 
qiladi.  Siyovush  o`zining  pokligini  isbotlash 
uchun  ot  surib  alangadan  o`tadi,  so`ng 
Afrosiyob  poytaxtiga  boradi.  Afrosiyob  uni 
izzat-hurmat  bilan  kutib  oladi  va  unga  o`z 
qizini  beradi.  Lekin,  dushmanlar  Afrosiyob 
bilan  Siyovush  o`rtasiga  nifoq  soladilar, 
adovat  urug`ini  sochadilar.  Natijada 
Afrosiyob  Siyovushni  o`ldiradi. 
Siyovushning  o`g`li  Kayxisrav  o`z  bobosi 
Afrosiyobdan  otasi  uchun  qasos  oladi,  uni 
o`ldiradi. Afsona oxirida Kayxisrav xorazmiy 
shohlar sulolasiga asos solganligi so`zlanadi.  SHIROQ AFSONASI.
Bu afsonada jonajon qabila va ona er uchun 
o`zini qurbon qilgan Shiroq obrazi mehr 
bilan yaratilgan. Uning qabila manfaatlari 
uchun qurbon bo`lishi, o`z qabiladoshlariga 
sadoqati, vatanparvarligi va qahramonligi 
uni monumental obrazga aylantiradiki, 
buni yozma adabiyotda ham uchratish 
mumkin.
Chunonchi, Abu Rayxon Beruniyning 
«Hindiston» asarida keltirilgan Kanik 
Afsonasi ham xuddi shu Shiroqga 
o`xshaydi. Ya.Il’yasovning «So`g`diyona» 
kitobida ham Mirmuhsinning «Shiroq» 
dostoni va O`zbekiston san’at muzeyida 
saqlanayotgan haykaltaroshlikka oid 
materiallarda ham Shiroq afsonasi 
mazmunini ifodalangan.

Mavzu: Mifalogik va t arix iy ant r oponimlar va ular ning uslubiy zususiyat larini yor it ish

R E J A :  Mifologik obrazlarda yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, do`st va dushman kuchlarining ifodalanishi.  «Avesto», «Shohnoma», «Devoni lug`otit turk» asarlarida, yunon va xind tarixchilari asarlarida keltirilgan tarixiy-badiiy ma’lumotlar.  Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Siyovush, v..b. afsonalar.  To`maris, Shiroq-qaxramonlik afsonasi sifatida.

Mif  “ mif... — koinot va hayotning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalari ning badiiy ifodasi” — deb belgilab qo‘yilgan. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushu nish mumkin. O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarnnig dastlabki namunalari “Avesto” kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo‘lgan.

Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi. 1. To tem. 2. Fetish. 3. Anima.

Tot em  deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o‘zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yo‘lbars, bo‘ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko‘p xalqlarda alohida e’zozlanadi. O‘zbek xalqi hozirgi paytda ham yo‘lbars, ilon, bo‘ri, ayiq, tuya, ot, qo‘y, qaldirg‘och, burgut, baliq kabi qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar. Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, o‘zlarini biron ehtiyoj sezilmagan paytda bezovta qilish, o‘ldirish gunoh hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning bo‘rini, burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan. Hatto bu mavjudotlarni tushda ko‘rishni ham yaxshilikka yo‘yganlar. Ma’lum bo‘ladiki, totemizm belgisi o‘zbek xalqining maishiy hayotida shu paytgacha o‘z ta’siriga ega.