Milliy o’quv dasturi asosida o’quvchilarda O’qish kompetensiyasi Yozish kompetensiyasi So’zlab berish kompetensiyasi Tinglab tushunish kompetensiyasini shakllantirish
Milliy o’quv dasturi asosida o’quvchilarda O’qish kompetensiyasi Yozish kompetensiyasi So’zlab berish kompetensiyasi Tinglab tushunish kompetensiyasini shakllantirish
Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi”, yaʼni mashhurlari bo‘ladi. Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar mobaynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib,o‘z manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan. Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rganib, ularning xaritasini chizib beradigan kishilarni esa ‘‘ munajjim’’ deb atashgan. Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, baʼzan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay olishgan. Qutb yulduzi Katta Ayiq yulduz turkumiga kiradi. U Quyoshdan 120 marta katta bo‘lib, 10 ming marta kuchliroq nur taratadi. Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun uni “yo‘lchi yulduz” deb ham atashgan. Juda olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib keladi. Qutb yulduzi
1. Qutb yulduzi mashhurligining sababi nima? 2. Munajjimlar nima bilan shug‘ullangan? 3. Qutb yulduzi o‘z joyini o‘zgartirib turadimi? Javobingizni izohlang. 4. Matndan Qutb yulduzi haqida berilgan daliliy tavsifni aniqlang
Matnning uslubini farqlagan holda ravon va ifodali o’qiy olish; Turli matnlar –yo’riqnoma ,reklama matnlarini o’qib tushunish va munosabat bildira olish ; Turli davrlarda yozilgan matnlarni qiyoslay olish; Matnlardagi ohang va mazmunga munosabat bildira olish ; Xulosa chiqarish ,xulosani matnda berilgan hodisaga bog’lay olish. O’qish kompetensiyasi
,,Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy” audiomatnini tinglang,matn mazmunini rasm asosida so’zlab bering.