O'quvchilar tafakkurini o'stirishda og'zaki yozma nutqning ahamiyati
O'quvchilar tafakkurini o'stirishda og'zaki yozma nutqning ahamiyati
O’qish darslarida o`quvchilarning og`zaki nutq ini o’stirish Reja: Nutq va uning turlari. O’qish darslarida nutq o’stirishga yaratilgan imkoniyatlar. O’qish darslarida og’zaki nutqni o’stirish yo’li va vositalari. O’qish darslarida yozma nutqni o’stirish yo’llari. Nutq o’stirishning ta’lim-tarbiyada tutgan o’rni. Nutq o’stirishga qo’yilgan DTS talablari. Nutq o’stirishda lug’at ustida ishlashning ahamiyati.
Nutq va uning turlari. Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, echim). Masalan, bolalar O’.Usmonovning “CHumchuq bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo’roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o’qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O’qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug’doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko’chada o’rtog’i Tal’atni ko’rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal’atning xafa bo’lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o’chirg’ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. SHunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.
O’qish darslarida nutq o’stirishga yaratilgan imkoniyatlar Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti- harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
O’qish darslarida nutq o’stirishga yaratilgan imkoniyatlar O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim.