O’rta asrlarda yevropa fani
“ O’RTA ASRLARDA Y EVROPA FAN I”
RE J A: • O‘rta asrlar haqida umumiy tushuncha • Ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada fan • Yevropada rivojlangan o‘rta asrlarda fan ravnaqi • G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri
O‘RTA ASRLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA • O‘rta asrlar o‘zidan oldingi ijtimoiy taraqqiyot darajasi jihatidan, ya’ni siyosiy boshqarish tizimida, mulkchilik shakllarida, ishlab chiqarish usullari va kuchlarining bilim darajasida, hayotning madaniy saviyasida, fan-texnika taraqqiyotida va fanning rivojlanishi va yo‘nalishlarida tubdan farq qiladi. O‘rta asrlar tarixining davlat, jamiyat va madaniy taraqqiyotida ikki asosiy bosqichni sezish mumkin, ular ilk o‘rta asrlar,(V asr oxirlaridan – XI o‘rtalariga qadar) o‘rta asrlarning ravnaq topgan davri (XI asr o‘rtalaridan – XV asr oxiriga qadar)dan iboratdir. Ana shu bosqichlarda fan ham o‘ziga xos iz qoldirgan, ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va keyingi bosqichlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shga n davr sanaladi.
ILK O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPADA FAN • Turli ko‘rinishlardagi to‘siqlarga qaramasdan fan bu davrda o‘zidan oldingi davrlarga nisbatan ancha ilgarilab ketganligini e’tirof etish mumkin. Ilm-fanning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan zaruriyat va ijtimoiy taraqqiyotga intilishdan kelib chiqadi. Vizantiya imperiyasida imperator Yustinian I (527-565 yy.) xukmronligi davrida juda ko‘plab jamoat binolari qurildi. Ilk Vizantiya arxitekturasi orasida eng muhimi 532-537 yillarda qurilgan avliyo Sofiya ibodatxonasi arxitektura san’atining yuksak namunasidir. Bunda hashamatli badiiy yodgorlik qurilishi jarayoni orqali arxitekturaga doir o‘nlab fanlarning rivojlanayotganligini ko‘rish mumkin.
AVLIYO SOFIYA IBODATXONASI