logo

O‘rta Osiyo mutaffakirlar va allomalarining ilmiy merosi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1560.4111328125 KB
Mavzu: O‘rta Osiyo 
mutaffakirlar va         
allomalarining ilmiy merosi   Reja:

Sharqda uyĝonish davri

Őrta osiyo mutaffakkirlarining 
ilmiy merosining ahamiyati

Mirzo Ulug’bek davrida Ilm 
fanning rivojlanishi   IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida 
oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi.

Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi 
bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga 
barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. 
Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad 
Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini 
jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab 
halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining 
ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib 
Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari 
bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni 
donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng 
mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi 
kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.   
Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk 
olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng 
muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm 
fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar 
Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al 
Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda 
Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik 
olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al 
Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni 
oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil 
etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana 
akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — „Bayt 
ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil 
etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va 
ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab 
Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim 
(833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida 
yashab ijod etgan.   Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida 
yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga 
buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni 
„Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, 
barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday 
baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.

Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 
4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan 
Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada 
fan taraqqiyotdan toʻxtab, hatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4-
8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda 
Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston 
viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy 
ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar 
bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik 
kuzatuvlargina olib borilgan.   
Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan 
atamasi uning „Kitob muxtasar min hisob aljabr 
valmuqobala“ („Aljabr valmuqobala hisobi haqida 
qisqacha kitob“) asari nomidan kelib chiqqani 
yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan Xorazmiy faqat oʻzidan 
avval maʼlum boʻlgan chiziqli va kvadrat 
tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan 
nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu 
mavzudan boshlanganligi tufayli paydo boʻlgan. 
Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, 
algebraik hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham 
koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal 
— aljabr va almuqobala bilan atalgan. Xorazmiy 
algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda 
qanday qoʻllanishini bayon etib, soʻng algebraik 
shakl almashtirishlariga oʻtgan. Aks holda 
kitobning maqsadini tushunish qiyin boʻlar edi. 
Xorazmiy asari 12-asrning boshlarida kremonalik 
Gerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga 
tarjima qilingan, nomi qisqarib „aljebra“ (fransuz, 
ingliz tillarida), „algebra“ (nemis, rus tillarida) deb 
atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.   Abu Nasr Forobiy 

Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon 
Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy 
olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani 
hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani 
uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ 
nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy 
qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda 
Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf 
boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va 
Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga 
yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa 
joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar 
toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy 
maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. 
Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna 
ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi.      Olim 941-yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va 
boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—
967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz saroyiga taklif 
etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning 
Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949— 950 yillarda Misrda, 
soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi „Bob assagʻir“ 
qabristoniga dafn etilgan.
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib 
kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.

Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va 
ularga javoblar“, „Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ (sharhlar), „Inson aʼzolari haqida 
risola“, „Boʻshliq haqida maqola“, „Donolik asoslari“, „Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, 
funksiyasi va potensiyasi“, „Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga kirish“, „Ilmlarning kelib 
chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“, „Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk 
kishilarning naqllari“, „Ihso alulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql toʻgʻrisida“, „Ilmlar va sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar 
haqida kitob“, „Substansiya haqida soʻz“, „Falak harakatining doimiyligi haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, 
„Ritorika haqida kitob“, „Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika usullari haqida kitob“, 
„Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“, „Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, “Aristotel 
„Metafizika“ kitobining maqsadi toʻgʻrisida” va boshqa Forobiy asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va 
Olmaotada „Falsafiy risolalar“, „Mantiqiy risolalar“, „Matematik risolalar“, „Ijtimoiyaxloqiy risolalar“, „Tadqiqotlar 
va tarjimalar“ nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.   Farobiy ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, 
irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan 
ajralib turadi. IX-X asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa 
yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qarama-qarshilik va adovatlardan xoli emas edi. Farobiyning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va 
kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.
Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan 
boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va 
davomchisi sifatida tanilgan. Farobiy, shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham 
sharh yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan 
xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Farobiy oʻrta asrda mukammal 
hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U „Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Ilmlarning tasnifi haqida“ nomli risolalarida oʻsha davrda 
maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos 
boʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. Farobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi 
ilm (grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, 
tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., 
astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 
5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).

Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng 
avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. Farobiyga ko`ra, ilmlarning tasnifidan maqsad 
haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar 
borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro 
bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.   Abu Ali Ibn Sino
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al 
Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenini olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu 
davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999-yilda vafot etdi.

Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur 
betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni 
davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino 
saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta 
va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada 
kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga 
aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, 
Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga 
tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizikaning maqsadlari haqida“gi kitobi 
tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino 
zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga 
atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning 
iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan 
tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr Albarqiy (yoki Baraqiy)ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ 
(„Yakun va natija“) qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi.   
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli 
boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari 
yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar 
falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida 
yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr 
qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy 
qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari 
taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud 
narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, 
imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda 
mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi 
mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida 
mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va 
oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni 
quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi.    Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan 
hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob 
ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. 
Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari 
hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, 
vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. 
Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli 
yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv 
orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur 
jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik 
hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir 
necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon 
bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni 
qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer 
chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan 
qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer 
yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, 
zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari 
oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka 
aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan 
qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va 
Xorazm yerlarini kiritadi.

Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham 
salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif 
etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, 
eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi 
birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha 
deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya 
va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol va-linfiolot“ 
(„Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi.   Temuriyzoda Uluģbek  Mirzo

Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — 
Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruxning oʻgʻli. Buyuk oʻzbek astronomi 
(yulduzshunos) va matematigi. U otasi Shohrux Mirzo davrida Mavarounnahr hokimi va 
otasi vafot etgach butun Temuriylar imperiyasi sultoni(1447—1449) boʻldi. Ulugʻbek  
trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika 
sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan 
ajralib turardi.   U besh tilda: turkiy, arab ,  fors ,  moʻgʻul va oz miqdorda  xitoy tillarini 
bilgan deb taxmin qilinadi .  Uning hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-
toʻgʻri) uning eʼtibori va homiyligi tufayli  temuriylar uygʻonish davrining  madaniy 
choʻqqisiga erishdi . Samarqand hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga  
berilgan.   O‘smir hukmdor shaharni imperiyaning intellektual 
markaziga aylantirishni maqsad qilgan. 1417-1420-yillarda 
Samarqanddagi Registon maydonida madrasa („universitet“) 
qurdirdi va koʻplab islom astronomlari va matematiklarini 
oʻqishga taklif qildi. Ulug‘bekning astronomiya bo‘yicha eng 
mashhur shogirdi Ali Qushchi (1474-yilda vafot etgan) edi. 
Qozizoda Rumiy Ulugʻbek madrasasining eng koʻzga 
koʻringan muallimi boʻlgan va keyinchalik bu oʻringa 
astronom Jamshid al-Koshiy kelgan[1]

Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida 
mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish 
„Ziji jadidi Koʻragoniy“ deb nomlangan astronomik jadval 
sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan, 
sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-
nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. 
Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi 
Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini 
aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi 
Ulugʻbek“ — yulduzlarga bagʻishlangan; 4) „Tarixi arbaʼ 
ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid.   Ilmiy va madaniy merosi. U. Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori 
pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarqand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi 
boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin 
Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad 
alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (qarang Ulugʻbek 
rasadxonasi).
U. Akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchshsh U. “Ziji”ning soʻzboshisida “farzandi arjumand”, yaʼni “aziz farzandim” deydi. 
Aslida u U.ning sadoqatli shogirdi boʻlib, “Zij” ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
U. Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa 
yirik olimlar qatorida U.ning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini 
koʻproq astronomik kuzatishlarga, “Zij” ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. (qarang Ziji Koʻragoniy).
U.ning yana bir matematik asari “Risolai Ulugʻbek” deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti 
kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.

U. Merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan U.ning ilmiy merosi uning “Zij”idir. Bu asar 
sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta 
asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi 
olimlarning diqqatini jalb qilgan. “Zij”ga ilk sharhni U.ning shogirdi Ali Qushchi “Sharhi Ziji Ulugʻbek” nomi bilan yozgan.   U. Merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan U.ning ilmiy merosi uning “Zij”idir. Bu asar sayyoralar, 
Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta asrlardagi 
astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb 
qilgan. “Zij”ga ilk sharhni U.ning shogirdi Ali Qushchi “Sharhi Ziji Ulugʻbek” nomi bilan yozgan.
Usha 15-asrning oʻzida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy “Tashil Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini 
osonlashtirish”) nomli asar yozib, unda U. Jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. AlMisriy oʻzining “Taqvim 
alkavokib assabʼa” (“Yetti sayyoraning taqvimlari”) va “Jodavil almahlul assani ala usul Ulugʻbek” (“Ulugʻbek usuliga koʻra ikkinchi 
yechimlar jadvali”) nomli yana 2 asarida U. “Zij”iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-asr) “AdDurr annozil fi tashil attaqvim” (“Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan 
durlar”) nomli asarida U. “Zij” ini qayta ishlagan.
U. “Zij”iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn 
Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525-yilv.e.) 1523-yil yozib tugatilgan “Sharhi Ziji Ulugʻbek” asaridir. Birjandiy oʻz “Sharh”ida 
mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, “Zij”ning sirlarini ochadi. U.ning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib 
isbotlagan.
Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525-yilv.e.) “Zij”ga sharh yozib, uni 
“Dastur alamal va tashih aljadval” (“Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi”) deb atagan.
Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542-yilv.e.) “Zij”ga “Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini 
aniklashtirish haqida risola”) nomli sharh yozgan.
16-asrning 2yarmi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari “Zij”ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va 
makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-asr), misrlik 
Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilv.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637-yilv.e.), 
hind Farididdin Dehlaviy (1629-yilv.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640-yilv.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710-yilv.e.), 
Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718-yilv.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni 
Muxammadshohning (1719—48) farmoni bilan U. Rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va 
Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab “Ziji Muxammadshohiy” asarini yozgan va unda 
U.ning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan 
U. “Zij” orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.

U.ning nomi Yevropada va umuman Gʻarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maʼlum 
boʻlgan. Yevropa Amir Temur va uning oila aʼzolari haqida 1boʻlib Samarqaidga 1403—05 yillar sayohat qilgan Ispaniya elchisi 
Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning “Kundaliklar”i 1582-yil Sevilyada va 1607-yil Parijda nashr etilganidan soʻng 
yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila aʼzolari bilan qiziqqanlar. U. Nomi 17-asr boshidanoq (1601-yildan) Amir 
Temurga bagʻishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.   E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: O‘rta Osiyo mutaffakirlar va allomalarining ilmiy merosi

Reja:  Sharqda uyĝonish davri  Őrta osiyo mutaffakkirlarining ilmiy merosining ahamiyati  Mirzo Ulug’bek davrida Ilm fanning rivojlanishi

IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi.  Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.

 Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim (833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.

Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.  Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, hatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4- 8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.