Ahmad al Farg'oniy ilmiy merosi
Ahmad al Farg'oniy ilmiy merosi
Reja: • Ahmad al Farg'oniyning hayoti • Ahmad al Farg'oniyning astronomiya sohasidagi ishlari • Al-Farg'oniyning umummuhandislik fanitaraqqiyotida tutgan o'rni
Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Fargʻoniy) (taxminan 798, Fargʻona — 865, Misr) — astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur.
Ahmad al-Fargʻoniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan koʻplab mutafakkirlar muhim oʻringa ega boʻla boshlagan tarixiy davrda kechdi.
Al-Fargʻoniy Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorislari al-Maʼmun (813-833), Muʼtasim (833-842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, soʻngra Bagʻdod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hayʼat (falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot (matematika) va jugʻrofiya (geografiya) fanlari bilan shugʻullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.