logo

O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4190.548828125 KB
O’zbek   tilini   davlat  tili   sifatidagi   
nufuzini   oshirish  bo’yicha  qilinayotgan   
ishlar
Reja
1.O’zbek tilining ahamiyati.
2.  O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-
e’tibori.
3.O‘zbek tili davlat tili. 
   Xalqning vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. 
Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat 
qiladi.                                    
1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.  Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat 
alisher navoiyning o‘zbek xalqi 
ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib 
rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan.
Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga 
bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
FARMONI          
O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI 
NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH 
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA   • Aziz do‘st lar!
• Davlat  tilini  rivojlantirishga  qaratilgan ishlarimizning  
mantiqiy  davomi  sifatida bugun  mamlakatimizda  yana 
 bir  muhim qadam  qo‘ydik. Men bugun «O‘zbek 
tilining davlat tili  sifatidagi  nufuzi va   mavqeini tubdan 
 oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  Farmonga  imzo 
 chekdim. Unga binoan «Davlat tili haqida"gi qonun 
qabul   qilingan  kunning  ulkan   tarixiy   o‘rni va 
ahamiyatidan kelib chiqqan holda,           21- oktyabr 
sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb 
belgilandi. 
•
Ona tilimiz	
 — milliy   ma’naviyatimizning bitmas-
tuganmas   bulog‘idir.   Shunday  ekan, unga    munosib  
hurmat  va  ehtirom  ko‘rsatish barchamizning    nafaqat   
 vazifamiz,  balki muqaddas    insoniy   burchimizdir.  
•
Ona tilimizning davlat va	
 jamiyat hayotidagi ta’siri 
va	
 mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta 
muhim va	
 dolzarb vazifalar turibdi.  O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini 
tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana 
va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli 
joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va 
rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar 
yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor 
yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 21-oktabrdagi  “ O‘zbek 
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini t ubdan oshir ish chora-
t adbir lar i t o‘g‘r isida” gi  PF-5850-son  Farmoni ga  muvofiq:  a )  2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi.
              Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va        
                        to‘g‘ri  foydalanishga  erishish.
             Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili 
sifatidagi   nufuzini  oshirish.
             Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish.
             Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini 
  ta’minlash;
             Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini 
rivojlantirish;
             Mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va 
teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:  
                                                                       
Ta’lim  tashkilotlarida  davlat  tilini  o‘qitish  tizimini 
yanada  takomillashtirish,  uning  ilm-fan  tili 
sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:      
2025-yilga  qadar  davlat  maktabgacha  ta’lim 
tizimida  amaldagi  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarining  hududlarini  kengaytirish  yoki 
yangi  quriladigan  muassasalar  hisobiga  o‘zbek  tilli 
guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 
foizga yetkazish      
2030-yilga  qadar  umumta’lim  maktablarida  o‘quv 
yillari  uchun  tayanch  o‘quv  rejalarida  o‘zbek  tili 
fanini  o‘qitish  ko‘lamini  amaldagi  haftada  84 
soatdan 110 soatgacha oshirish      
Oliy  ta’lim  muassasalarida  o‘zbek  tili  kafedralari 
sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 
140 taga yetkazish;  v ) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini 
ta’minlash sohasida:                          
2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab 
chiqish va ulardan foydalan ish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu 
ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish 
dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish                               
     xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish. g) davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik 
aloqalarini rivojlantirish sohasida.
2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 
amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish  
2025-yilga qadar “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga 
yetkazish 
xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy 
adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish    2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va 
adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy 
test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat 
tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi 
hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan 
shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha 
daraja sertifikatlari joriy etish.
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek 
tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat 
tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka 
oshirish markazida o‘zbek adabiy tili 
me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha 
qisqa muddatli (1-2 oygacha) o‘quv kurslari 
muntazam ravishda tashkil etish.   Kimda-kim   o‘zbek   tilining   bor  latofatini,   jozibasi   va   ta’sir  kuchini,  cheksiz   imkoniyatlarini   his 
qilmoqchi        bo‘lsa,      munis      onalarimizning        allalarini,      ming        yillik        dostonlarimizni,        o‘lmas 
maqomlarimizni    eshitsin,   baxshi   va    hofizlarimizning   sehrli    qo‘shiqlariga    quloq    tutsin.
Turkiy tillarning   katta    oilasiga   mansub    bo‘lgan   o‘zbek   tilining   tarixi   xalqimizning   ko‘p asrlik 
kechmishi,   uning   orzu-intilishlari,   dardu   armonlari,   zafarlari   va   g‘alabalari   bilan   chambarchas 
bog‘liqdir.
Ajdodlarimiz,   ota-bobolarimiz   aynan  ona tilimiz  orqali    jahonga    so‘zini  aytib  kelganlar.  Shu tilda 
buyuk   madaniyat    namunalarini,   ulkan   ilmiy   kashfiyotlar,   badiiy   durdonalar   yaratganlar.   2020-yil     1-iyunga   qadar     quyidagi    
asosiy    yo‘nalishlarni         ichiga      olgan  
                 2020 ― 2030-yillarda    o‘zbek     
tilini      rivojlantirish    hamda  til    
siyosatini    takomillashtirish konsepsiyasi   
va   davlat   dasturi   loyihalarini kiritish.Mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat 
va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratib berish.
Ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish 
va uni bilish darajasini baholash tizimini 
yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-
fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;   Yuqorida   ko’rsatilgan   barcha   ishlar, o’tkazilayotgan  islohatlardan    biz  o’z  davlat  tilimizni  
 ya’ni    ona  tilimizni   yana chuquroq   o’rganib,  har  bir  o’rganayotgan   tilimizga    muxr   
muhabbat   bilan  organib  atrofdagi   insonlarga  ham o’rgatishimiz   shart   va   zarur.  Biz  
hozirda  boshqa  xalqaro  tillardan  birini  o’rganishimizdan  oldin  ham  avvalo   o’z    ona  
tilimizni  bilishimish   zarur.  Ko’chalarda,  bekatlarda,  turli  xil  e’lon   taxtalarga   ko’zimiz  
tushganda  biroz   hafa   bo’lamiz. Keling  aybni  boshqadan  qidirmasdan  biz  bilsak  shuni  
boshqalarga  ham  o’rgataylik.

O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar Reja 1.O’zbek tilining ahamiyati. 2. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘- e’tibori. 3.O‘zbek tili davlat tili.

Xalqning vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi. 1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.

Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat alisher navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

• Aziz do‘st lar! • Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qo‘ydik. Men bugun «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan «Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21- oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. • Ona tilimiz — milliy ma’naviyatimizning bitmas- tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. • Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.