logo

O'zbek xalq maqollarida nutq odobining aks etishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

295.37890625 KB
  O'zbek xalq 
maqollarida nutq 
odobining aks etishi. RE JA:
1.Xalq og`izaki ijodi.
2.So`zlashish odobi.
3. Maqollarning ta'lim-tarbiyaviy jihati. O'zbek xalqlarinining tarixiy ildizi uzoq asrlar qariga borib 
taqaladi.  Qadim  zamonlardan  beri  o'zbek  xalqlari 
so'zlashish  odobi,  yoki  nutq  madaniyatiga  katta  e'tibor 
berib,  so'zlashganda  nutq  madaniyati  me'yori  bilan 
so'zlashishni  insoniylik  odobining  belgisi  deb  bilgan. 
Zeroki,  so'zlovchining  nutqi  orqali  uning  odob-axloqini, 
dunyoqarashini,  bilim  saviyasini  bilish  mumkin.  Nutq 
odobi va nutq madaniyati masalalari zamonlar o'tsada o'z 
ahamiyatini, dolzarbligini yo'qotmaydi.  Odamlar  so'zlovchining  nutqiga  qarab  chiroyli  va 
mulohizali  gapriyotgan  shaxsga  nisbatan  "odobli", 
o'rinsiz,  pala-partish  so'zlayotganlarga  nisbatan 
"odobsiz"  degan  xulosalar  chiqarishlari  ham 
bejizga  emas.  "O'zingga  qarab  kutarlar,  so'zingga 
qarab  kuzatarlar“  degan  naql  ham  yo'q  emas. 
Kishining  fahm-farosati  va  saviyasi  ikki  og'iz 
so'zidayoq namoyon bo'ladi.
Xalq  tarix  va  madaniyatini  ,moddiy  va  ma'naviy 
boyliklarini  yaratuvchi  buyuk  kuchdir.  Har  bir  xalq 
asrlar  davomida  juda  katta  hayotiy  tajriba 
to'playdi,  shu  tajribani  turli  vositalar  bilan  kelajak 
avlodlarga meros qilib qoldiradi. Bu ma'lum ma'noda xalq og'zaki ijodi janrlariga ham o'z tasirini 
o'tkazgan.  Jamiyatda  fikr  almashish  qonuniy  zaruriyat 
hisoblanadi.  Odamlar  orasida  fikr  almashish  bo'lmasa,  jamiyat 
taraqqiyotdan  to'xtaydi.  Shuning  uchun  har  bir  kishi  undan 
foydalanishni  bilishi  va  avvalo  uning  o'zini  to'la-to'kis  o'rganib 
olishga  harakat  qilmog'i  zarur.  Shu  ma'noda  insoniyat  so'z 
odobiga  qo'yilgan  talablarni  xalq  og'zaki  ijodi  janrlari-maqollar, 
rivoyatlar,  ertaklar,  hikmatli  so'zlar  orqali  kishi  ongiga 
yetkazishga  harakat  qilgan.  Chunki  badiiy  so'z  san'ati 
madaniyatining  eng  qadimgi  va  uzoq  tarixga  ega  bo'lgan  bir 
sohasidir.  Shunday  ekan  ,qadim  zamonlardan  beri  o'zbek 
xalqlari  ijodiyotida  nutq  madaniyati  masalalariga  bag'ishlab 
yozilgan  ko'plab  maqol,  qissa  va  hikoyalarni  uchratish 
mumkinki,  o'zining  tarbiyaviy  ahamiyatini  zamonlar  o'tsada 
yo'qotmagan.  Hattoki,  bu  mavzu  yozma  nutqdan  oldin  xalq  og'zaki  ijodida 
ko'zatilgan.
O'zbek  xalq  maqollarining  tarkibida  ba'zi  maqollar  borki,  ular 
hind,  yunon,  arab,  rus  tillari  tarkibidan  kirib  kelgan  bo'lib 
bugungi  kunda  ularni  qaysi  tildan  kirib  kelganini  aniqlash 
qiyin.Shu jumladan, "Ming bir kecha, "To'tinoma, "To'rt  darvesh, 
"Ayyor  baliq”  o'zbek  xalqlari  sevib  o'qiydigan,  xalq  og'zaki  ijodi 
namunalaridan  ko'plab  zarbulmasal  va  maqollarni  uchratish 
mumkin bo'lgan asarlardir.   Maqollar, hikmatli so'zlar biz uchun asrlarning 
sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini 
uyg'otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir. 
Xalqimizda o'z qadrini bilgan so'z qadrini biladi 
degan gap bor. O'z qadrini bilgan odam so'zni pala-
partish ishlatmaydi, uning asl ma'nosini qidiradi, 
bilib o'rniga qo'yib gapiradi. Chunki, maqol-so'z 
ko'rki hisoblanadi. Xalq maqollarida ota-bobolarimiz 
so'zlash odobiga rioya qilish haqidagi o'gitlarini, 
pand-nasihatlarini bayon etganlar.
Maqol -mantiqiy mushohada namunasi,odob va 
axloq qoidalarini jamuljam etgan dono gap.4 U 
qadimdan xalq donishmandligi ,aql-idroki, fikr-
o'ylarining ifodasi sifatida yashab kelgan; 
sinalgan,turmush tasdiqidan o'tgan tushunchalarni 
ifodalab,unga qanot baxsh etganlar. Maqollar  ta'lim-tarbiyaviy  jihatdan  katta  ahamiyatga  ega.U 
kishilarni  ogohlantiradi("Tez  so'zlagan  tez  pushaymon  bo'lar"), 
maslahat  beradi("O'ynab  gapirsang  ham  o'ylab  gapir"),  tanbeh 
berib,  tanqid  qiladi("Gapning  qisqasi  yaxshi,  Qisqasidan  -
hissasi.") va boshqalar.
Yaxshi so'zlash, shirin gapirish haqida ham bir qancha maqollar 
yuzaga kelgan:
Anjom - uy ziynati, So'z - inson ziynati.
Shuningdek, xalqimiz do'sting ham til, dushmaning ham til deb 
o'qtiradi.  Ko'pchilik  odamlar  orasida  pichirlab  gapirmaslik 
haqida  "Gapning  yomoni-pichir"  deb  aytilsa,  yomon  so'zning 
dilni  jarohatlashi  haqida  "Tayoq  etdan  otar,  so'z  suyakdan"  deb 
gapiriladi.  Jamiyat  a'zolari  o'zaro  munosabatlarda  so'zlashish 
odobiga qat'iy rioya qilishlari zarurligi ta'kidlanadi. Kishi aytadigan har bir gapini o'ylab olishi, so'ng 
so'zlashi lozim. O'ylamay aytilgan so'z kishini 
ko'pchilik orasida o'yalib qolishiga , hatto fojiali 
ahvolga tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu haqda 
shunday maqollar mavjud:
Achchiq savol berib , Shirin javob kutma.
Bir tavakkal buzadi Ming qayg'uning qal'asin. Bir 
shirin so'z bitkazar Ming ko'ngilning yarasin
Bug'doy noning bo'lmasin, Bug'doy so'zing bo'lsin.
Dilda pishir, tilda gapir.
Og'izga kelgan so'z arzon, ovulga kelgan bo'z arzon.
O'ylanmagan joydan tulki chiqar, O'ylanmagan 
so'zdan kulki chiqar. XULOSA
Til odobiga bag'ishlangan maqollar xalqimiz 
tomonidan juda ko'plab yaratilgan. Bu narsa 
xalqimizning so'zlash odobiga naqadar mas'uliyat 
bilan yondashganligidan dalolat beradi. Nutq 
masalasiga bag'ishlangan rivoyatlar, ertaklar 
yaratilgan. Bir rivoyatda aytilishicha, malika o'z 
o'g'liga avvalo ona tilini o'rganmoqchi bo'lgan yigitga 
turmushga chiqmoqchi bo'ladi. Yana bir rivoyatda 
podsho vaziriga "boshga nima balo keltiradi?"-deb 
so'raganda, vazir tilni ko'rsatgan ekan. Xullas, xalq 
og'zaki ijodi namunalari bo'lgan maqollar, rivoyatlar, 
ertaklarda ham so'zlash odobiga oid bo'lgan hikmatli 
fikrlar bayon qilingan. Xalqimiz qadim zamonlardan 
beri so'z odobiga rioya qilish zarurligini o'qtirib 
kelgan. Alisher  Navoiyning  notiqlik,  nutq  madaniyati  va  odobi 
haqida aytgan so`zlari g'oyat qimmatlidir:
“ Tilingni  ixtiyoringda  asrag'il,  so'zungni  ehtiyot  bila  degil. 
Mahallida aytur
so'zni  asrama,  aytmas  so'z  tegrasiga  yo'lama.  So'zborkim, 
eshituvchi  tanig'a  jon  kiyurur  va  so'z  borkim,  aytg'uvchi 
boshin yelga berur. Til bila ko'nglungni bir 
tut,  ko'ngli  va  tili  bir  kishi  aytg'on  so'zla  lekin.  So'zni 
ko'nglungda  pishqormaguncha    tilga  kelturma,  harna  kim 
ko'nglungda bo'lsa tilga surma. Garchi tilni asramoq
ko'ngulga  mehnatdur,  ammo  so'zni  sipamoq  boshg`a 
ofatdur. Aytur so`zni unutma, Aytmas so'zungni mutakallim 
tutma. Ayturs o'zni ayt, aytmas so' zdin qayt.
Oqil  chindino'zga  demas  ,o'q-dorilarbarchachini  ham 
demakoqil ishi emas”. Adabiyotlar:
1. R.Rasulov,A.Shofqorov,Q.Mo'ydinov.O'qituvchi nutqi 
madaniyati va notiqlik san'ati.Toshkent:-Fan va 
texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi,2022. 7-bet.
2. D.Yusupova.Adabiyot.Toshkent:-Akademnashr,2014.10-
bet.
3. A.Samadov.Nazariyai adabiyotshinosi.Samarqand:-
SamDU,2011.4-bet.
4.  O'zbek xalq maqollari.Toshkent:-Sharq,2019.7-bet.
5. O'zbek xalq maqollari.Toshkent-Adabiyot 
uchqunlari,2014.132-133-betlar.   E'tiboringiz uchun 
rahmat!!!

O'zbek xalq maqollarida nutq odobining aks etishi.

RE JA: 1.Xalq og`izaki ijodi. 2.So`zlashish odobi. 3. Maqollarning ta'lim-tarbiyaviy jihati.

O'zbek xalqlarinining tarixiy ildizi uzoq asrlar qariga borib taqaladi. Qadim zamonlardan beri o'zbek xalqlari so'zlashish odobi, yoki nutq madaniyatiga katta e'tibor berib, so'zlashganda nutq madaniyati me'yori bilan so'zlashishni insoniylik odobining belgisi deb bilgan. Zeroki, so'zlovchining nutqi orqali uning odob-axloqini, dunyoqarashini, bilim saviyasini bilish mumkin. Nutq odobi va nutq madaniyati masalalari zamonlar o'tsada o'z ahamiyatini, dolzarbligini yo'qotmaydi.

Odamlar so'zlovchining nutqiga qarab chiroyli va mulohizali gapriyotgan shaxsga nisbatan "odobli", o'rinsiz, pala-partish so'zlayotganlarga nisbatan "odobsiz" degan xulosalar chiqarishlari ham bejizga emas. "O'zingga qarab kutarlar, so'zingga qarab kuzatarlar“ degan naql ham yo'q emas. Kishining fahm-farosati va saviyasi ikki og'iz so'zidayoq namoyon bo'ladi. Xalq tarix va madaniyatini ,moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratuvchi buyuk kuchdir. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to'playdi, shu tajribani turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi.

Bu ma'lum ma'noda xalq og'zaki ijodi janrlariga ham o'z tasirini o'tkazgan. Jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyat hisoblanadi. Odamlar orasida fikr almashish bo'lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to'xtaydi. Shuning uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o'zini to'la-to'kis o'rganib olishga harakat qilmog'i zarur. Shu ma'noda insoniyat so'z odobiga qo'yilgan talablarni xalq og'zaki ijodi janrlari-maqollar, rivoyatlar, ertaklar, hikmatli so'zlar orqali kishi ongiga yetkazishga harakat qilgan. Chunki badiiy so'z san'ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo'lgan bir sohasidir. Shunday ekan ,qadim zamonlardan beri o'zbek xalqlari ijodiyotida nutq madaniyati masalalariga bag'ishlab yozilgan ko'plab maqol, qissa va hikoyalarni uchratish mumkinki, o'zining tarbiyaviy ahamiyatini zamonlar o'tsada yo'qotmagan.