logo

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA NUTQ ODOBINING AKS ETISHI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5943.7216796875 KB
MAVZU:
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA 
NUTQ ODOBINING AKS 
ETISHI . REJA:
•   1.So‘zlash  odobi  bayon  etilgan  xalq  og‘zaki  ijodi 
janrlar.
•   2.Mahmud  Koshg‘ariyning  til  odobi  haqidagi 
qarashlari.
•   3.“Qutadg‘u  bilig”  asarida  nutq  madaniyati 
masalalari.
•   4.Ahmad  Yugnakiy  asarida  tilni  tiyish  va  til 
jarohati xususida . 1.So‘zlash odobi bayon etilgan 	
xalq og‘zaki ijodi janrlar.O‘zbek  tilining  tarixiy  ildizi  uzoq  asrlarga  borib 
taqaladi.Insoniyat  so‘zlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan 
kundan  boshlab  ma’noli  nutq  tuzishga  harakat  qilgan.Bu 
ma’lum  ma’noda  xalq  og‘zaki  ijodi  janrlariga  ham  o‘z 
ta’sirini o‘tkazgan.
Maqollar,hikmatli so‘zlar biz uchun asrlarning sadosi,uzoq 
o‘tmish  bilan  hamnafaslik  hissini  uyg‘otuvchi  mangu 
chaqiriq,zamonlararo  ko‘prikdir.Xalqimizda  o‘z  qadrini 
bilgan so‘z qadrini biladi degan gap bor.O‘z qadrini bilgan 
odam  so‘zni  pala-partish  ishlatmaydi,uning  asl  ma’nosini 
qidiradi,bilib  o‘rniga  qo‘yib  gapiradi.Chunki  maqol-  so‘z 
ko‘rki hisoblanadi.   
Xalq maqollarida ota-
bobolarimiz so‘zlash 
odoboga rioya qilish 
haqidagi o‘gitlarini, 
pand-nasihatlarini bayon 
etganlar.Yaxshi 
so‘zlash,shirin gapirish 
haqida ham br qancha 
maqollar yuzaga kelgan: 
Yaxshi so‘z ko‘ngil 
podshosi
             ***

Yaxshi so‘z filni ham 
yo‘lga solar
              ***

Yaxshi so‘zga uchar 
qushlar el bo‘lar,    
Yomon so‘zga pashsha 
kuchli fil bo‘lar. Hikmatni  oltin  deb  bilgan  dono  xalqimiz 
kam  so‘zlab,ko‘proq  tinglash  haqida  ham 
chiroyli hikmatlar yaratgan:
Gapning qisqasi yaxshi,
Qisqasidan-hissasi.
***
O‘n qatim o‘yla, bir qayim so‘yla.
Shuningdek,  xalqimiz  do‘sting  ham  til, 
dushmaning ham til deb uqtiradi.  Ko‘pchilik  odamlar  orasida  pichirlab 
gapirmaslik  haqida  “Gapning  yomoni-pichir”deb 
aytilsa,yomon  so‘zning  dilni  jarohatlashi  haqida 
“Tayoq etdan o‘tar,so‘z suyakdan” deb gapiriladi.
Jamiyat  a’zolari  o‘zaro  munosabatlarda 
so‘zlashish  odobiga  qat’iy  rioya  qilishlari 
zarurligi  ta’kidlanadi.Kishi  aytadigan  har  bir 
gapini  o‘ylab  olishi,so‘ng  so‘zlashi 
lozim.O‘ylamay  aytilgan  so‘z  kishini  ko‘pchilik 
orasida  uyalib  qolishiga  hatto  fojeali  ahvolga 
tushishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.Bu  haqda 
shunday maqollar mavjud: Dilda pishir,tilda gapir.
***
O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir.
Nutq masalasiga bag‘ishlangan rivoyatlar, ertaklarda 
aytilishicha,malikaning  o‘zi  avvalo  ona  tilini 
o‘rganmoqchi  bo‘lgan  yigitga  turmushga 
chiqmoqchi  bo‘ladi.  Yana  bir  rivoyatda  podsho 
vazirga  “  bojga  nima  balo  keltiradi  ?  ”-  deb 
so‘raganda,vazir tilni ko‘rsatgan ekan.
  Xullas,  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari  bo‘lgan 
maqollar,rivoyatlar,ertalaklarda  ham  so‘zlash 
odobiga bo‘lgan hikmatli fikrlar bayon etilgan.  2.Mahmud Koshg‘ariyning  til odobi 	
haqidagi qarashlari.So‘zning  qadri,   undan  foydalanish,oz  gapirib,so‘zga 
ko‘p ma’no yuklash,ravshan fikrlash kabi masalalar X-
XIII asr mutafakkirlari Mahmud Koshg‘ariy,Yusuf Xos 
Hojib,Ahmad  Yugnakiylar  ham  ibratli  fikrlar 
bildirganlar.
Bu  asarlarda  so‘z  odobi,uning  fazilatlari,foyda  va 
zararli oqibatlari haqida,tilni tiyish,so‘zni kerakli joyda 
gapirish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
M.Koshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit  turk”  asarida  ilm-
ma’rifat  ahlini  qadrlash,tildan  faqat  shirin  so‘z 
chiqishiga odat qilish maqbul ekani uqtiriladi. Mahmud Koshg‘ariy
( XI asr )     Ilm hikmat o‘rgangin bo‘lma mag‘rur,
    Maqtanchoqning sharmandasi chiqdi,ko‘r.
M.Koshg‘ariy  yoqimli,xushxulq  bo‘lish  haqida 
shunday deb yozadi:
      Boqmas jahon sovuq so‘z,
Shilqim yuzsiz baxliga.
Yoqimli bo‘l,xushxulq bo‘l,
Qolsin noming ko‘p yilga.  
“ Ardam  boshi  til”(Odob  boshi-til)  deb  ta’kidlaydi 
M.Koshg‘ariy.U  tilning  jamiyatdagi  o‘rniga  katta 
e’tibor beradi.  3.“Qutadg‘u bilig” asarida nutq madaniyati 	
masalalari. “ Qutadg‘u  bilig”  xalq  og‘zaki  ijodi  traditsiyalari 
ta’sirida  vujudga  kelgan  yozma  adabiyotning  ilk  yirik 
yodgorliklaridan  biridir.Dostonning  mazmuni  ham, 
uning  til  va  badiiy  xususiyatlari  ham  shundan  dalolat 
beradi.Ushbu  asarda  juda  ko‘p  xalq  maqollari  va 
hikmatli so‘zlarni ishlatadi va “turkcha masal”,“turklar 
so‘zi”  deb  ularni  xalq  og‘zaki  ijodidan  olinganini 
ochiq-oydin  ta’kidlaydi.Ya’ni,albatta  og‘zaki  ijod 
buyuk atalmish adabiyotning otasi hisoblanadi.
Nutq  odobi,  nutq  madaniyati  namunalari  xalq  og‘zaki 
ijodida  rivojlanib,keyinchalik  adabiyotning 
yaratuvchilari  (shoirlar,  yozuvchilar)  asarlarida 
ifodalanib kelingan. 
Gapirishdan  maqsad  so‘zlovchi 
ko‘zda  tutgan 
narsa,hodisa,voqealarni  tinglovchiga 
ta’sirchan,to‘g‘ri  yetkazish.  Bunda 
nutqning  ravonligi, 
to‘g‘riligi,aniqligi,ta’sirchanligiga 
erishish muhim ahamiyatga ega.

Yusuf  Xos  Hojib  so‘z  qudratini,ona 
tilining  ichki  imkoniyatlarini  his 
etadi.“Men  turkcha  so‘zlarni  yovvoyi 
tog‘  kiyigi  kabi  bildim.Shunga 
qaramay  avaylab-asrab  qo‘lga 
o‘rgatdim”,- deb yozadi. “ Qutadg‘u  bilig”  asarida  nutq  odobiga  oid  ikki  bo‘lim 
berilgan.“Tilning  fazilatlari,foyda  va  zararlar”  deb 
nomlangan  bir  bo‘limida  tilning  jamiyatda  tutgan 
o‘rni,foydasi  va  zarari  xususida  batafsil  mulohaza 
yuritadi.

Til - zakovat va bilimning tarjimonidir.

  Til  tufayli  kishiga  ro‘shnolik,  yaxshilik  va  yovuzliklar 
keladi.

  Til  odamni  ulug‘laydi,  baxtga  yetkazadi,  shuningdek 
tilga  e’tibor  bermasa  odamni  beqadir  qilib,  boshga  balo 
keltirishi ta’kidlanadi. 
Kishi  so‘z  tufayli  podsho 
bo‘ladi.  Ortiqcha  so‘zni 
so‘zlash  kishi  boshini  egadi, 
boshga balo keltiradi: 
Kishi tilini tiyib yurishi, behuda 
so‘z  so‘zlamasligi  zarur  ekan, 
Chunki  ehtiyotsiz  aytilgan  so‘z 
boshni yorib tishni sindiradi:
Kishi  so‘z  tufayli 
bo‘ladi malik,
Ortiq  so‘z  bu  boshni 
etadi  egik. So‘zingni  tiyib  yur,  
boshing yormasin,
Tilingni  tiyib  yur,tishing 
            sinmasin. “ Qutadg‘u  bilig”  asarida  so‘zning  qadri, 
hayotda  tutgan  o‘rni  haqida  yana  qancha  ibratli 
fikrlar bayon etilgan.
Nutq  madaniyatini  chuqur  egallamoqni 
istagan  har  bir  talaba,  albatta,  bu  kitobning  so‘z 
odobiga  bag‘ishlangan  o‘rinlarini  batafsil  o‘qib, 
o‘rganmog‘i,  hayotga  dasturamal  qilmog‘i 
maqsadga muvofiq.  4.Ahmad Yugnakiy asarida tilni tiyish 	
va til jarohati xususida. XII-XIII  asrda  yashab    ijod  etgan,  tilni 
tiyish  odobiga  o‘z  asarida  katta  e’tibor  bergan 
adiblardan  yana  biri  Ahmad  Yugnakiydir.  Adib 
o‘z  asari  “Hibbatul  haqoyiq”  da  kishilarni 
so‘zlaganda  o‘ylab,  shoshmasdan  nutqni  to‘g‘ri 
tuzishga  yaramas,  keraksiz,  dag‘al  so‘zlarni 
ishlatmaslikka,  mazmunli  so‘zlashga  chaqiradi, 
noo‘rin  aytilgan  so‘z  uchun  hijolat  chekib,  uyalib 
yurmagin deb ogohlantiradi:
O‘qib so‘zla so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing kizla,kedik,boshing kizlama.   Shoir  kishilarni  birovni  achchiq  va  yomon 
so‘z  bilan  ranjitmaslikka  chaqirib,tishing  yarasi 
bitmas yaradir deydi:
        O‘chup turma erni tilin,bil,bu til
        Bashaqtursa,butmas,butar o‘q boshi.
( Tiling  bilan  o‘ch  hissini  qo‘zg‘ama  o‘q  yarasi 
bitib ketadi-yu,lekin til yarasi bitmaydi ).
“ Erk  bilgan  til  bir  kun  boshga  yetadi”,-
deydi  adib. Ahmoq  kishining  tili  o‘ziga  dushman, 
chunki ko‘p kishilarning qoni tili tufayli to‘kiladi. Ahmad  Yugnakiy  nasihat  qilib:  “Tilingni 
tiy,  so‘zingni  qisqa  qil,  bu  til  tiyilsa,  o‘zing  ham 
saqlanasan,  rasul  kishini  o‘tga  tashlaguvchi 
tildir”,- deydi.
To‘g‘ri  so‘z  asal  bo‘lsa,  yolg‘on  so‘z 
sarimsoq  piyozdur,  sarimsoq  piyoz  yeb  og‘izni 
achitgandan ko‘ra, asal yeyish ma’qul!!! Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Qudratov N.Nutq madaniyati asoslari.-Toshkent,1993.
2.Mallayev N.O‘zbek adabiyoti tarixi.- Toshkent,1976.
3.Qadimiy hikmatlar.-Toshkent,1987.
4.Yusuf Xos Hojib.Qutadg‘u bilig.- Toshkent,1990.
5.Ahmad Yugnakiy.Hibbatul haqoyiq.-Toshkent,1971.
6.Mahmud  Koshg‘ariy.Devonu  lug‘atit  turk.-
Toshkent,1963. Bajardi :Mahmatqobilova  Laziza.
Tekshirdi :Xolmuhammedov  Baxtiyor . E’tiboringiz uchun 
rahmat!

MAVZU: O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA NUTQ ODOBINING AKS ETISHI .

REJA: • 1.So‘zlash odobi bayon etilgan xalq og‘zaki ijodi janrlar. • 2.Mahmud Koshg‘ariyning til odobi haqidagi qarashlari. • 3.“Qutadg‘u bilig” asarida nutq madaniyati masalalari. • 4.Ahmad Yugnakiy asarida tilni tiyish va til jarohati xususida .

1.So‘zlash odobi bayon etilgan xalq og‘zaki ijodi janrlar.O‘zbek tilining tarixiy ildizi uzoq asrlarga borib taqaladi.Insoniyat so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kundan boshlab ma’noli nutq tuzishga harakat qilgan.Bu ma’lum ma’noda xalq og‘zaki ijodi janrlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Maqollar,hikmatli so‘zlar biz uchun asrlarning sadosi,uzoq o‘tmish bilan hamnafaslik hissini uyg‘otuvchi mangu chaqiriq,zamonlararo ko‘prikdir.Xalqimizda o‘z qadrini bilgan so‘z qadrini biladi degan gap bor.O‘z qadrini bilgan odam so‘zni pala-partish ishlatmaydi,uning asl ma’nosini qidiradi,bilib o‘rniga qo‘yib gapiradi.Chunki maqol- so‘z ko‘rki hisoblanadi.

 Xalq maqollarida ota- bobolarimiz so‘zlash odoboga rioya qilish haqidagi o‘gitlarini, pand-nasihatlarini bayon etganlar.Yaxshi so‘zlash,shirin gapirish haqida ham br qancha maqollar yuzaga kelgan:  Yaxshi so‘z ko‘ngil podshosi ***  Yaxshi so‘z filni ham yo‘lga solar ***  Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, Yomon so‘zga pashsha kuchli fil bo‘lar.

Hikmatni oltin deb bilgan dono xalqimiz kam so‘zlab,ko‘proq tinglash haqida ham chiroyli hikmatlar yaratgan: Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan-hissasi. *** O‘n qatim o‘yla, bir qayim so‘yla. Shuningdek, xalqimiz do‘sting ham til, dushmaning ham til deb uqtiradi.