logo

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Baliqlarning Muhofaza choralari va Koʻpaytirish yoʻllarini oʻrganish

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

823.03515625 KB
MAVZU OʻZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN 
BALIQLARNING  MUHOFAZA CHORALARI VA 
KOʻPAYTIRISH  YOʻLLARINI OʻRGANISH 
•
Reja
•
KIRISH 
•
BALIQLAR TURLARI
•
ASOSIY QISM
•
MUHOFAZA QILISH CHORALARI
•
KOPAYISHI HAQIDA MaʼLUMOT
•
XULOSA
•
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RoʻYXATI   Baliqlar benihoya katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Har yili dengiz va okeanlardan bir 
necha oʻn mln. Tonna baliqlar ovlanadi. Ovlangan baliqlarning bir qismi toʻgʻridan-
toʻgʻri ovqatga ishlatiladi, asosiy qismi qayta ishlanib, tuzlangan, dudlangan, 
muzlatilgan yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. Baliqlardan baliq moyi va baliq uni 
kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi.
Baliqlarni oʻrganadigan fan ixtiologiya deb ataladi. (qarang baliqchilik).
Baliqlarning ichki tuzilishi
•
Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan 
iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir necha qator tishlar joylashgan. Zog‘ora 
va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. 
Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog‘ora baliq mayda umurtqasizlar, 
tuban suv o‘tlari, yashil o‘simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi.    Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi 
orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har 
bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari 
joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan 
o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa 
qondan suvga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o‘tmasligi yoki issiq yozda iliq 
suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar halok bo‘ladi.
•
Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi 
yurak qorinchasi va bo‘lmasidan iborat. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog‘onasi 
ostidan butun tana bo‘ylab o‘tadigan orqa aortaga keladi.    Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5–7 
juft bo‘ladi. Tog‘ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o‘z ichiga oladi.
Akulalar Turkumi
•
akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari 
haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat 
bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday 
o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarnikiga 
o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, 
cho‘milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi. 
Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45 sm bo‘lgan tikanli akula eng 
kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday 
bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.    SKATLAR TURKUMI
•
Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo‘lib, suv tubida 
yashashga moslashgan. Dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Skatlar 
yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon 
tebratib asta-sekin suzadi. Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi, 
masalan, dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani 
bo‘ladi. Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 vt kuchlanishli 
elektr zaryadi hosil qiladigan a’zo  XULOSA 
Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan 
qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki 
kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan 
iborat. Baliqlar tuzilishi zog‘ora baliq misolida o‘rganiladi. 
•
Yashash muhiti va tashqi ko‘rinishi. Zog‘ora baliq O‘rta Osiyoning tog‘ daryolaridan 
boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko‘l, hovuz va sholiðoyalarning iliq 
suvida, tinch oqadigan daryolar o‘zanida uchratish mumkin. Zog‘ora baliqning kattaligi 1 
m gacha, og‘irligi 8–16 kg gacha boradi. Zog‘ora va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi suyri 
shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo‘ladi (58-
rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo‘shilib ketgan.

MAVZU OʻZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN BALIQLARNING MUHOFAZA CHORALARI VA KOʻPAYTIRISH YOʻLLARINI OʻRGANISH • Reja • KIRISH • BALIQLAR TURLARI • ASOSIY QISM • MUHOFAZA QILISH CHORALARI • KOPAYISHI HAQIDA MaʼLUMOT • XULOSA • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RoʻYXATI

Baliqlar benihoya katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Har yili dengiz va okeanlardan bir necha oʻn mln. Tonna baliqlar ovlanadi. Ovlangan baliqlarning bir qismi toʻgʻridan- toʻgʻri ovqatga ishlatiladi, asosiy qismi qayta ishlanib, tuzlangan, dudlangan, muzlatilgan yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. Baliqlardan baliq moyi va baliq uni kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi. Baliqlarni oʻrganadigan fan ixtiologiya deb ataladi. (qarang baliqchilik). Baliqlarning ichki tuzilishi • Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir necha qator tishlar joylashgan. Zog‘ora va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog‘ora baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv o‘tlari, yashil o‘simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi.

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o‘tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar halok bo‘ladi. • Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi yurak qorinchasi va bo‘lmasidan iborat. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog‘onasi ostidan butun tana bo‘ylab o‘tadigan orqa aortaga keladi.